43
va kompyuterda hisoblash natijalarini baholaydi.
Iteratsion jarayonning tugallanishi inson ixtiyorida amalga
oshiriladi. Bunday holda, axborot tizimining foydalanuvchi bilan
birgalikda qaror qabul qilish uchun axborot yaratish qobiliyati haqida
gapirish mumkin.
Qaror qabul qilish tizimning bunday xususiyatiga xos bir qator
farqlanuvchi tavsiflarni ko„rsatish mumkin:
yomon tartiblangan (formallangan) masalalarni yechishga
yo„naltirilganlik;
masalalarni yechish matematik model va uslublari
imkoniyatlari
asosida kompyuter ma‟lumotlariga ishlov berish va
kirishning
an‟anaviy usullari mosligi.
Qaror qabul qilish tizimi boshqaruvning ixtiyoriy darajasida
qo„llanilishi mumkin. Bundan tashqari, boshqaruvning turli darajalariga
tadbiq qilinayotgan qarorlar ko„pincha moslashtirilishi zarur. Shu
sababli texnologiya va tizimning vazifasi qaror qabul qiluvchi shaxsni
boshqaruvning ham bir, ham turli darajalariga moslashtirish hisoblanadi.
Birlamchi ma‟lumotlar asosida qarorlarni ishlab chiqish jarayonini
ikki bosqichga bo„lish mumkin: mumkin bo„lgan qarorlarni turli
modellardan foydalangan holda matematik yo„l bilan shakllantirish va
sub‟yektiv omillar asosida optimal qarorni tanlash.
Qarorlar qabul qiluvchilarning talablari ko„pgina xollarda birlamchi
ma‟lumotlarga ishlov berish natijasida olinishi mumkin bo„lgan texnik-
iqtisodiy ko„rsatkichlarga qaratilgan. Natijaviy va birlamchi
ma‟lumotlarning funksional bog„liqliklarini tahlil qilib, axborot tizimini
qurish mumkin. Odatda birlamchi ma‟lumotlar turlicha bo„lib, ularning
kelish intensivligi juda yuqori, qiziqtirilayotgan oraliqda umumiy hajmi
katta. Ikkinchi tomondan, talab qilinayotgan davrda ko„rsatkichlari
tarkibi nisbatan kichik.
Boshqarilayotgan
jarayon
holatining
axborotlashtirilganlik
darajasiga, obyekt modeli va boshqaruv tizimi aniqligi, tashqi muhit
bilan o„zaro aloqasiga qarab, qaror qabul qilish jarayoni turli
sharoitlarda kechadi:
aniqlik sharoitida, xavf sharoitida, noaniqlik
sharoitida va ko‘pqirralilik sharoitida qaror qabul qilish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
44
Aniqlik sharoitida qaror qabul qilish. Bu masalada boshqaruv tizimi
va obyekt modeli berilgan deb qaraladi, tashqi soha ta‟siri esa hisobga
olinmaydi. Shu sababli, manbalardan foydalanishning tanlangan
strategiyasi va yakuniy natija o„rtasida bir qiymatli aloqa mavjud
bo„ladi. Aniqlik sharoitida qarorlar foydaliligini baholash uchun ko„p
samara beruvchi qarorni qabul qilish kifoya. Agar bunday qarorlar ko„p
bo„lsa, ular teng kuchli hisoblanadi. Aniqlik sharoitida qaror qidirish
uchun matematik programmalash usullaridan foydalaniladi.
Xavflilik sharoitida qaror qabul qilish. Bu sharoitda qaror qabul
qilish uchun, aniq tahlil qilish mumkin bo„lmagan va uning holatlari
taqsimoti ehtimolligi ma‟lum bo„lgan, tashqi muhit ta‟siri ham hisobga
olinishi zarur. Bunday sharoitlarda zarur bo„lgan strategiyadan
foydalanish, namoyon bo„lish ehtimoli berilgan deb qaraluvchi yoki
aniqlanishi mumkin bo„lgan, turli natijalarga olib kelishi mumkin.
Strategiyani tanlash va baholash hal qiluvchi, yakuniy natijaga erishish
ehtimolligini hisobga oluvchi qoida yordamida keltiriladi.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish. Yuqoridagi masala kabi,
yakuniy natija va strategiyani tanlash o„rtasida bir xil aloqa mavjud
emas. Bundan tashqari, yakuniy natijalarning chiqish ehtimolligi ham
noaniq. Har bir «strategiya–yakuniy natija» juftligiga yutuq sifatida
tashqi baholash mos qo„yiladi. Chegaralanishning eng keng tarqalgani
maksimal kafolatlangan yutuqni olish hisoblanadi.
Ko‘pqirralilik sharoitida qaror qabul qilish. Yuqorida sanab
o„tilgan masalalarda ko„pqirralilik bir-biriga keltirib bo„lmaydigan bir
necha mustaqil maqsadlarning mavjudligida yuzaga keladi. Ko„p sonli
qarorlarning mavjudligi optimal strategiyani tanlash va baholashni
murakkablashtiradi.
Mumkin
bo„lgan
qaror
yo„llaridan
biri
modellashtirish usullarini qo„llashdir.
Qarorlar qabul qilish uchun quyidagi tashkil etuvchilarning
mavjudligi majburiy hisoblanadi: tahlil; bashorat qilish; vaziyatli
modellashtirish.
Hozirgi kunda qaor qabul qilish tizimlari ikki turga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: