Morfologik klassifikatsiya
Morfologik klassifikatsiyada epiteliy to’qimasi hujayralarining shakli, tuzilishi va qavatlar
hosil qilishi asos qilib olingan. Hozirgi vaqtda epiteliy to’qima hujayralarining mikroskopik
preparatlarini o’rganishda va o’qishda asosan morfologik klassi-fikatsiyadan foydalanib
kelinmoqda, chunki bu klassifikatsiyada epiteliyning tuzilishiga mos barcha xususiyatlar
e’tiborga olingan bo’lib, bunda gistologik preparatlar oson ko’rinadi va o’rganiladi. Shu bilan
birga to’qimaning morfofunksional tasviri yaxshi yoritib beriladi.
Epiteliy to’qimasi yuqorida aytib o’tilganidek, morfologik tuzilishi jihatidan ikkita katta
guruhga: bir qavatli va ko’p qavatli epiteliyga bo’linadi.
Bir qavatli epiteliy. Bu epiteliyda barcha hujay-ralarning pastki bazal qismlari bazal
membrana bilan bevosita tutashgan bo’lib, bir qator joylashgan bir qavatli hujayralardan iborat
epiteliyni tashkil qiladi.
Organizmning ayrim joylarida uchraydigan bunday epiteliy hujayralari orasida bo’yi-
bo’yiga teng bir hujayrali bez hujayralari ham uchraydi. Bir qavatli epiteliy o’z navbatida yana
ikki guruhga-bir qatorli va ko’p qatorliga bo’linadi.
Bir qavatli bir qatorli epiteliy hujayrasi bazal membranaga tutashgan bo’lib, yuqorida erkin,
ya’ni apikal qismi tashqi muhit bilan bog’liq bo’ladi.
Bir qavatli ko’p qatorli epiteliyda ham hujay-ralarning bazal membranalari bilan tutashgan,
lekin hujayralarining bo’yi har xil, ya’ni baland-past bo’ladi.
Ko’p qavatli epiteliy. Bu epiteliy bir necha qavatli hujayralardan tashkil topgan bo’lib, bazal
membrana bilan faqat eng birinchi qavat hujayralari orqali tutashib turadi, yuqori qavatdagilar
esa tutashmaydi. Bu epiteliy bir necha xil bo’lib, tarkibidagi qavatlilarni tashkil etuvchi
hujayralar kubsimon, o’simtali va silindrsimon bo’lishiga qaramasdan, to’qima eng ustki
qavatini qoplab turuvchi hujayralarning shakliga qarab nomlanadi. Ko’p qavatli epiteliy
umurtqali hayvonlarda muguzlanadigan va muguzlanmaydigan holda uchraydi. Epiteliy
hujayralari muguz qavat, ya’ni tangacha hosil qilish xususiyatiga ega bo’lib, to’qimada shu
qatlam hosil bo’lsa, unda bunday to’qima ko’p qavatli muguzlanadigan epiteliy deyiladi.
Muguzlanish xususiyatiga ega bo’lmaganlari muguzlanmaydigan epite-liy deyiladi.
Epiteliy to’qimasi hujayralari organizmning ayrim qismlarida bir necha qavatlarni tashkil
etgan, buni ko’p qavatli epiteliy deb ham yuritiladi. Ko’p qavatli epiteliy bir necha qavatli bo’lib,
shakli har xil hujayralardan tashkil topgan bo’lib, pastki qavatini tashkil etuvchi hujayralargina
bazal memb-rana bilan tutashgan bo’ladi. Yuqori qavatdagi hujayralar esa membrana bilan
tutashmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |