2.4. Egib yelimlangan zagotovkalar.
Egib yelimlangan zagotovkalar ishlab chiqarish uchun eng asosiy materiallar
shilingan yoki randalangai shpon, ПT-3 markali yog‘och-qirindili plita yasash uchun
qirindi hamda yelim (ГОСТ 21178-95) dir.
Mebelning egib yelimlangan detallarini ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi
asosiy bosqichlardan iborat: shpon tayyorlash va paketlar shakllash; zagotovkalarii
egish va yelimlash; yelimlangan zagotovkalarni saqlash va ulardan mebel detallari
tayyorlash.
Egib yelimlangan zagotovkalarni yelimlab yopishtirish uchun paketlar tashqi,
qatlamosti va shpon ichki listlaridan tuzilladi. Zagotovkalar qalinligi 4 dan 30 mm
gacha bo‘ladi. Zagotovkalarning profillari yoysimon, burchakli, П-simon, sferik,
trapetsiyasimon bo‘lishi mumkin.
Paketlardagi shpon listlari tolalarining yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgarib turishi
mebelni ishlatish, sinab ko‘rish vaqtida uning detallariga ta’sir etadigan asosiy kuch
yo‘nalishi bilan belgilanadi.
Amalda egib yelimlangan detallar ishlab chiqarishda zagotovkalarni hamma
yonma-yon qatlamlarida yelimlash uchun paketlar quyidagicha tuziladi:
- tolalari bo‘ylama yo‘nalgan shpon listlaridan;
- tolalari o‘zaro perpendikulyar joylashgan shpon listlaridan;
- tolalari o‘zaro perpendikulyar joylashgan shpon listlaridan hamda tolasining
yo‘nalishi bu shponlarga bo‘ylama yo‘nalgan qo‘shimcha listlar qo‘shib
tayyorlangan shpondan.
Egib yelimlangan zagotovkalar bir vaqtda egib va paket qilib joylangan shpon
listlarini o‘zaro yelimlab hosil qilinadi. Zagotovkalar mebel detallari uzunligiga,
eniga bir karrali yoki ko‘p karrali bo‘lishi mumkin. Bu zagotovkalarni tayyorlash
protsessi shundan iboratki, bunda hosil qilingan paketlar oldindai bir oz egiladi,
keyin presslanadi hamda belgilangan bosim va temperaturada ma’lum vaqt davomida
yelimlanadi va presslanadi. Egib yelimlangan zagotovkalar turli xil press-qoliplarda,
mexanik, pnevmatik va gidravlik presslarda tayyorlanadi.
Ishlatiladigan press-qoliplar asosan zagotovkani presslash usuli, presslash
elementlarining konstruksiyasi, ish seksiyalarining soni, isitish usuli hamda
qo‘llaniladigan asosiy materialga qarab ajratiladi.
Presslash usuliga ko‘ra press-formalar presslanadigan va zogotovkani
to‘g‘ridan-to‘g‘ri presslashga mo‘ljallangan, ya’ni zagotovkani bir vaqtda ham egadi
ham presslaydi hamda presslash kuchini zagotovkaning butun presslanadigan sirti
bo‘yicha ketma-ket bir necha amallarda uzatishga mo‘ljallangan ketka-ket presslash
press-formalariga ajratiladi.
30
Shpondan egib yelimlab yasalgan detallardan mebelning konstruktiv
elementlari snfatida foydalanish zamonaviy arxitektura shaklidagi hamda texnologik
konstruksiyadagi buyumdar yasash imkonini beradi. Shponlardan egib yelimlangan
detallarni ishlab chiqarish shunday duradgorlik konstruksiyalaridagi xuddi shunday
detallar ishlab chiqarishga nisbatan iqtisodiy jihatdan (yog‘och va mehnat sarfi
kamayadi) maqsadga muvofiqdir.
Stullar va kreslolar ishlab chiqarishda duradgorlik detallarining egib
yelimlangan detallar bnlan almashtirilishi natijasida yog‘och materiallari sarfi 1,5-2
marta, mehnat sarfi esa 1,2-1,4 marta kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |