II BOB. FIZIKA FANI SHKILLANISH VA RIVOJLANISH
BOSHQICHLARI
2.1. Fizlkaviy tushunchalarning shakillanish davri.
Inson paydo bo’lgandan boshlab yashash uchun kurashib keladi. Asta-
sekinlik bilan dehqonchilik, chorvachilik va ov qilish uchun toshdan, bronza va
temirdan ish qurollarini yasay boshlashdi. So’ngra shaharlar yuzaga kelib fan va
madaniyat taraqqiy eta boshladi. Fan va madaniyatning ilk markazlari
Mesopotamiya, Hindiston, O’rta Osiyo va Xitoy hisoblanadi. So’ngra fan va
madaniyat markazi qadimgi Yunoniston (Gresiya)ga ko’chadi. Yunonistonda fan
va madaniyat rivoji asosan uch davrga bo’linadi. Birinchi davr miloddan avvalgi
VII-V asrlar-ioniylar fan va madaniyati, ikkinchi davr-miloddan avval IV-I asrlarni
o’z ichiga olib, uni fan tarixida ellinlar davri ham deb yuritiladi. Uchinchi davr —
eramizning I-VII asrlarini o’z ichiga olib, bu davr yunon-Rim davri deb ataladi.
Ushbu davrlardagi fizika fanining taraqqiyotiga to’xtalamiz.
Ioniylar - «Ioniy» so’zi yunon qabilalaridan birining nomidan olingan. Ular
miloddan avvalgi IX-VII asrlarda O’rta yer dengizi bo’ylarida Kichik Osiyoning
G’arbiy qirg’oqlarida o’z manzilgohlarini barpo etishgan. Samos, Milet orollarida
ilk shaharlar yuzaga kelgan.
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Ioniyada yashagan faylasuflar: Falles,
Anaksimandr, Anaksimen, Geraklit, Diogen va boshqalar milet maktabi
nomoyondalari hisoblanadi. Yunon fanining asoschilaridan biri miletlik Fales
(miloddan avvalgi 624-547 yillarda yashagan) tabiatdagi barcha narsalar asosida
suv yotadi deb ta’kidlagan. Anaksimandr-noaniq cheksiz narsa-«apeyron» deb,
Anaksimen-(mel.avvl. 585-525 y.) havo yotadi, deb tushuntiradi.
Eramizdan avvalgi 490-430 yillarda Sisiliyada yashagan Empedokl (400- 430
mil. avval.) tabiatdagi barcha narsalar to’rt unsurdan ya’ni: olov, suv havo va
tuproqdan tashkil topgan, deb aytadi. Bu unsurlar o’zgarmas va abadiy bo’lib,
ulardan qanday miqdorda ishtirok etishiga qarab turli xil narsalar yuzaga keladi,
deb tushuntiradi. To’rt unsurdan turli-tuman narsalarning vujudga kelish sababi
ular o’rtasidagi tortishish va itarish kuchlari, deb tushuntiradi.
Milet maktabining yana bir namoyondasi milloddan avval (580-500 yillarda)
yashagan buyuk faylasuf va matematik Pifagor Samoskiy olamdagi barcha narsalar
va hodisalar sonlarga bo’ysunadi, deb ta’lim beradi. Pifagor fikricha, barcha sonlar
ilohiy hisoblanib, olamni shu sonlar boshqaradi. Pifagor va ularning tarafdorlari
Yerni shar shaklida va harakatlanadi, deb aytishadi. Pifagor va uning maktabi
ta’limoti asosida tabiat hodisalarini matematik tarzda ifodalash, tahlil qilish
boshlanib, bu usul hozirda ham keng qo’llanilmoqda. Pifagor maktabi nafaqat
tabiat va unda kechadigan jarayonlarni izohlash bilan cheklanib qolmasdan, balki
bizni o’rab olgan olam qanday tuzilganligi, uning harakati sabablari to’g’risida
ham ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ushbu maktabning namoyondasi astronom
Aristarx Samosskiy (eramizdan avval 320- 250 y.) birinchi marta geliosentrik
nazariyani olg’a suradi.
Ioniylarning falsafiy qarashlari zamonaviy fizika va astronomiya faniga asos
bo’ldi, ular ta’limotini keyinchalik yunon fani vakillari ellinlar davom ettirishadi.
Shu o’rinda bir tarixiy haqiqatni eslatib o’tish lozim.
Fizika fanining ilk markazi qadimgi Yunoniston deb e’tirof etiladi. Ammo
tabiiy fanlarning kurtaklari avvalo bizning Ona zaminimizda yuzaga kelgan. O’rta
Osiyo hududida bundan 3 ming yillar avval yuksak fan va madaniyat vujudga
kelganligini tarixiy hujjatlar ko’rsatmoqda. Mustaqillik tufayli biz milliy
qadriyatlarimizni
o’rganish
baxtiga
muyassar
bo’layapmiz.
Shunday
qadriyatlarimizdan biri zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi «Avesto»
hisoblanadi. «Avesto» bundan 2700 yil avval ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan
bo’lib, unda bizning atrofimizdagi tabiat hodisalari, olamning asosi, o’zgarishlar
to’g’risida chuqur va mukammal bilimlar berilgan. Avestoda olamning asosida
to’rt unsur (havo, suv, olov va tuproq) yotganligi qayd etiladi. Shunday fikrni
ioniylar asarlarida ham uchrashini yuqorida qayd etgan edik.
Demak, qadimgi Yunonistondan fan va madanyatidan ancha oldin bizning
ona zaminimizda fan va madaniyati yuzaga kelganligi ayon bo’ladi. Ammo arab
istilochilari va boshqa bosqinlar tufayli qadriyatlarimiz deyarli saqlanmagan
Ellada-qadimda Yunoniston davlati yunon tilida shunday atalgan. Bu davlat O’rta
Do'stlaringiz bilan baham: |