Qizilungach



Download 414,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.07.2021
Hajmi414,06 Kb.
#132863
  1   2
Bog'liq
Кизилунгач, меьда маьруза матни



QIZILUNGACH 

Qizilo’ngach  epiteliy  qavati  oldingi  ichak  entodermasida  joy-lashgan  prexordal  plastinkadan, 

boshqa  qavatlarn  esa  atrofdagimezenximadan  paydo  bo’la-

d

i  Takomillashish  jarayo-nida 



epitelial  qavat  bir  necha  marta  o’zgaradi.  Dast-avval,  embriogenezning  4-haftasigacha, 

qizilo’ngach  epiteliysi  bir  qavatli  tcilindrsimon  epiteliydan  iborat  bo’lib,  so’ng  ikki  qavatliga 

aylanadi.  SHu  vaqtdan  boshlab  epiteliy  qatlami  o’sib  ketadi  va  qizilo’ngach  teshigini  ber-kitib 

qo’yadi.  Keyinchalik,  epiteliy  emirilib,  yana  nay-ning  ichi  ochiladi.  Homila  hayotining  3-oyida 

qizil"  o’ngach  ko’p  qatorli  hilpil-lovchi  epiteliy  bilan  qop-langan.  13-haftadan  bosh-lab 

hilpillovchi hujaira-lar tcitoplazmasida gliko-gen bo’lgan pufaksimon hu-jayralarga anlanadi. Bu 

hujayralar yassilanib ko’p qavatli yassi epiteliyni hosil qiladi. Hilpillovchi epiteliy qoldiqlarini yan-

gi  tug’ilgan  bolalarda  ko’-rish  mumkin.  Qatta  yoshda  bunday  epiteliyni  shilliq  bez  chiqaruv 

naylaridagina uchratish mumkin. 

Bir xil epiteliyning boshqasiga aylanish sabab-lari aniq emas. Ko’p qavat-li yassi epiteliyning sha-

kllanishida  qizilo’ngach-ning  faoliyati  (funktciyasi)  muhim  rol’  o’ynasa  kerak.  CHunki  ko’p 

z^avatli  yassi  epiteliy  dag’al  ovqat  luqmalari  o’tayotganda  qizil-o’ngach  devorini 

shikastlanishdan saqlaydi. 

Qizilo’ngach bezlari embriogenezning 3- oyida, mushak qavati 2- oyida takomillashadi. 

Tuzilishi. Qizilo’ngachning devori 4 qavatdan tuzilgan (198-rasm): 

1. SHilliq parda - tunica mucosa. 

2. SHilliq osti pardasi - tunica submucosa. 

3. Mushak parda - tunica musculans. 

4. Alventitcial parda - tunica adventitia. 

SHilliq va shilliq osti pardalar bir necha (7-10) bo’ylama ketgan burmalar hosil qiladi. Burmalar 

ovqat yutilayotganda yoziladi. 

SHillik, parda epiteliydan, xususiy va muskul plastinkala-ridan iborat. Epiteliy ko’p qavatli yassi 

muguzlanmaydigan  epi-teliy  bo’lib,  qalinligi  200  mkm  ga  teng  20-25  qavat  hujayra 

qatlamlaridan  iborat.  Eng  yuqori  qatlamlaridagi  yassi  hujay-ralarda  muguzlanish  alomatlari 

bo’ladi.  Epiteliy  qatlamining  bazal  hujayralarida  mitoz  bo’linishlarni  uchratish  mumkin.  Ho-sil 

bo’lgan  yosh  hujayralar  etilib  yuqoriga  suriladi,  yuza  hujay-ralar,  esa  ketma-ket  tushib  turadi. 

SHu  tarzda  fiziologik  rege-keratciya  yuz  beradi.  Epiteliy  aniq  ko’rinadigan  bazal  membrana-da 

yotadi. Uning ostida xususiy plastinka joylashgan. Xususiy plastinka siyrak tolali shakllanmagan 

biriktiruvchi  to’qima-dan  iborat.  Xususiy  qavat  epiteliyga  botib  kirib  so’rg’ichlar  hosil  qiladi. 

Biriktiruvchi to’qimada elastik va kollagen to-lalar mo’l bo’ladi. Bu erda biriktiruvchi to’qimaning 

hamma kom-ponentlari mavjud bo’lib, juda ko’p limfotcitlar uchraydi. Ko’-pincha bu limfotcitlar 

diffuz joylashsa, ba’zan ular limfoid follikul hosil qilishi mumkin. 



SHilliq  pardaning  xususiy  plastinkasida  qizilo’ngachning  kar-dial  bezlari  joylashadi.  Ular  to’da-

to’da  bo’lib  2  gruppani  tash-kil  qiladi.  YUqori  gruppa  kardial  bezlar  hiqildoqning  uzuksi-mon 

tog’ayi  va  kekirdakning  5-  halqasi  sohasida,  pastki  to’dasi  esa  quyi  qismida  -  qizilo’ngachning 

me’daga o’tish erida yotadi. Bu bezlar me’daning kardial bezlariga o’xshash tuzilgan. Bez-larning 

oxirgi  bo’limlari  shilliq  ishlab  chiqaruvchi  tcilindrsi-mon  yoki  kubsimon  hujayralardan  iborat 

bo’lib,  ba’zan  ular  orasida  pariegal  hujayralar  ham  uchraydi.  Bez  naylari  epite-liy  yuzasiga 

ochiladi. Qizilo’ngachning kardial bezlari ko’p miq-dorda endokrin hujayralar tutadi, ular asosan 

bezning  oxirgi  bo’limlarida,  qisman  chiqaruv  naylarida  joylashgan.  Bu  hujay-ralar  me’da-ichak 

nayining EC, ECL va boshqa hujayralariga o’xshaydi. Qizilo’ngachning kardial bezlarining tuzilishi, 

joy-lashishi  va  funktciyasini  bilish  shifokorlar  uchun  muhim  aha-miyatga  ega,  chunki  ular 

joylashgan erda ko’pincha qizilo’ngachning ikkilamchi bo’shliqlari, kistalari, yaralari va o’smalari 

hosil bo’ladi. SHilliq pardaning mushak plastinkasi elastik tolalar turi bilan o’ralgan silliq mushak 

hujayralaridan  tuzilgan.  Ular  bo’ylama  joylashadi  va  quyi  tomonga  ko’payib  borib,  qi-

zilo’ngachning  me’daga  o’tadigan  erida  qalinligi  200-400  mkm  ga  etadi.  SHu  mushakning 

qisqarishi natijasida ovqat luqmalari-ning o’tishi engillashadi. 


Download 414,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish