Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Yusuf  Xos  Hojibning  iqtisodiy  fikrlari



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
Yusuf  Xos  Hojibning  iqtisodiy  fikrlari.  Atoqli  davlat  arbobi,  ilk 
turkiy  dostonnavis  Yusuf  Xos  Hojib  1020-yili 
Qoraxoniylarning  markaziy  shaharlaridan  biri 
Bolasog‗unda 
tug‗ildi(olamdan 
o‗tgan 
yili 
noma‘lum).  Bo‗lajak  mutafakkir  o‗z  davridagi 
barcha  bilimlarni,  arab  va  forsiy  tillar  hamda 
undagi adabiyotlarni puxta egallaydi.  
U 1069-1070-yillar orasida «Qutadg‗u bilig» 
(Qutga, 
ya‘ni 
baxt-saodatga 
erishtiruvchi 
bilim)asarini  turk  tilida  yozib,  Qoraxoniylar 
hukmdori  Tabg‗ochxon  Bug‗roxonga  taqdim 
etadi. Xon Yusufga  «Xos Hojib»  (eshik og‗asi) degan martabani in‘om 
etadi.  Bu  falsafiy  didaktik  asarda  markazlashgan  davlat  tuzish,  uni 
mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma‘muriy-xo‗jalik 
hamda  ma‘rifat,  obodonchilik,  moddiy-ma‘naviy  va  boshqa  adolatli 
 
Yusuf Xos Hojib 
1020 yil
 


58 
hukmron,  davlatni  tadbir  bilan  boshqarish  ishini  o‗rganish,  kasb-hunar 
egallash,  xalq  g‗amini  yeyish  haqidagi  fikrlar  ilgari  suriladi.  Bizgacha 
donishmandning  faqat  birgina  asari  yetib  kelgan,  ammo  bu  asarda 
shunday durdonalar to‗planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo‗q. Asar 13 
ming  misra  (nasriy  va  nazmiy  muqaddimadan  tashqari)-73  bobdan 
iborat.  Unda  inson  tafakkurining  barcha  jabhalari  bo‗yicha  so‗z 
yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan 
bu  g‗oyalar  o‗z  davri  uchun  ham,  hozirgi  davr  uchun  ham  nihoyatda 
qadrlidir.  Ayniqsa  iqtisodiyot  masalalari  bo‗yicha  davlat  va  raiyat 
munosabatlari  sinchiklab  o‗rganilgan.  Asar  18  oy  ya‘ni  bir  yarim  yilda 
yozib 
tugallangan 
(Bolasog‗unda 
boshlangan 
va 
Qashqarda 
nihoyalangan)  bo‗lsa  ham,  uni  yaratish  uchun  juda  uzoq  vaqt 
tayyorgarlik ko‗rilgan.  
Donishmand  fikricha,  ezgu  orzularga  faqat  toat-ibodat  bilangina 
yetishib  bo‗lmaydi.  Buning  uchun  talay  ezgu  ishlar  qilish,  foydali 
faoliyat  ko‗rsatish  kerak,  degan  fikrni  ilgari  suradi.  Borliq  haqidagi 
bilimlarga  to‗qnashib,  odam  bilishi  mumkin  bo‗lmagan  narsa,  bilim 
bilan  yechilmaydigan  jumboq  yo‗q,  bilim  tufayli  osmon  sari  ham  yo‗l 
ochiladi,  deydi.  Bilish  uchun  esa  tinmasdan  o‗rganish  lozim,  deb 
uqtiradi.  
Taniqli  iqtisodchi  Adam  Smitning  iqtisodiy  ta‘limotiga  ko‗ra 
(XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy tanglikdan chiqarish uchun 3 narsa:  
1. Tinchlik-osoyishtalik. 
2. Me‘yoridagi soliqlar. 
3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.  
Ana shu g‗oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval 
bayon  etilgan.  Xalq,  raiyat  (soliq  to‗lovchilar)  mamlakat  hukmdoridan 
uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:  
1) pulning qadrini ko‗tarish yoki ushlab turish;  
2)  xalqqa  xususiy  mulk  huquqini  ta‘minlovchi  qonunlarni  joriy 
etish; 


59 
3) yo‗llarni o‗g‗ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.  
Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‗lashni (hozirgi kunda ham 
nihoyatda  dolzarb),  chiqargan  farmon,  qonunlarini  bajarish  hamda 
do‗stga-  do‗st,  dushmanga-dushman  bo‗lishni  talab  qiladi,  deb  yozadi. 
Ko‗rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‗zaro mutanosib 
bo‗lishi zarurligi g‗oyasi aniq ifoda etiladi.  
Xususiy  mulk  huquqini  ta‘minlash  bozor  munosabatlarining  bosh 
unsuridir,  mulkka  egallik  hissi  taraqqiyot  omili  sifatida  butun  jahon 
rivoji  asosida  isbotlangan  va  hozirgi  davrda  respublikamizda  ham 
jadallik  bilan  amalga  oshirilmoqda.  Davlat,  umumxalq  mulkiga 
ommaviy  o‗tishning  salbiy  oqibatlarini  sobiq  sho‗rolar  davrida 
boshimizdan kechirganmiz. Yo‗llarni o‗g‗rilardan muhofaza qilish ichki 
va  ayniqsa,  tashqi  savdo  (eksport-import)ni  ta‘minlash  va  qo‗llab-
quvvatlashning  o‗zginasidir.  Bu  yerda  savdoning  xalq  xo‗jaligi  uchun 
ustuvor ahamiyati to‗g‗risida gap yuritiladi.  
Yusuf  Xos  Hojib  barcha  imtiyozlardan  mahrum  kambag‗al 
tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni 
quyi  tabaqa  vakillarini  ularga  nisbatan  mehr-shafqatli,  insofli,  adolatli, 
marhamatli  bo‗lishiga,  ayni  paytda  raiyatni  hokimlarga  bo‗ysunuvchi, 
sadoqatli  bo‗lishiga  chaqiradi.  Mana  shunday  kelishtirish  yo‗li  bilan 
osoyishta  hayotga  erishishga  umid  bildiriladi  (bu  esa  iqtisodiy  rivoj 
uchun ham zaruriy shartdir).  
Kitobdagi  g‗oyalar  dunyodagi  hamma  ishlarda  qo‗l  keladi.  Unda 
mulk  tutishning  siru-asrorlari,  mamlakatni  idora  qilish  tartibi,  sharti, 
shuningdek,  mol-mulk,  el-yurtning  mangu  qolishi,  gullab-yashnashi  va 
uning  xarob  bo‗lish  belgilari  berilgan.  Mutafakkir  ayniqsa,  kasb-hunar 
ahlining  faoliyatini  yuqori  baholaydi.  «Bir  yigitga  qirq  hunar  oz»  bobi 
xuddi  shu  masalaga  bag‗ishlangan.  Vazir,  qo‗mondon,  elchi  va  boshqa 
hukmdorlarning  faoliyat  mezonlari  diqqatga  sazovordir.  Masalan, 
«Vazir ko‗zining to‗q bo‗lishi uni har xil mol-mulk oldida saqlanishdan 
asraydi. Ko‗zi och odam bor dunyoni yesa ham to‗ymaydi», deydi olim. 


60 
Dehqon,  savdogar,  chorvador,  oddiy  mehnatkash  ahli  to‗g‗risida  nodir 
fikrlar  bildiriladi.  «Bular  bilan  yaqin  bo‗lgin  hamisha,  to  tomoq 
tashvishin  bilmasdan  yasha»,  deb  aytiladi.  Ayniqsa,  bilim  va  aql-
idrokka, shu soha sohiblariga katta e‘tibor beriladi. «Odamzod naslining 
ulug‗ligi  bilimdan.  U  aql-idrok  tufayli  ne-ne  tugunlarni  yechishga 
qodir», deb yozadi alloma.  
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko‗pchilikka tegib turadi. Bilim 
egalari esa elda aziz bo‗ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o‗quv-idrok 
bilan  amalga  oshadi.  Barcha  murakkab  ishlar  bilim  bilan  hal  etiladi. 
Ko‗rinib  turibdiki,  yurtimizda  iqtisodiy  rivojlanish  bo‗yicha  tanlangan 
o‗z  yo‗nalishimizda  ham  yoshlarning  bilim  olishiga,  jahon  xalqlari 
tajribasini  o‗rganishga  keng  imkoniyatlar  yaratilayotir.  Bu  tanlagan 
yo‗limizning to‗g‗riligidan dalolat beradi.  

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish