Amir Temur (1336-1405)
65
2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo‗lib, ular odamlarga
biron-bir xizmati uchun berilgan.
3. Ushr yerlar. Sayid va xo‗jalarga mansub yerlar. Bu yerlardan
olingan hosilning o‗ndan biri davlatga berilgan.
4. Vaqf yerlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari
joylarga doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar
mol-mulki bilan in‘om etiladi.
5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan yerlar.
Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini
tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog‗ ko‗kartirsa
yoxud birorta xarob bo‗lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan
soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o‗z roziligi bilan berganini olgan.
Uchinchi yil xiroj yig‗ilgan. Mazkur muammoga bunday yondashuv
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim mavqega ega
bo‗ladi.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona
(yo‗lovchilar qo‗nib o‗tadigan, kambag‗al yetim-yesirlarga ovqat
beriladigan joy), g‗aribxonalarni qurishni, kasallar uchun shifoxonalar
bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim, deb
bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko‗p ishlarni qilgan.
Amir Temur Angliya va Fransiya qirollariga murojaat qilib,
xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan
mag‗ribgacha bo‗lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur
bo‗lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon
yo‗lida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, yem-
xashak, oziq-ovqat, suv bo‗lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq
jazolangan. Shu narsaga alohida e‘tibor berish kerakki, chetdan olib
kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo‗shib sotish mumkin bo‗lgan. Bu
hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga bo‗lgan
talabni kuchaytirsa, ikkinchidan – aholining iste‘mol buyumlariga
bo‗lgan ehtiyojini to‗laroq qondirish imkonini beradi.
66
A.Temurning iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon
etilgan bo‗lib, quyida biz ko‗rib chiqmoqchi bo‗lgan g‗oyalar mazkur
asar asosida keltirildi («Amir tuzuklari». Toshkent,1991).
Unda o‗sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat
bo‗lganligi ko‗rsatilgan:
1. Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari).
2. Aqlli, donishmand odamlar.
3. Xudojo‗y kishilar.
4. No‗yonlar (tuman boshlig‗i), amirlar, mingboshilar, ya‘ni
harbiylar.
5. Sipoh va raiyat (soliq to‗lovchi xalq).
6. Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar.
7. Vazirlar, sarkotiblar.
8. Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar,
munajjimlar, muhandislar (injenerlar).
9. Hadis olimlari.
10. Ahli hunar va san‘atchilar.
11. Kasbu hunar egalari.
12. Savdogar va sayyohlar.
Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar hal qiladi deyilgan.
Qo‗shin a‘zolarining maoshi to‗g‗risida aniq ma‘lumotlar keltirilgan.
Masalan, oddiy sipoh o‗zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh
olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to‗rt ot bahosigacha maosh olishi,
o‗nboshi o‗z qaramog‗idagi askarga nisbatan ikki barobar ko‗p,
yuzboshi o‗nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan.
«Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yig‗ish va xarj
(sarf) qilishga alohida e‘tibor berishgan. «Xirojni yig„ish vaqtida, – deb
uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, – ikki vazir tayinlansin. Biri to„plangan
molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga
zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda
yig„ilgan barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi
67
vazir esa, chiqim daftariga yozib, yig„ilgan mollardan sipoh maoshiga
taqsim qilsinlar». Demak, ko‗rinib turibdiki, hisob-kitob ishlari to‗g‗ri
yo‗lga qo‗yilishi talab etilgan. Xiroj, odatda, sug‗oriladigan yerlarda
jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor yerlarda to‗rtdan biriga
(25 foiz) teng bo‗lgan miqdorda to‗plangan. Bu raqamlar uning hozirgi
davrdagi daromad solig‗i atrofida bo‗lganligini ko‗rsatib turibdi.
A.Temur o‗qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho
bergan. «... Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, -
deyiladi «Tuzuklar»da, – chunki bu insonlar mamlakat rivojida
ustundirlar». A.Temur Shom (hozirgi Suriya) yurtini qo‗lga olganda
(1401-y.) taniqli olim Ibn Xoldun (1332–1406) asirga tushib qoladi.
Sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, izzat-ikrom
bilan uni qo‗yib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |