Ustiga yoki usti bilan ostiga eman, yong‘oq, nok va boshqa qimmatli yog‘ochlardan
ataladi. Fanerning faqat ustki qatlami qimmatli yog‘ochdan bo‘lsa, unga bir tomonli
faner, ustki va ostki qatlami ham kimmatli yog‘ochdan bo‘lsa, ikki tomonli faner
deyiladi. Sanoatda fanerlarni uch, besh, yetti va to‘qqiz qatlamli qilib ishlab
qatlamining teksturasiga qarab radial, yarim radial va tangensial fanerlarga ajratiladi.
Faner listlarining qalinligi 4,5; 6; 8; 9 va 10 mm bo‘ladi. Faner kalinligidan
FOF markali qoplama faneri fenol-formaldegid yelimlari bilan yopishtiriladi.
Qoplama faner yog‘ochining ishlanish sifatiga qarab, ikkita – I va II sortlarga
ajratiladi. Qoplama fanerdagi nuqsonlar va ishlov berishdagi kamchiliklar fanerning
(barerlar), pardevorlar, devorga o‘rnatiladigan shkaflar yasash hamda temir yo‘l
Bezak (dekorativ) faner (ГОСТ 14614-89) uch va undan ortiq shilib olingan
shponlardan yelimlab yopishtirilgan faner bo‘lib, uning sirtiga naqshli qog‘oz bilan
27
birga va bunday qog‘ozsiz plyonka qoplangan bo‘ladi. Bezak faner to‘rt: ДФ-1,
ДФ-2, ДФ-3 va ДФ-4 markada ishlab chiqariladi. ДФ-1 va ДФ-2 fanerining
qoplama plyonkasiga mochevina-melamin-formaldegid smolasi, ДФ-3 va- ДФ-4
markalariga melamin-formaldegid smolasi ishlatilgan. ДФ-1 markali fanerning
qoplama plyonkasi shaffof bo‘lib (rangsiz yoki bo‘yalgan) yog‘ochning haqiqiy
teksturasini berkitmaydi; ДФ-2 markali fanerning qoplama plyonkasi yog‘och
teksturasiga o‘xshash yoki boshqa naqshli qog‘oz yopishtirilgan. ДФ-3 markali faner
suvga juda chidamli, shaffof (rangsiz yoki bo‘yalgan), yog‘ochning haqiqiy
teksturasini berkitmaydi; ДФ-4 markali faner suvga chidamliligi oshirilgan, sirtiga
qimmatbaho yog‘och turlari teksturasinikiga o‘xshash yoki boshqa rasmli qog‘oz
yopishtirilgan.
Pardozlangan tomonlariga qarab faner bir tomonlama va ikki tomonlama,
qoplama sirtining tashqi ko‘rinishiga ko‘ra yaltiroq va yarim xira xillarga ajratiladi.
Hamma markadagi fanerlarning o‘lchamlari: uzunligi (eni) 2440, 2135, 1830, 1525
va 1220 mm bo‘lishiga, 4-5 mm og‘ishga yo‘l qo‘yiladi; qalinligi 1,5; 2; 5; 3; 4; 5; 6;
8; 10 va 12 mm bo‘lishiga (±0,2- ±0,9 mm og‘ishga) ruxsat etiladi.
Bezak faner tayyorlash uchun qayin, olxa, arg‘uvon, tog‘terak va terak
yog‘ochidan tayyorlangan shponlardan foydalaniladi: ДФ-2, ДФ-4 markali
fanerlarning ichki qatlami uchun qarag‘ay va tilog‘och yog‘ochidan tayyorlangan
shponlarni ishlatishga ruxsat etiladi. Hamma markadagi bezak fanerlar tayyorlash
uchun quyidagi sortlardagi shponlar ishlatiladi: A – ikki tomonlama fanerlarning
tashqi qatlamlari uchun va bir tomonli fanerning sirtqi (o‘ng) tomoni uchun, VV – bir
tomonli fanerning teskari tomoni uchun. Qoplama uchun maxsus bezak qog‘ozidan
foydalaniladi.
Bezak faner ikki xil: 1- va 2-sortlarda ishlab chiqariladi.
Fanerdagi nuqsonlarning ko‘rinish va o‘lchamlari ГОСТ 14614-89 bilan
cheklangan. Fanerning pardoz qoplamalari ГОСТ 14614-89 da ko‘rsatilgan
talablarga mos kelishi kerak. Bezak fanerning namligi 10% dan oshmasligi kerak.
Bezak fanerlar kvadrat metrlarda hisoblanadi.
Bezak fanerlardan mebellar hamda duradgorlik usulida panellar, pardevorlar
va shiplar yasaladi, bu xil fanerlar odatda pardozlanmaydi.
Bakelitlangan faner (ГОСТ 11539-93) shilib olingan qayin shponlarini
yolimlab yopishtirib va yuziga sintetik smola surtib yasaladi, yelimlab yopishtirilgan
shpon listlari tolalari o‘zaro ko‘ndalang yo‘naladigan qilib joylashtiriladi. Bu faner
suv, atmosfera ta’siriga chidamli va mustahkam bo‘ladi. Bu fanerning sirtiga В sortli
shpon, ichki qatlamlariga ВВ sortli shpon ishlatiladi. Bakelitlangan faner ФБС va
ФБС1 ФБВ va ФБВ1, ФБС-A hamda ФВС1-A markalarda ishlab chiqariladi.
Bakelitlangan faner quyidagi o‘lchamlarda (mm): uzunligi 5600 va 7700 (yo‘l
qo‘yiladigan chetga chiqish ±40 mm), eni 1200-1550 (±20 mm), qalinligi 5-18 mm
(±0,5-±2) ishlab chiqariladi.
Fanerning silliq sirtida tirnalgan izlar, pachoq joylar, uzunchoq do‘mboqlar,
qistirma va plita izlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Lekin boshqa nuqsonlar va ustki
qatlamda smola singdirilmagan va smola yuqmagan joylar, pufaklar, ko‘chgan ,
pardalar va chala presslangan joylar bo‘lmasligi lozim. Bakelitlangan faner kub
metrlarda o‘lchanadi.