ISLOM SAN’ATI MUZEYI - Misrdagi eng yirik muzeylardan, Qohira sh.da
1881 y.da asos solingan. 1952 y.gacha A r a b s a n-’ati muzeyi deb
atalgan. Arab mamlakatlari, Eron va Turkiyaning o‘rta asrlar monumental
bezak va amaliy san’at asarlarini jamlagan. Muzey to‘plami negizini Qohira
masjidlari, xususiy uylardan keltirilgan va Qohirada qazib olingan
topilmalar tashkil qiladi. Muzeyda o‘ta qimmatbaho qo‘lyozma kitoblar va
miniatyuralar, yog‘och o‘ymakorligi (Fotimiylar saroyidagi ov lavhalari
tasvirlangan releflar, 11-a. va b.), kulollik, kandakorlik, rangli emal b-n
naqshlangan shisha (masjidlar chiroqlari, idishlari) buyumlar va b.
saklanadi.
Qayd etilgan
Shahina
Do'stlaringiz bilan baham: |