Profilli pogonaj materiallar - ko‘ndalang kesimi bir xil va murakkab bo‘lgan
har xil uzunlikda ishlab chiqariladigan konstruksion polimer materiallar. Ular
ekstruziyalash (uzluksiz siqib chiqarish) usulida olinadi (masalan, polozkalar,
shnurlar, kantlar, plankalar, raskladkalar).
4.3. Ko’pik polimer materiallar.
Ko‘pik konstruksion materiallar - ichi gaz bilan to‘ldirilgan polimer
materiallar. Ulardan yaxlit shakllangan buyumlarni bosim ostida quyish va
presslamay ko‘piklantirib shakl berish usullarida olish mumkin.
PPU - penopoliuretan (ko‘pikpoliuretan), poliuretan asosidagi ichi gaz bilan
to‘ldirilgan polimer materiallar. PPU ning qattiq, yarim qattiq va elastik turlari
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |