2.3. Yog’och qatlamli plastiklar.
Qatlamli yog‘och plastiklar (ДСП) rezol holatidagi fenolformaldegid
smolaning spirtdagi yoki suvdagi eritmasi singdirilgan va qalinligi 0,55 millimetr
bo‘lgan qayin shponlarini 140-150°С temperaturada 150 kg/sm
2
gacha press ostida
presslab yopishtirib yasalgan plitalardir.
ДСП ning hajmiy og‘irligi 1,23 dan 1,33, g/sm
2
gacha, tolalar bo‘ylab
cho‘zilishga chidamliligi 100 dan 300 kg/sm
2
, siqilishga chidamliligi 1000 dan 1850
kg/sm
2
gacha, egilishga chidamliligi 840 dan 2800 kg/sm
2
gacha.
ДСП uzunligi 700 dan 5600 mm gacha, eni 800 dan 1200 mm gacha va
qalinligi 1 dan 60 mm gacha bo‘lgan listlar va plitalar holida chiqariladi. Ularning
nominal uzunligi va enidan ±25 mm, qalinligidan (har plitaning qalinligiga qarab)
±0,2 dan ±2,0 mm gacha chetga chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
ДСП dan mashina detallari: podshipniklar, vtulkalar, tishli g‘ildirak
vkladishlari yasaladi, kamdan-kam hollardagina devorning tashqi sirtiga qoplash
uchun ishlatiladi. Yog‘ochni yo‘nib, qirqib, arralab va hokazo ishlaydigan kesuvchi
asboblarning hammasi plastiklar uchun ham yaraydi.
Faner plitalar – ma’lum qalinlik va konstruksiyadagi yelimlangan qatlam-
qatlam yog‘ochdan iborat. Faner plitalar bir-biriga sintetik yelim bilan bosim ostida
yopishtirilgan yetti va undan ortiq shpon qatlamidan iborat bo‘ladi.
Faner plitalar (ГОСТ 8673-88) ПФ-A, ПФ-Б va ПФ-В markalarga ajratiladi.
ПФ-A markali plitada shponning yonma-yon qatlamidagi yog‘och tolasining
yo‘nalishlari o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi. Bu tipdagi plitalar qoplamasiz va bir
yoki ikki tomonlama qoplamali qilib tayyorlanadi; ulardan vagonsozlikda va qishloq
xo‘jalik mashinasozligida ko‘proq foydalaniladi. ПФ-A markali plitalarning
o‘lchamlari: uzunligi 1525±5; 1220±4 mm; eni 1525±5; 1220±4 mm; qalinligi 15,
20, 25, 30, 45 mm.
ПФ-Б markali plitalarda yog‘och tolalari yo‘nalishiga parallel bo‘lgan
shponning har besh qatlamidan keyin ko‘ndalang yo‘nalishdagi bitta shpon qatlami
keladi. Plitaning har ikki tomonidagi shpon qatlamlari soni teng bo‘ladi; ПФ-Б
markali plitalarning o‘lchamlari: uzunligi 1525±5 mm; eni 1525±5 mm;1220±4 mm;
qalinligi 35, 40, 45, 53, 62, 68, 78 mm. Bu tipdagi plitalar qishloq xo‘jalik
mashinasozligi hamda avtoqurilishda ishlatiladi.
ПФ-В plitalaridagi hamma shpon qatlamlari yog‘och tolasiga nisbatan parallel
joylashgan, faqat markaziy, shponlar tolasi yog‘och tolasiga nisbatan perpendikulyar
joylashgan. ПФ-В plitalarining o‘lchamlari: uzunligi 2200, 1830, 1525±5 1220±5
mm; eni 1525±mm; 1220±4 mm; qalinligi 8, 12, 15, 22, 26, 30 mm. Bunday
plitalardan qishloq xo‘jalik mashinasozligida foydalaniladi. Hamma plitalarning o‘ng
va teskari qatlamlari jilvirlanmagan yoki bir yo ikki tomoni jilvirlangan qilib
tayyorlanadi.
Qoplamasiz plitalarning tashqi qatlamlari uchun hamda bir tomoni qoplamali
plitalarning teskari qatlami uchun qayin shponi, qoplamali plitalarning o‘ng tomoni
uchun randalangan shpon, ichki qatlamlari uchun qayin, arg‘uvon va qarag‘ay
yog‘ochi shponidan foydalaniladi. Tashqi qatlam yog‘ochining sifatiga qarab plitalar
quyidagi sortlarga ajratiladi: qoplamasiz bir tomonli – AВ/В, AВ/ВВ, В/ВВ, ВВ/С;
ikki tomonlama qoplamasiz – AВ, В, ВВ; bir tomonlama qoplamali – 1/В, П/В; ikki
29
tomonlama qoplamali – I, II. Jilvirlanmagan plitalar tashqi qatlamlari yog‘ochining
g‘adir-budurligi 6-sinfdan, jilvirlanganniki 7-sinfdan kam emas. Plita to‘g‘ri burchak
ostida silliq tekis keskich bilan kesiladn; bunda qiyshayish 1 m uzunlikka 3 mm dan
ortmasligi kerak. Plitalarning markasi va qalinligiga qarab tob tashlash 2-5 mm dan
ortmasligi kerak. Plitalar mustahkam qilib yelimlangan, shishsiz, rejalash vaqtida
qatlamlarga ajralib ketmasligi lozim. Plitalarning namligi 5-12% dan ortiq
bo‘lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |