ILOVALAR……………………………………………………………….
KIRISH
“Tarixini bilmagan xalqning kelajagi yo’q”
I.A.Karimov
Malaka ishi mavzuining dolzarbligi. Respublikamizda «Ta’lim to’g’risida»
gi qonun, Kadrlar tay
yorlash milliy dasturi talablari va ko’rsatmalari bosqichma-
bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Ularda asosan tay
yorlanayotgan kadrlarni
har tomonlama yetuk , komil inson qilib tarbiyalash g’oyasi markaziy o’rinni
egallaydi. Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishga
qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar ta’lim sohasiga ham
taalluqli bo’lib bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ta’lim mazmunini to’g’ri belgilanishi hamda unga zarur o’zgartirishlar
kiritishda ta’lim mazmunining yangilanib borish imkoniyatlari, ya’ni ta’lim
mazmunini modernizasiya qilishni ham e’tiborga olish lozim. Belgilangan mazmun
asosida o’quv fanlari, o’quv soatlari, mashg’ulot turlari aniqlanadi va bunda ta’lim
mazmuni tomoyillariga asoslanadi.
Ta’lim mazmuni tamoyillari ta’lim berishning ma’lum ob’ektiv qonuniyatlarini
o’zida aks ettiradi. Shuningdek, u ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining
muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli shaklda, turli mazmunda va har
xil yo’sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi.
Jumladan: - ta’limhning tarixiylik tamoyili - ilmning asosini o’qitishning
uning rivojlanish tarixi, rivojlanishdagi qarama-qarshiliklar va g’oyalar kurashi,
har qanday ilmiy yutuqlarning paydo bo’lishi, turli ilmiy sohalarning
rivojlanishiga olimlarning qo’shgan hissasiga ta’luqli materiallarni bayon
qilishni taqozo etadi.
Fizika fani ham o’z rivojlanlish tarixiga ega fan bolib, fanni o’rganish
jarayonida quyidagi asosiy vazifalariga e’tibor qarariladi:
- Fizika fanining asoslari bilan tanishtirish — asosiy tushunchalar, qonunlar
va nazariyalar bilan tanishtirish; o'quvchilar ongida bizni o'rab turgan dunyoning
tabiiy-ilmiy manzarasini shakllantirish; asosiy tabiiy ilmiy qidirish metodlari bilan
tanishtirish.
- Materialni o'rganish jarayonida o'quvchilarning xotiralarini boyitish bilan
birga ularning ijodiy qobiliyatlarini ham rivojlantirish.
- O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
- Fizika asoslarini o'qitish jarayonida o'quvchilarni tarbiyalab borish:
g'oyaviy-siyosiy, harbiy-vatanparvarlik, baynalmilal, axloqiy va mehnat
tarbiyalarini amalga oshinsh.
- O'quvchilarga asosiy bilimlar berishni, ularni ijtimoiy mehnatga
tayyorlashni va ongli ravishda kasb tanlay olishni amalga oshirish.
Fizika fani rivojlanish tarixini o’rganish jarayoniga o’quvchilarda fizika
faniga nisbatan qiziqish uyg’otiladi, o’quvchilarni vatanparvarlik va
mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ular ongiga milliy mafkurani singdirish
vositasi bo’lib xizmat qiladi. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi komil insonning
tarbiya va bilimiga bog’liqdir. Olimlarning hayoti, xulq-atvori, qilgan kashfiyotlari
o’quvchilarda milliy g’urur, vatanparvarlik xislatlarini shakllanishiga xizmat
qiladi.
Sharq allomalarining fizika fani rivojiga qo’shgan salmoqli hissalari,
jumladan, Al-Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn al-Xaysam, Ismoil al-
Jaziriy kabi allomalarning o’z davridan necha asrlar oldin ketgan ilg’or
g’oyalarining ilm-fan rivojida tarixiy ahamiyati tizimli ravishda yoritilgan va
o’quvchi-yoshlarda ajdodlarimiz bilan faxrlanish va milliy g’ururni
shakllantirishi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Fan tarixiga bunday
yondashish, 2014 yil 19 mayda Samarqand shahrida “O’rta asrlar Sharq alllomalari
tarixiy merosining jahon stivilizastiyasi rivojidagi o’rni va ahamiyati” xalqaro
anjumanida Prezidentimiz I.Karimovning so’zlagan nutqidagi fikr-mulohazalarga
mos kelishini alohida qayd etish lozim.Mamlakatimiz mustaqillik davrida ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalar va xalqaro munosabatlarda ulkan
yutuqlarga erishdi. Bu yillarda O’zbekiston o’ziga xos va mos taraqqiyot modeli
asosida bozor iqtisodiyotini vujudga keltirdi, jahon hamjamiyatining teng huquqli
a’zosiga aylandi. Endilikda iqtisodiyot taraqqiyoti yangi innovastiyalarga,
zamonaviy bilimlarga asoslanib olib borishni hayotiy zaruriyatga aylantirmoqda.
Bilimlar nafaqat texnologik jarayon hisoblanmasdan, balki yangi boshqaruv
usullarini ham ifodalaydi, keng ko’lamda bilimlardan foydalanishni taqozo etib,
konkret bozor jarayonlarini takomillashtira boradi. Demak, bilimlarga asoslangan
iqtisodiyot – bu iqtisodiyotning majmui sifatida tarkib topishi hamda rivojlanishini
ifodalab, ayni paytda iqtisodiy o’sishning asosiy omilidir.
Har bir mutaxassislik uzluksiz ta’lim tizimida shakllanadi. “Uzluksiz ta’lim
chuqur, har taraflama asosli ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar
tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va yo’nalishlarining
mukammal uyg’unligidan iborat. Uning turli komponentlari o’rtasidagi o’zaro
aloqadorlik, muayyan usul va uslublarning ta’lim sharoitiga oqilona tadbiq etilishi
uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: