7. Axborot xizmati
Sayohat hududining qonun-qoidalari,
odatlari, mehmondo‗stligi haqidagi
qo‗shimcha ma‘lumotlarga,
shuningdek, o‗sha joyning haritasiga,
transport magistrallari sxemasiga
muhtoj bo‗ladi. Sayohat va
turistlarning sarguzashtlari haqidagi
ma‘lumotlar ommabop va maxsus
adabiyotlar ko‗rinishida chop etiladi va
bu holat turistlarni sayohat qilishga
chorlaydi.
8. Zamonaviy kompyuter
xizmati
Internet tarmoqlari, bronlashtirish
dasturlari. Sayohat chiptalari va
xizmatlar uchun to‗lovlarni oldindan
tayinlab qo‗yish. Elektron tijorat.
9. Gid-ekskursiya
xizmatlari
Turistlar guruhini boshqaradi; diqqatga
sazovor joylarga ekskursiya o‗tkazadi;
ekskursiya mavzusini, marshrutini
ishlab chiqadi; mavzu bo‗yicha
materiallar to‗playdi; ekskursiyaning
matnini tuzadi, materiallarini hikoya
qilib beradi; «gid portfeli»ni tahlaydi;
ish jarayonida yuqori darajadagi
muloqot madaniyatini talab qiladi.
200
Do'stlaringiz bilan baham: |