Matematika fanini o’qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo`yicha o’quv-uslubiy majmua
MODULNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Modulning maqsadi: umumiy o`rta ta’lim maktablari matematika fani
o`qituvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion yondashuvlar qo`llash
kompetentsiyalarini rivojlantirish.
Modulning vazifalari:
tinglovchilarda matematikani o`qitishda innovatsion yondashuvlarni tatbiq
qilish, ulardan foydalanish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarni
shakllantirish;
matematika darslarida zamonaviy ta’lim vositalardan foydalanish
ko`nikmalarini rivojlantirish;
matematika fani nazariyasi va uni o`qitish metodikasi yutuqlari, fanning
texnika va ishlab chiqarishga qo`llanishi bo`yicha tadqiqotlar bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |