M.Ulug'bek (1394-1449)
68
Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon
shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni
zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi
pullarga almashtirilib olingach, mis pullar zarbini markazlashtirish
maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat
Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq
orasida «fulusi adliya», ya‘ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat
qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va
qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini to‗la
ta‘minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi
tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o‗rta
asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo‗lsa-da, har holda
Ulug‗bekning
bunday
islohoti
mamlakatda
hunarmandchilik
buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo‗l ochib berdi. Ayni
vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida
«tamg‗a» boji ham birmuncha oshirildi, ya‘ni hozirgi til bilan aytilganda
proteksionizm siyosatidan foydalanildi.
Ulug‗bek (1394-1449) tarixda ko‗proq davlat arbobi sifatida emas,
bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong‗i
dunyoga ketgan, astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu
yerda biz Ulug‗bekning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga alohida e‘tibor
bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida
qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo‗lmasligini hokimlar yaxshi
tushunishgan. Sug‗orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‗ot,
navo, chig‗ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko‗prik, handoq,
tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshootlari bilan jihozlandi.
O‗sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan
chambarchas bog‗liqligi yaxshi ma‘lum edi. Soliq yig‗imi qancha yuqori
bo‗lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning
pastligi aholi uchun qulay bo‗lgani bilan, davlatning boshqaruv,
mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to‗g‗ri kelavermaydi. Shularni
69
yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me‘yorida saqlash va
uni yig‗ishning ma‘lum adolatli usullarini qo‗llanganlar. Masalan,
Ulug‗bek hukmronligi davrida g‗alla g‗aram qilinmasdan avval soliq
to‗plash qat‘iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‗ib olgachgina
real soliq to‗lash imkoniga ega bo‗ladi. Soliq aniq uch muddatda,
dehqon hosili pishishiga qarab bo‗lingan:
1) saraton (iyun-iyul);
2) sumbula mezon (avgust va sentabr);
3) qavs (noyabr).
Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig‗ish paytida soliqchilar
dehqon, chorvador yoki bog‗bonga nisbatan zug‗um o‗tkazmasligi,
jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha olib bormasligi
zarur qilib qo‗yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo‗lgan
daxlsizligi ta‘minlangan.
Umuman, soliq bo‗yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan
kishanlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko‗rishga soliqchilarning haqqi
yo‗q
edi.
Soliq
miqdori
va
to‗lov
tartibini
buzmaslikka,
suiiste‘mollikning oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal
qilmagan ayrim ma‘murlar jazoga tortilgani ma‘lum.
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy,
Hindiston, Tibet va boshqa ko‗pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib
borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini
alohida ta‘kidlab o‗tish kerak. Elchilar «Buyuk ipak yo‗li» xafvsizligini
ta‘minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va
savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valyuta
mustahkamligiga bevosita bog‗liq. Ma‘lumki, pulning uchta asosiy
vazifasi mavjud:1) qiymat o‗lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg‗arma
vositasi. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo‗lmasa,
iqtisodiyot pasangisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-
vaqti bilan pul islohotlari o‗tkazib turiladi.
70
1428-yili Ulug‗bek tomonidan o‗tkazilgan islohot katta ijobiy
ahamiyatga ega bo‗ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi.
Ulug‗bek davridagi islohotlar tovar pul munosabatlari rivojiga muhim
hissa qo‗shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |