I bob. Zichlash muammolari
1.1. Zichlash materialining fizik xarakteristkalari
Zichlash
jarayoni
materialda
qoldiq
deformasiyani
to’planishidir. Zichlashni boshlanishida deformasiya katta bo’lib,
bunda material qismlari bir -biriga nisbatan qaytmas vertikal
ko’chishdan tashkil topadi. Bunda suyuq faza plyonkasi
mustaxkamligini,
ishqalanish
kuchi
va
kontakt
yuzadagi
yopishqoqlikdan yotqizuvchi yuzadagi normal bosim kattaligi
hisobiga sodir bo’ladi. Siljish plyonka bo’ylab sodir bo’ladi, bunda
plyonka zichlanishga katta ta’sir ko’rsatadi. Deformasiyalanadigan
materil qarshiligi uning yopishqoqlik va siljish mustaxkamligi,
harorat, ezish tezligi va qalinligiga b og’liqdir. Qismlar asta –
sekinlik bilan yaqinlashib bir -biriga tegishi oshadi, bu esa og’irroq
katoklarni ishlatishni talab etadi. Ular orasida suyuq faza plyonkasi
ostida yangi bog’lanishlar sodir bo’ladi. Katta sonli bog’lanishlar
orasidagi kuchlanishlar shunday taqsimlanadiki, bunda katok
almashganda kuchlanishni oshishi kontaktlar soni oshishi bilan
muvozanatlanadi. Deformasiyaga qarshilik oshadi. Shuni aytib
o’tish
kerakki,
normal
yuklanishlarni
oshishi
katoklarni
almashtirish yoki vibrator chastotasi ni o’zgartirish bilan emas,balki
bitta katokni o’tishlar soni materialga kuchlanishini o’zgartirish
orqali erishish mumkin. Masalan A tipdagi asfaltbeton qorishmasini
DU-47A katogining oldingi qismi bilan o’tilganda bu kattalik 0,37
dan 0,83 MPa ga 1 dan 5 gacha o’tishlarda erishiladi. Zarachalar
orasidagi bog’lanishlar ta’sirida ular orasida kichik strukturali
suyuq fazani siqib chiqaradi. Siqishga qarab, plyonka zarracha
yuzasida yupqalinib boradi, mustaxkamlanadi va deformasiyada
ishtirok etadi. Deformasiyalanishga qarshilik tezda oshadi, bu
vaqtda qoldiq deformasiya kichik bo’ladi. Materialni zichligi kichik
miqdorda oshishi uni mustaxkamligini oshiradi. Misol uchun
zichlanish koeffitsientini 1% ga oshishi asfaltbeton mustahkamligini
7-8%, bog’langan gruntni 12-14% mustahkaligini oshiradi, shuning
uchun oxirgi o’tish asosiy hisoblanadi. Zichlash bosimini bundan
keyin oshishi plyonkani buzilishiga olib keladi, bu esa zarachalarni
bir-biriga ta’sirini materialni donadorlik xususiyatini yo’qolishiga
olib keladi. Bundan kelib chiqib zichlash jarayonida zichlanadigan
material xarakteristkalari doimo juda katta chegarada o’zgaradi. Bu
ko’rsatkichlar
[2,3,4,5,16,17]
professorlar
N.N.Ivanova,
N.Ya.Xarxut,
Ya.A.Kalujskiy,
O.T.Batrakova,
I.I.Cherkasova,
A.K.Biruli,
S.N.Ivanchenko,
A.A.Shestapalova,
D.G.Suvorova,
V.B.Permyakova, L.Foreblada va boshqalar ishida aniqlangan. Bu
tadqiqotlar
xulosalariga
ko’ra,
katok
parametrlarini
bu
xususiyatlarga mos kelishi kerak.
Zichlanadigan materiallar xususiyatlari erishilga n zichlash
koeffitsienti kabi zichlash texnikasiga ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek
zichlanadigan material xususiyatlariga ham ahamiyat berib, katok
parametrlarini hisoblashda hisobga olish kerak.
Hozirgi kunda tajriba yo’li bilan mustaxkamlikni boshlang’ich
qiymati
deformasiya
moduli,
ilashish
va
ishqalanishning
boshlang’ich ichki burchagi gruntlarni bir necha tipiga, sheben va
asfaltbeton uchun aniqlangan. Zichlash jarayonini hisoblash yo’li
bilan
asfaltbeton
qorishmasi
bilan
oquvchanlik
chegarasi,
qovushqoqlik va deformasiya moduli aniqlangan. Vibro katoklar
haqida bunday ma’lumotlar yo’q. Nazariy va tajriba yo’li bilan
aniqlash metodikasi ham mavjud emas. Mashina tortishish hisobida
yuqoridagi keltirilgan ko’rsatkichlardan tashqari, tebranish va
ilashish koeffitsienti kerak bo’ladi, bu ma’lumotlar vibro katok
uchun yo’q. Bu ma’lumotlarni yo’qligi katok parametrlarni
hisoblashda qiyinchilik tug’diradi va o’z navbatida ish samarasiga
salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan kelib chiqib, materialni zichlash
xarakteristika qiymati va jarayondagi o’zaro bog’liqligini o’zgarishi
zichlashning normal zichligini aniqlash muammoli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |