2.3.Zamonaviy fizikaning sakllanishi va rivojlanish davri
Hozirgi zamon fizikasi davrini shartli ravishda 3 bosqichga ajratish
mumkin: Birinchi bosqich (1905-1931) relyativ va kvant g’oyalaridan keng
foydalanish davri bo’lib u kvant mexanikasining shakllanishi va yaratilishi
bilan tugaydi. Ikkinchi bosqich (1932-1954) fizikaning subatom bosqichi
bo’lib fiziklar materiyaning yangi darajasiga ya’ni atom yadrosigacha kirib
bordilar. Nihoyat uchunchi bosqich subyadro va kosmik fizika bosqichi
bo’lib,bu bosqichning boshqa bosqichlardan farqli xususiyati shuki, endi
hodisalarni o’rganish yangicha fazoviy-vaqtiy miqyosda olib borilmoqda.
Uchinchi bosqichni boshlanishini shartli ravishda 1955-yildan deb hisoblash
mumkin. Chunki shu yildan boshlab fizikada nuklonlarning strukturasi
o’rganila boshlandi.
Buyuk nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) tomonidan
1895-yilda uning nomi bilan ataluvchi nurlanishning kashf etilishi bilan
bog’lash mumkin. Shu yili fransuz fizigi Jan Batist Perren (1870-1942) katot
nurlari manfiy zaryadlangan zarrachalarning oqimi ekanligini eksperimental
tarzda isbotladi. Ingliz fizigi Jozef Larmor (1857-1942) tashqi magnit
maydonida elektronlarning prosessiyasi haqidagi teoremani yaratdi. P.Kyuri
tomonidan
paramagnitlarning
magnit
sindiruvchanligini
absolyut
tempuraturaga bog’liqligi kashf etildi. P. Kyuri ferromagnitlarning magnit
xususiyati yo’qolishiga olib keluvchi tempuratura mavjudligini (eng avvalo
temirda) isbotladi, ya’ni bu temperaturadan yuqori temperaturalarda
ferromagnitlarning
spontan
ravishda
magnitlanishi
buziladi
(Kyure
tempuraturasi). V. Vin va O. Lyummer (nemis fizigi, 1860-1925) absolyut qora
jismlarning modeli sifatida ichki sirti ko’zgudan iborat va juda ingichka
tirqichli sharni olish mumkinligini taklif etdilar. A. S. Popov radioni ixtiro
qildi. 1896-yil 24 mart kuni 250 metr masofaga birinchi radiogramma uzatildi.
Shuni aytish kerakki 1892 yilda radioaloqa prinsipi to’g’risida ingliz olimi
Uilyam Kruks (1832-1919) ham o’z g’oyalarini oldinga surgan edi. 1896-
yilda simsiz aloqa uchun A. S. Popovning asboblariga o’xshash va
radioto’lqinlarni uzatuvchi asbobni italyan fizigi Gulelmo Markoni (1874-
1937) ham yasagan edi. G. Markoni xizmatlari tufayli 1901-yilda Atlantik
okeani orqali radioaloqa o’rnatildi.
1896 yil 1-martda Antuan Anri Bekkerel (fransuz fizigi,1852-1908)
uranda tabiiy radioaktivlikni kashf etdi.
1897 yilda ingliz fizigi J.J Tomson ( 1856-1940) magnit va elektr
maydonlarida katod nurlarining og’ishini o’rganar ekan ,ular manfiy
zaryadlangan zarrallar oqimidan iborad degan xulosaga keldi,bu zarrallarning
massasini o’lchaganida u vadorod atomi massasidan taxminan 1837 marta kam
ekanligi aniq bo’ldi.Bu elektronning kashf etilishi edi.
1898 yilda M.Sklodovskaya-Kyuri (polyan va fransuz fizigi,1867-1937)
va P.Kyuri yangi radioaktiv elementlar-poloniy va radiyni kashf etishdi.1898-
1900 yillarda metallarda ozod elektronlar (elektronlar gazi) konsepsiyasi
oldinga surildi (K.Pikke, P.Drude, J.J.Tomson). Bu g’oya o’zining keyingi
rivojini 1904 yilda X.Lorens tadqiqotlarida topdi.
1899 yilda A.Bekkerel,St.Mayer,E.Shveydler va F.Gizellar magnit
maydonida radioaktiv nurlarning og’ishini aniqladilar.E.Rezerford (buyuk
ingiliz fizigi,yadro fizikasi asoschisi,1871-1937) uran nurlanishi ikki
komponentali ekanligi ya’ni α va β –nurlardan iboratligini ko’rsatdi.
P.N.Lebedev (rus fizigi, 1866-1912) tajriba asosida qattiq jismlarda
yorug’likni bosimini o’lchadi.Bu tajriba unga juda katta, dunyo miqyosidagi
shon - shuhrat keltirdi.Mashhur olim U.Tomson bu xususida shunday yozgan
edi: “Men yorug’lik bosimi to’risidagi g’oyani tan olmay butun umrim
davomida Maksvell bilan kurashib keldim va mana endi… Lebedev meni o’z
tajribasi oldida tiz cho’ktirishga majbur etdi.”
1900 yilda nemis fizigi M.Plank (1858-1947) kvant nazariyasiga asos
soldi, uning nomi bilan ataluvchi (Plank doimiysi) doimiylikni fanga kiritdi,
absolyut qora jism spektrida energiya taqsimotiga doir formulani yaratdi (Plank
qonuni).Plankning nurlanish qonuni tajriba asosida G.Rubens (nemis fizigi,
1865-1922) va F.Kurlbaum (nemis fizigi,1857-1927) tomonlaridan tasdiqlandi.
P.Billar (fransuz fizigi,1860-1934) γ - nurlarni kashf etdi. J.Taunsend (ingiliz
fizigi, 1868-1957) gazlarda o’tkazuvchanlik nazariyasini yaratdi va
zaryadlangan zarralarning diffuziya koeffisientini hisobladi.
1901 yilda J.Perren atomning planetar tuzilishi to’g’risidagi gipotezani
oldinga surdi (Perren modeli). A.Bekkerel va P.Kyuri tomonidan radioaktiv
nurlanishning biologic ta’siri o’rganildi. O.Richardson (ingiliz fizigi,1879-
1959) termoelektron emissiya hodisasida to’yinish tokining zichligi katod
sirtining temperaturasiga bog’liqligini aniqladi (Richardson qonuni).
1902
yilda
B.Kaufman
(nemis
fizigi,1871-1947)
tomonidan
elektronning massasi uning harakat tezligiga bog’liqligi tajriba asosida birinchi
bo’lib isbotlandi. F.Lenard (nemis fizigi,1862-1947) fotoeffekt tenglamasini
yaratdi,unda fotoelektronlarning energiyaisini
yorug’lik chastotasiga
bog’liqligi o’z ifodasini topgan.
1902-1903 yillar mobaynida E.Rezerford va F.Soddi (ingiliz
fizigi,1877-1956) radioaktiv yemrilish nazariyasini yaratdilar va radioaktiv
aylanish qonunini yaratdilar. M.Abragam (nemis fizigi, 1875-1922) tomonidan
elektromagnit impuls tushinchasi fanga kiritildi va elektronning elektromagnit
massasi uchun formula olindi.
Shunday qilib, klassik fizika rivojlanishining III davri o’ziga xos o’tish
davri bo’lib, yangi-yangi g’oyalarning amalga oshishi, kutilmagan kashfiyotlar
va ixtirolarning ochilishi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga fizika
yangilanishga,zamonaviy tus olishga muhtoj edi. Bu davr zamonaviy
fizikaning paydo bo’lishiga zamin yaratdi.Zamonaviy fizikaning dadil qadami
1905-yildan - tabiatshunoslikning buyuk o’zgartiruvchisi A.Eynshteyn
kashfiyotlaridan boshlanadi.
Albatta, fizika rivojlanishining yuqoridagi davrlarga bo’linish sxemasi
ma’lum darajada shartlidir, lekin shunday qilinganda fizikada kashf etilgan
hodisa va qonuniyatlarni ancha keng va ketma-ketlikda o’rganish imkoniyatini
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |