Bog'liq Imom G'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi
Nafs, ruh (jon), qalb va aqllarning ma’nolari hamda bu lafzlar bilan nima iroda qilinganligini bayon etish to‘g‘risidagi bob
Bilingki, ushbu bobda gap asosan shu to‘rtala lafz - nafs, ruh (jon), qalb va aql xususida
ketadi. Bu lafzlarni to‘laligicha - uning ma’nolari har xilligi, chegaralari bilan, uning
nomlanish sabablari bilan biladigan kishi katta ulamolar ichida ham oz topiladi. Ko‘p
xatolarning kelib chiqishi bu lafzlarning ma’nolarini va uning yana boshqa har xil
nomlangan narsalar bilan mushtarakligini bilmaslikdandir. Biz quyida bahsimiz mavzuiga
taalluqli bu lafzlarning ma’nolarini sharhlaymiz.
Avvalgisi «qalb» lafzi bo‘lib, u ikki xil ma’no uchun ishlatiladi. Birinchisi - ko‘krak
qafasining chap tomoniga joylashtirilgan sanavbar (ignabarg daraxt turi) daraxti
shaklidagi bir bo‘lak go‘shtdir, uning ichi bo‘shliq bo‘lib, ana shu bo‘shliqda qora qon bor.
U ruhning bulog‘i va ma’danidir. Lekin hozir qalbning shakli va ko‘rinishini sharhlash
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy