Toshkent farmatsevtika instituti


Dorixona xonalarining tarkibi, jixozlanishi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/127
Sana29.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#132091
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127
Bog'liq
маруза матни ЛОТИН

Dorixona xonalarining tarkibi, jixozlanishi. 
    Farmasevtika  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  dorixona  bino  va  maxsus 
jixozlar  bilan  ta'minlanishi  lozim.  Dorixona  xonalarining  tarkibi,  maydoni  va 
jixozlanishi,  unda  amalga  oshiriladigan  ish  hajmiga  muvofiq  me'yorlanadi.  Ushbu 
me'yorlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  “Dorixonalar 
uchun  sanitariya  qoidalari  va  ularning  gigienik  me'yorlari  va  jixozlariga 
qo‘yiladigan talablar” (SanPin R.Uz № 0337-16)da keltirilgan.  
    Undagi  ko‘rsatilgan  umumiy  nizomga  asosan,  har  qanday  dorixona  sanitariya 
tartib qoidalari asosida tashkil etiladi va undagi xonalar va jihozlarga hamda ularni 
joylashtirishga ma'lum talablar qo‘yiladi. 
    Tayyor  dori  vositalar  bilan  savdo  qiladigan  dorixonalar  ko‘p  qavatli  binolarni 
birinchi qavatida yoki alohida binolarda tashkillashtirishga ruxsat etiladi. 
     Ko‘p  qavatli  binolarda,  dorixonaning  alohida  kirish  yo‘li,  binoning  orqa 
tomonida bo‘lib, undan har xil tovarlar qabul qilish yoki bo‘sh idishlarni chiqarish 
va ayrim kishilarni qabul qilish uchun xizmat qiladi. 
    Xonalarning pol, devorlari dezinfeksiyalovchi vositalar bilan xo‘l laxtakda artib 
tozalanishi,  oynalarni  esa,  yoz  kunlari  alohida  quyoshdan  saqlovchi  parda  yoki 
pardaning  o‘rnini  bosuvchi  quyoshdan  ximoyalovchi  vositalar  bilan  jihozlanishi, 
oynalardagi darchalar  unga tutilgan  mayda to‘qilgan to‘r tutish bilan birga ochilib 
yopiladigan bo‘lishi kerak. 
    Dorixonada  isitish  tizimi  mavjud  bo‘lib,  ko‘p  qavatli  binolarda  joylashgan 
holatlarda  markazlashtirilgan  isitish  sistemasiga  ulangan  bo‘lishi  kerak.  Isituvchi 
radiatorlarning ustki qismi silliq va tez artib tozalanadigan bo‘lishi kerak. 
    Sanitar  tartib  qoidalari  umumiy  tipdagi  dorixonalar  va  shifoxona  dorixonalari 
uchun  ishlab  chiqilgan  va  unda  dorixona  xodimlarining  shaxsiy  gigiena 
qoidalariga,  dorixonadagi  ishlab  chiqaruvchi  asbob-anjomlar  va  dorixona 
uskunalariga    qo‘yiladigan  talablar  ham  ko‘rsatilgan.  Bu  me'yor  va  talablarga 


Respublika  xududida  joylashgan  hamma  dorixonalar  ularni  mulkchilik  shakli  va 
kimga tegishliligidan qat'iy nazar bu talablarga rioya qilishlari shart. 
    Umumiy  va  shifoxona  dorixonalarining  xonalari  va  ularning  hajmi  bo‘yicha 
me'yorlari va jihozlanishi sanitariya tartib qoidalari bo‘yicha beriladi. 
    Shaharda  joylashgan  dorixonalar  markazlashgan  qo‘riqlash  tashkilotlari  bilan 
tuzilgan shartnomaga binoan uzluksiz nazoratga topshiriladi. 
Dorixonada nogironlar uchun xavfsiz harakatlanish joylari yaratilishi zarur. 
    Qishloq  joylarda  dorixonalarni  davolash-profilaktika  muassasalari  bilan  bir 
xududda  joylashtirilishi  maqsadga  muvofiqdir,  ammo  bunda  kirish  joylari  alohida 
bo‘lishi shart. Dorixona hududdida boshqa bo‘limlarni joylashtirish man etiladi. 
   Dorixona  tashkilotining  kirish  qismida  uning  turi,  ish  vaqti,  shuningdek,  yaqin 
orada  joylashgan  dorixonalar  va  navbatchi  dorixona  manzili  ko‘rsatilgan  bo‘lishi 
kerak. 
Dorixonaning hududini tanlashda quyidagilar inobatga olinishi zarur: 
-aholi zichligi va asosiy xarakat oqimi; 
-xududiy dorixona tashkilotlari bilan ta'minlanganlik darajasi; 
-tibbiyot va savdo muassasalarining mavjudligi; 
-transport bekatlari va piyodalar harakati va boshqalar. 
    Dorixona  xonalari  va  ularga  qo‘yiladigan  talab  O‘zbekiston  Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dorixonalar uchun sanitariya qoidalari va ularning 
gigienik  me'yorlari  va  jixozlariga  qo‘yiladigan  talablar”  (SanPin  R.Uz  №  0337-
16)da keltirilgan. Odatda dorixonada quyidagi xonalar bo‘lishi talab etiladi: 
• 
aholiga xizmat ko‘rsatiladigan zal; 
• 
ishlab  chiqarish  xonalari  (assistentlar  xonasi,  qadoqlash,  farmasevt-analitik, 
konsentrat va yarim fabrikat muhsulotlarini tayyorlash, distillyasiya (suv haydash) 
xonalari va aseptik blok); 
• 
administrator  va  xo‘jalik-xizmat  xonalari  (mudir  xonasi,  xodimlar  xonasi, 
garderob, xojatxona). 
Aholiga xizmat ko‘rsatish zali chakana savdoni amalga oshiradigan joy bo‘lib, uni 
2 xil turda jixozlash mumkin: 


-ochiq turdagi savdo zali; 
-yopiq turdagi savdo zali. 
Ochiq turdagi savdo zalida aholini o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishi nazarda tutildi (--
rasm) 
 
Yopiq  turdagi  savdo  zali,  bu-an'anaviy  savdo  zali  bo‘lib,  peshtaxtalar  bilan 
jixozlanadi. 
    Savdo  zalining  ko‘rinarli  joyida  quyidagi  axborotlar  joylashtirilishi  zarur: 
dorixonada  farmasevtika  faoliyatini  olib  borish  huquqi  berilgan  lisenziya  nusxasi, 
iste'molchilar  huquqini  himoya  qilish  to‘g‘risidagi  Qonun  va  qonun  osti  hujjatlar 
to‘g‘risida  ma'lumotlar,  dori  vositalarini  saqlash  muddatlari,  dorixonada  bo‘lishi 
shart bo‘lgan dori vositalar ro‘yxati, narxi chegaralangan dori vositalar va boshqa 
meyo'riy  hujjatlar,  dorixona  rahbariyati  tomonidan  aholini  qabul  qilish  vaqti, 
navbatsiz  xizmat  ko‘rsatiladigan  shaxslar,  navbatchi  administrator,  dorixonaning 
ishlash  tartibi,  hududda  joylashgan  eng  yaqin  va  navbatchi  dorixonalar  kabi 
ma'lumotlar. 
Shuningdek, savdo zalida “Shikoyatlar va takliflar” daftari bo‘limi kerak. 
    Ishlab-chiqarish  xonalar  tarkibida  albatta,  ta'minotchilardan  kelgan  dori 
vositalarni qabul qilish va rasmiylashtirish xonasi bo‘lishi kerak. 
   Dori  vositalar  va boshqa tibbiyot  maxsulotlarini saqlash  xonalari, tegishli shkaf, 
javon  va  shu  kabi  termolyabil  dori  vositalarini  saqlash,  giyoxvand  va  psixotrop 
hamda  prekursor  moddalarni,  tez  alangalanuvchan,  rangli,  uchuvchan  xossalarini 
inobatga olgan holda zarur anjomlar bilan jixozlanishi zurur.  
   Hodimlar  xonasi-xo‘jalik  va  xizmat  ko‘rsatish  xonalari  tarkibiga  kirib, 
xodimlarni  dam  olishi  va  ovqatlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan  jixozlar  bilan 
ta'minlanishi zarur. 
   Garderob-xodimlarni  ustki  kiymini  va  ish  kiyimlarini  saqlash  uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, sanitariya tartibiga binoan jixozlanadi. 
Xonalarni  tozalash  va  dezinfeksiya  qilish  uchun  mo‘ljallangan  vositalar  alohida 
xonalarda saqlanadi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish