Majmuali usulda turizm marshrutlar ishlab chiqilganda marshrut nomi bir
mavzuda bo‗lishi ham yoki ikki, ayrim hollarda uchta mavzuda bo‗lishi mumkin.
Masalan: tarixiy – diniy ziyoratgoh turizmi marshrutlari; tarixiy – rekreatsion –
sport turizmi marshrutlari. Bunday majmuali turizm marshrutlarni ishlab chiqish
ko‗pincha xalqaro turistlarning talab va istaklari asosida amalga oshiriladi.
Majmuali turizm marshrutlar aksariyat hollarda uzoq masoflardagi turistik
makonga – ob‘ektga turistlar tashrif qilinganda ishlab chiqiladi. Masalan:
ekoturizm resurslari shaharlar va tumanlar markazlaridan ancha uzoqda cho‗l yoki
153
tog‗ mintaqalarida joylashgan. Tabiiy holatki, bunday resurslarga birdaniga yetib
borish turistni charchatadi va zeriktiradi.