Mavzu: Tarbiya jarayonining jamiyat tarakkiyotida roli



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.07.2021
Hajmi0,92 Mb.
#133713
Bog'liq
Тарбия жараёнининг жамият тараккиётидаги роли 3d59df3f722bac10457dbdcf26713418



MAVZU:  Tarbiya jarayonining jamiyat 

tarakkiyotida roli

49-19 guruh talabasi

Yaxshilikov Sardor.



MAVZU:  Tarbiya jarayonining  jamiyat 

taraqqiyotida  roli



REJA:

Kirish


1.TARBIYA   JARAYONI    MOHIYATI    VA   VAZIFALARI

2.TARBIYA   JARAYONINING  JAMIYAT  TARAQQIYOTIDAGI        

O’RNI.

3.TARBIYA  USULLARI  VA   PRINSIPLARI.



4.TARBIYA  JARAYONIDA  O’QITUVCHILIK  FAOLIYATINING

XUSUSIYATI.

Adabiyotlar



Kirish

Tarbiya



jarayonining

jamiyat


taraqqiyotidagi

roli


nihoyatda beqiyosdir. Insonnitarbiyalash, uni bilim

olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini

sekin-astako'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning

mushohada qilish qobiliyatinitarbiyalaydi va mushohada

qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa

moddiy vama'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson

asta-sekin

takomillashib,

komillikkaerishib

boradi.


Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan

uzoq davom etadiganmas'uliyat, sharafli mehnat va

qunt, irodani talab etadi



Buning uchun bolalarning yoshxususiyatlarini hisobga

olish

zarur.


Ma'naviy,

insoniy


sifatlarning

shakllanishidaoiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va

bolalarga bo'lgan munosabat muhim rolo'ynaydi. Ota-

onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo'lgan

munosabatlariniko'rgan bola shunga qarab shakllana

boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So'ngsekin-

asta qilayotgan ishlarining mohiyatini anglaydilar.

Bolalarni

to'g'ri

tarbiyalashdaota-onaning

ongi,

ma'naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga



ega.


Tarbiyametodlari(usullari)-

o’qituvchi-tarbiyachining

o’quvchilarga ta’sir

ko’rsatish

usullari,ularga

ijobiy

xulq-atvor



ko’nikmalari

va

malakalarini



singdirish

maqsadida

ularning

hayoti


va

faoliyatini

tarbiyaviy

jihatdan to’g’ri

tashkil

etish


yo’llaridir.Aniqrog’i, tarbiya usuli

deb


tarbiyachining

bolalarda

axloq-odob

fazilatlarini

tarkib

toptirish maqsadida ularning onggi



va irodasiga ta’sir etish yo’llariga

aytiladi.

Tarbiya

usullari


tarbiyaning

maqsadi


va

mazmunidan kelib chiqib, komil

inson

shahsini


tarbiyalashga

qaratilgandir.




Ajdodlarimiz

davr


sinovidan

o’tgan ajoyib

insoniy fazilatlar hamda ularni amalgam oshirish usul

va

vositalarini



yaratganlar,shu

asosda


yoshlarni

ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan kishilar

qilib

tarbiyalab



kelganlar.Bolalarda

insoniy his-

tuyg’ularni tarbiyalashning asosi kishilarga mehr-

muhabbat


qo’yish,izzat-hurmat

bilan


muomala

qilish,insoniy

huquqlarni himoya

qilish,qadrlash,

kishilar oldidagi o’z burchini anglash, odamlarga

nisbatan samimiy,halol va rostgo’y bo’lish kabi odob

va ahloq qoidalarini o’z ichiga oladi.



O’zbek xalq pedagogikasining muhim ahamiyatga ega bo’lgan

xususiyatlaridan yana biri folklor materiallarida xalq pedagogikasida

qo’llaniladigan tarbiya yo’llari,usuli va vositalarining yoritilishidir.

Mehnatkash xalq ommasi uzoq davrlar davomida vujudga kelgan

tarbiya

usullari


va

vositalaridan

foydalangan.Chunonchi,tushuntirish,odatlantirish(o’rgatish,mashq

qildirish),bolalarning

kundalik

hayot


rejimi,ibrat(namuna,o’rnak)

ko’rsatish,maslahat berish,o’git-nasihat,undash,ko’ndirish,iltimos qilish,

yolborish,tilak-istak

bildirish,maqullash,

maqtash,rahmat

aytish,duo

qilish,oq

yo’l


tilash,taqiq

qilish,ma’n

etish,ta’na,gina

qilish,


qoralash,Ollohdan qo’rqishga undash,tanbeh berish,uzr so’rash, majbur

qilish,mazax

qilish,zaharhandalik,ayblash,uyaltirish,koyish,qo’rqitish,nafrat

bildirish,aybiga iqror qildirish,ont-qasam ichtirish,urish-kaltaklash,jamoa

hukmiga havola qilish kabi usullar tarbiyada qo’l kelganligi ta’kidlanadi.

Shu bilan birga, bolalar yashab turgan muhitdagi yashash tarzi ular

tarbiyasiga

katta


ta’sir o’tkazgan.Jumladan, mehnat jarayoni,turli

shakldagi

hasharlar,bolalar

o’yini,to’y

marosimlari—aqiqa,beshik

to’yi,sunnat

to’yi,nikoh

to’yi,sayllar—dala

sayli,gul

sayli,qovun

sayli,tug’ilgan kunni nishonlash,yigit bazmi, istirohat bog’larida

bo’lish,ommaviy yig’in hamda tomoshalarga qatnashish va hokazolar

tarbiyaviy vosita sifatida xizmat qilib kelgan.



Tarbiya jarayonida eng mihim 

o’rin egallovchi joy – bu allbatta 

o’quv yurtidir. 



Ayni vaqtda tarbiya mazmunining  ko’p qirraliligi va kengligi 

tufayli tarbiya usullari  ham  xilma-xil  bo’lib, muayyan  sharoitda 

ulardan qaysi birini tanlash  va qo’llash o’qituvchi bilan o’quvchi 

o’rtasida vujudga  kelgan munosabatlarga  bog’liq. O’qituvchi 

qo’llayotgan usul  va vositalar ta’sirida bolaning ongida va xulqida 

ham o’z shaxsini  o’zgartirish istagi vujudga  keladi.Bola o’zini-o’zi 

tarbiyalamasa,  aql-farosatini  ishga  solmasa  tarbiyadan ko’zlangan 

maqsadga  erishib bo’lmaydi.Har bir bola o’zining xulq-atvoriga 

talabchan bo’lishi va o’zida eng yaxshi insoniy  fazilatlarning tarkib 

topishi uchun  astoydil tirishmog’I  lozim.O’zini-o’zi tarbiyalash 

bolaning doimiy ishi bo’lmog’i va uzluksiz  davom etmog’I 

zarur.Chunki  haqiqiy tarbiya bolani o’z kuchi ,layoqatlari va 

qobiliyatini ishga  solishga  undaydi,uning  ideallarini, shaxsiy 

mulohazalarini,e’tiqodini  tarkib toptiradi.Natijada bola shaxsini  har 

tomonlama  rivojlantirishga  qaratilgan tarbiyaviy jarayon o’z-o’zini 

tarbiyalash  jarayoniga  aylanadi.

O’rgatish usuli yoshi  va tarbiya sharoitlariga qarab o’zgarib 

turishi mumkin.  Tarbiyachi ma’lum  bir topshiriqni (tuvakdagi 

gullarga  suv  quyish,  parvarish  qilish, sinfda  tozalikka rioya qilishni 

kuzatib borish va hokazo) berishi mumkin.O’quvchi  bu topshiriqni 

bajarish davomida  zarur ahloq-odob qoidalrini egallab oladi. 



IBRAT-NAMUNA  usuli.  Bolalar  tarbiyasida  ibrat-namunaning 

ahamiyati  kattadir.  Bu usul bolalardagi  taqlidchanlikka  asoslanadi.  Taqlid 

boshqalarning  xulq-atvorini,yurish-turishini  ongli  yoki  ixtiyorsiz   

ravishda  takrorlash  demakdir.  Odatda  bolalar  o’zlarining 

yaqinlari,atrofdagi  kishilarning  xulq-atvorini  va xatti-xarakatlarini 

kuzatib  boradilar,ularga  taqlid  qiladilar.Bolalardagi  bu xususiyatlar  shuni 

ko’rsatadiki,  ularning  axloq-odob  qoidalarini  o’zlashtirishi,  axloqiy 

tasavvurlarni  hosil qilishi ana shundan,ya’ni  ibratdan  boshlanadi.  Dastlab 

bola oila a’zoridan   ibrat ola boshlaydi.Ota-ona  va oilaning  katta 

yoshdagi  a’zolari  namunasi  kichik yoshdagi  bolaga  tarbiyaviy   ta’sir 

ko’rsatishda  asosiy  manbadir.

Bola katta bo’lib  es-hushini  taniy  boshlagan  sari yurish-

turish,muomala-munosabatda  o’z nuqtai  nazari  va fikriga  tayanib  ish 

qiladi.  U kattalarning  xulq-atvori  va yurish-turishlariga  ko’proq  tanqidiy 

ko’z bilan qaray  boshlaydi  va ijobiy  hislatlargagina  taqlid qilishga 

urinadi.


Bolalarga  hayotdagi  yaxshi  odamlar,badiiy  adabiyotlardagi  ijobiy 

obrazlar,  mehnat  qahramonlari,ota-bobolarimizning  o’lmas  jasoratlari, 

ezgu ishlari  taqlid qilish uchun  eng yaxshi  namuna  bo’ladi.  Lekin 

bolalar  hamma  vaqt ham  ijobiy  xulq-atvor   va xatti-xarakatlarga  taqlid 

qilavermaydilar.Shuning  uchun  o’qituvchilar,tarbiyachilar   va ota-

onalarning  o’zlari  hammadan  ilgari  o’zlari  bolaga  namuna  bo’lmoqlari   

kerak.



ISHONTIRISH  USULLARI.  Bu usulga  o’quvchilarda ilmiy 

dunyoqarash  va ishonch-e’tiqodni   shakllantirish  maqsadida 

ularning  onggi,his-tuyg’ulari  va irodasiga   har tomonlama  ta’sir 

ko’rsatish usullari kiradi.

Boshlang’ich  maktabda ishontirishning   tarbiyaviy jihatdan 

muhim  va qimmatli bo’lgan tushuntirib  berish va 

ishontirish,hikoya  va suhbat,sinfdan  tashqari o’qish, namuna 

ko’satib ishontirish  singari shakl va usullaridan  keng foydalaniladi. 

Chunonchi,o’qituvchi  1-sinfdan  boshlab bolalarga  kattalarni  

hurmat  qilish, ularga  baqirib-chaqirmaslik,  ko’chada yurganda  esa 

ko’cha qoidalariga rioya qilish, jamoat orasida yurganda,to’y-

hashamlarda  o’zini tutish, dastyorchilik, o’zbekona urf-odatlarni 

o’rniga qo’yish kabi odatlarimiz aniq tushuntiriladi

Ota-ona,aka-ukalarni  hurmat  qilish,siylash,sizlash,ularni 

so’zlaridan chiqmaslik  odobdan ekanligi uqtiriladi.



TUSHUNTIRISH.  Bu usullar 

mohiyati jamiyatning ma’naviy va 

moddiy hayotidagi  eng muhim 

voqealar to’g’risida ahborot berish 

asosida  o’quvchilar diqqatini  

tevarak-atrofdagi  voqelikka, o’z 

fuqarolik burchlariga ongli 

munosabatni  shakllantirishga 

qaratishdan iboratdir.Ko’pincha 

o’quvchilarning o’z burchlari 

to’g’risidagi bilimlari tasodifiy, 

yuzaki bo’ladi. Tushuntirishdan 

maqsad – biror voqea,hatti-

harakat,hodisaning ijtimoiy, ahloqiy, 

estetik mazmunini  ochishda, xulq-

atvor va insoniy  munosabatlarni  

to’g’ri baholay olishda o’quvchilarga 

yordam berishdir.



Tarbiyachi tegishli  qoida va 

talablarga qanday  rioya etish 

zarurligini  bolalarga 

ko’rsatadi va 

tushuntiradi.Qoida  va 

talablar fakt va misollar   

bilan tushuntirilsa,  ularni 

bolalar  ravshan   anglab  

oladilar va  onglariga  

chuqurroq singadi.Natijada   

bu qoida va talablar  

bolaning  kundalik  hayot 

tarziga aylanadi.Ahloqiy 

qoida va talablarning   bola 

hayotiga   singib   ketishi  

ko’p  jihatdan  uning 

e’tiqodini  mustahkam 

bo’lishiga  bog’liq



Uqtirish.Bu  usul  biror ahloqiy fazilatni o’quvchilar ongiga 

singdirish  va ular tomonidan  uqib olinishini  ta’minlashga 

asoslanadi.  Shuning  uchun  o’qituvchilar va tarbiyachilar  

o’quvchilarni  tarbiyalaganda va ularga  axloqiy  fazilatlarni  

tushuntirganda   uning  afzalliklarini  ko’rsatuvchi  dalillar 

keltirishi, isbotlashi,  ishontirishi  lozim. ”O’qigandan  uqqan 

yaxshi”  degan xalq maqoli bor. Uqib olingan axloqiy fazilat  

bolada mahkam  singib  qoladi.

Uqtirishning  natijali chiqishi  hammadan  oldin  tarbiyachining 

obro’siga bog’liq.Agar tarbiyalanuvchi   o’z tarbiyachisini   izzat-

hurmat qilsa, unga ishonsa,  uning  o’git-nasihatlariga   quloq solsa, 

uqtirish natijasi  samarali bo’ladi. Aks holda uqtirish tegishli 

natija bermaydi. Uqtirish jarayonida  o’qituvchilar bolalarning  

o’zlarida o’z qobiliyatlariga,kelajak istiqbollariga ishonch 

tug’dirmog’i lozim, bu esa bolalarda axloqiy  fazilatlarning   puxta 

uqib olinishini ta’min etadi. Tarbiyalash  jarayonida  ishontirish, 

tushuntirish  va uqtirish   hamma  vaqt birga, bir-biri bilan  

mustahkam   bog’langan  holda  olib boriladi. Bunga  tushuntirish 

va  uqtirish   orqali erishiladi.



Pedagogika fani ishontirish usullariga muhim o’rin berish bilan

birga, majbur etish usulini ham inkor etmaydi.Agarda o’quvchi

o’z oldiga qo’yilgan talabning mohiyatini va mazkur qoidaga

nima uchun

rioya etish

zarurligini

tushunib turgani holda

itoatsizlik ko’rsatsa va belgilangan tartib-qoidani buzsa, uni bu

tartib-qoidalarni bajarishga

majbur qilmoq kerak. Axloqiy

qoidalarni buzuvchilarga indamaslik va beparvolik bilan qarash

esa jamiyatga ziyon keltiradi.

Yuqoridagilarga asoslanib, shunday xulosaga kelish mumkin:

chinakam obro’ bolalarni



hurmat qilish bilan birga, ularga

nisbatan talabchan bo’lishga, bolaga chin ko’ngildan g’amxo’rlik

ko’rsatishga, unga yordam qilabilishga, tarbiyachining bolalarga

namuna bo’ladigan o’z shaxsiy fazilatlariga asoslanadi.




FOYDALANILGAN 

ADABIYOTLAR:

1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkent:  Sharq, 



1997.

2. Abu Ali  ibn Sino. Ziynat.  Toshkent:  Sharq , 1992.



3. Abu Nasr Forobiy.  Fozil odamlar shahri. Toshkent: 

Xalq merosi,1999. – 224 b.

4. Ajdodlar o’giti.  Hikmatlar,  hikoyatlar,  tamsillar.  // 



To’plovchi B.Ahmedov. Toshkent: Cho„lpon, 1991.



5. Azarov Yu.I. Bolalarni sevish san‟ati. Toshkent: 



O’qituvchi, 1992.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish