18.3. O„zbekiston iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish
va modernizatsiyalash vazifalari
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy
o‗zgarishlarning tahlili shuni ko‗rsatadiki, qo‗lga kiritilayotgan yutuq va
muvaffaqiyatlarning
asosida
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
jarayonining o‗rni ahamiyatli hisoblanadi. Shunga ko‗ra hozirda
modernizatsiya jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq
etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Eng avvalo, modernizatsiya
atamasining mazmuniga to‗xtaladigan bo‗lsak, odatda uni texnika,
texnologiyaga oid tushuncha, deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid
aksariyat lug‗atlarda unga quyidagi mazmundagi ta‘rif beriladi:
«Modernizatsiya – obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni
yangi talablar va me‘yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko‗rsatkichlariga
muvofiqlashtirish. Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik
jarayonlar modernizatsiyalanadi».
Fikrimizcha bu modernizatsiyaga tor ma‘nodagi yondashuv bo‗lib,
bugungi kunda uning keng ma‘nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat
kasb etib bormoqda. Modernizatsiya – an‘anaviy jamiyatning ilg‗or,
industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta‘minlovchi
ijtimoiy-tarixiy jarayon.
Klassik sotsiologiyada
mazkur
atama
E.Dyurkgeym tomonidan ijtimoiy mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi
ijtimoiy tabaqalanish jarayoni sifatida tushunilgan. Veber esa
modernizatsiyani ratsionallashtirish jarayoni sifatida tavsiflab, u orqali
xo‗jalik subyektlari o‗z faoliyatlari iqtisodiy samarasini eng yuqori
darajada oshirishga intiladilar. Shunday qilib, zamonaviy modernizatsiya
jarayoni jahondagi texnologik va ijtimoiy o‗zgarishlarning impulsi
bo‗lib xizmat qiluvchi asosiy, «o‗zak» iqtisodiyotlarga nisbatan teng
huquqli mavqega erishishni anglatadi. Modernizatsiyaning keng
ma‘nodagi mazmunini tushunishda iqtisodchi olim R.Nureyev uning
neoklassik va keynscha talqinlarini farqlaydi. Jumladan, neoklassiklar
tomonidan modernizatsiyaga xususiy mulkchilik va demokratiyani
338
mustahkamlash sifatida yondashilsa, keynschilar tomonidan eng avvalo,
xo‗jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o‗zgarishlar
sifatida tushuniladi. Dastlabki o‗ringa texnik-iqtisodiy muammolar
qo‗yiladi. Xo‗jalikning zamonaviy tarmoqlarining mavjud bo‗lmasligi
taraqqiyotning asosiy to‗sqinlik kuchi sifatida qabul qilinadi.
Umuman
olganda,
modernizatsiya
an‘anaviy
jamiyatdan
industriallashgan, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga hamda
ijtimoiy jarayonlarni qonunlarga tayangan holda oqilona boshqarishga
asoslangan jamiyatga o‗tish jarayonlarini namoyon etadi. Nazariyada
modernizatsiya, deganda «an‘anaviy tarzdagi yopiq jamiyat»ga qarama-
qarshi o‗laroq «zamonaviy ochiq tarzdagi jamiyat»ni shakllantirishga
olib keluvchi industrlashtirish, sekulyarlashtirish, urbanizatsiya, umumiy
ta‘lim, vakolatli siyosiy hokimiyat tizimlarining qaror topishi, hududiy
va ijtimoiy safarbarlikning kuchayishi kabi jarayonlarning majmuyi
tushuniladi.
Modernizatsiya jarayoni doirasida odatda, quyidagi o‗zgarishlar
ro‗y beradi:
1) ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi va
turmush tarzining o‗zgarishi – ixtiloflarni tartibga soluvchi hamda
ijtimoiy muammolarni hal etuvchi yangi tartib va mexanizmlarning
paydo bo‗lishi;
2) alohida individlarning ongliligi va mustaqilligining oshishi;
3) iqtisodiyot sohasida – tovar-pul munosabatlarining eng yuqori
darajada yoyilishi, yangi ilg‗or texnologiyalarning paydo bo‗lishi,
boshqaruvchilar va yollanma xodimlarning kasbiy ixtisoslashuvining
yuqori darajasiga yetishi;
4) ijtimoiy munosabatlarning o‗zgarishi – immobil tabaqalashgan
jamiyatdan dinamik, yuqori ijtimoiy harakatchanlik va ijtimoiy
raqobatga asoslangan jamiyatga o‗tilishi.
Modernizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida shuningdek, uning
quyidagi tamoyillarini ham ajratib ko‗rsatish mumkin:
339
1) uning majmuaviyligi, ya‘ni jamiyat hayotining barcha sohalarini
qamrab olishi;
2) uning tizimiyligi, ya‘ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi
yoki yaxlit sohasining o‗zgarishi boshqalarining o‗zgarishiga olib
kelishi. Masalan, madaniy va siyosiy o‗zgarishlar iqtisodiyotdagi
o‗zgarishlarga olib keladi va aksincha;
3) uning global tavsifi – u dastlab bir necha ilg‗or mamlakatlarda
boshlanib, keyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda;
4) uning davomiylik tavsifi – modernizatsiya qisqa davrda ro‗y
bermaydi, balki u bosqichlarga bo‗linadi (islohotlarni amalga oshiruvchi
yetakchi guruhning paydo bo‗lishi, o‗zgarishlarni ilgari surish, ular
natijalarining tarqalishi va mustahkamlanishi);
5) tabaqalashganlik tavsifi – modernizatsiya turli mamlakatlarda
turlicha ro‗y berib, u yoki bu holda milliy madaniyat va axloq
an‘analariga tayanadi (masalan, «yapon iqtisodiy mo‗jizasi»), G‗arb va
Yevropa qadriyatlari foydasiga ulardan to‗liq voz kechishni taqozo
etmaydi. Ba‘zi manbalarda modernizatsiyaning alohida jihatlariga
e‘tibor qaratiladi.
Siyosatshunoslar S.Vebra va L.Pay siyosiy modernizatsiya
jarayonining quyidagi asosiy belgi va tarkibiy qismlarini ajratib
ko‗rsatadilar:
1) siyosiy tizim institutlarining tarkibiy tuzilishi jihatidan
tabaqalashuvi ya‘ni qat‘iy ravishda belgilangan vazifalarni bajaruvchi
hamda o‗zaro bog‗liq va o‗zaro ta‘sir ko‗rsatuvchi yangi siyosiy
institutlarning qaror topib borishi (masalan, ijro hokimiyati tarkibida
yangi yo‗nalishdagi vazirlik va idoralarning tashkil etilishi);
2) siyosiy tizimning safarbarlik qobiliyatlari, ya‘ni uning turli-
tuman (siyosiy, iqtisodiy, axborot, demografik) resurslarni safarbar etish
qobiliyatlarini oshirish hamda ularni taraqqiyotning yangi maqsadlariga
erishish tomon yo‗naltirish;
340
3) siyosiy tizimning inqirozli holatlarda yashovchanligi hamda
kommunikatsiya,
sotsializatsiya
va
mobilizatsiyaning
yangi
vositalaridan
foydalanish
hisobiga
inqirozlarni
bartaraf
etish
qobiliyatlarini oshirish;
4) siyosiy tenglik tomon sezilarli darajada harakat qilish, ya‘ni
fuqarolarning siyosatda ishtirok etishidagi barcha (iqtisodiy, ma‘muriy,
milliy va h.k.) cheklovlarni sekin-asta tugatib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |