Gistologiya va embriologiya


Тo’qimalar klassifikatsiyasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/79
Sana28.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#131350
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
17gistologiyapdf

Тo’qimalar klassifikatsiyasi 

 

Тo’qimalar  hozirgi  zamon  mikroskoplari  va  yangi  tadqiqot  usullari  yordamida  har 



tomonlama o’rgani-lishiga qaramay, shu vaqtgacha ularni aniq mujassam-lashtiradigan yagona 

klassifikatsiya  tuzilgani  yo’q.  Binobarin,  to’qimalar  tuzilishi,  vazifasi  va  rivoj-lanish 

xususiyatlariga  qarab  bir  oz  shartli  ravishda  bir  necha  guruhga  bo’linadi.  Har  qaysi  to’qima 

hujay-ralari o’ziga xos morfologik tuzilishga ega bo’lib, organizmning turli qismida joylashgan 

va turlicha vazifalarni bajaradi. Yana shunday to’qimalar borki, o’zi bir xil bo’lishiga qaramay, 

organizmning hamma qismida uchraydi va har xil morfologik tuzilishga ega bo’ladi va turlicha 

fiziologik vazifani bajaradi. 

Тo’qimalar  har  xil,  ularning vazifalari  ham har  xil. Shuni hisobga  olgan olimlar ularning 

yagona klassifikatsiyasini tuzishga ko’p marta urinib ko’rdilar. 

Keyingi  yillarda  to’qimalarni  har  tomonlama  chuqur  o’rganishda  bir  necha  xil 

klassifikatsiyalar  taqdim  etildi.  Gistologlardan  akademik  A.A.Zavarzin  orga-nizmning 

evolyutsion rivojlanish davridagi hayot faoliyatini nazarda tutib, funksional prinsipga asoslangan 

klassifikatsiya tuzdi. Bunda u to’qimalarni bir-biridan quyidagicha farq qiladi: 

1. 


Chegaralovchi to’qima-epiteliy to’qimasi nazarda  tutiladi,  ya’ni himoya  vazifasini 

bajaruvchi to’qima. 

2. 

Ichki  muhit  to’qimalari-moddalar  almashinuvida  ishtirok  etadigan,  tayanch  va 




 

17 


mexanik vazifalarni bajaradigan to’qimalar. 

3. 


Muskul  to’qimasi-organizmning  ichki  va  tashqi  organlari  harakatini  ta’minlovchi 

to’qima. 

4. 

Nerv to’qimasi-tashqi va ichki ta’sirotga javob berish xususiyatiga ega to’qima. 



A.A.Zavarzin  umurtqasiz  va  umurtqali  hayvonlar  to’qimasini  qiyosiy  o’rganar  ekan,  ular 

bajaradigan vazifasiga ko’ra morfologik tuzilish jihatdan bir-biriga o’xshash bo’ladi, lekin har 

qaysi  organizmda  evolyutsion  rivojlanish  davrida  bu  o’xshashlik  qisman  farq  qilib  qolishi 

mumkin, deb tushuntiradi. 

N.G.Хlopin o’zining genetik klassifikatsiyasini tuzganda esa, to’qimalarning filogenez va 

ontogenez davrlaridagi rivojlanishini asos qilib oladi. Bunda har bir to’qima rivojlanish davrida 

muayyan  bir  vazifani  bajarish  uchun  shakllanib,  o’zgarib  boradi  va  butun  organizm  bilan  bir 

butun holda muayyan fizio-logik vazifani o’taydi. 

Bertalanffi  va  Lou  klassifikatsiyasida  to’qima  hujayralarining  ko’payishi,  ya’ni  ularning 

prolefe-rativ  xususiyatlari  asos  qilib  olingan.  Uning  nazarida  organizmning  hamma  organ  va 

sistemalari prolefe-rativ xususiyatlariga ko’ra uch guruhga bo’linadi: 

1. 


Mitotik bo’linish xususiyatiga ega bo’lmagan hujayralar. 

2. 


Kamroq ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hujayralar. 

3. 


Doimo bo’linib turish xususiyatiga ega bo’lgan hujayralar. 

Adabiyotlarda  yuqoridagi  klassifikatsiyalardan  tashqari  yana  bir  qancha  klassifikatsiyalar 

keltirilgan bo’lib, ular asosan to’qimalarning ayrim xususiyat-lariga asoslanib tuzilgan.  

Hozirgi 


vaqtda 

asosan 


morfofunksional 

klassi-fikatsiyadan 

foydalaniladi. 

Bu 


klassifikatsiyaga muvofiq, organizm to’qimalari 5 guruhga bo’lib o’rganiladi. 


Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish