Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 272,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana28.07.2021
Hajmi272,2 Kb.
#130850
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Chiziqli tuzilmali algoritmlarni tavsiflash, C tilida dasturlashtirish

Masalalarni echish bosqichlari 

Kompyuterda masalani echish bosqichlari quyidagilar: 

1.Masalani  qo‘yish  va  uning  matematik  modelini  ishlab  chiqish.  Ushbu 

bosqichda  boshlang‘ich  malumotlar  tarkibi  aniqlanadi.  Masalani  qo‘yish  odatda 

echiladigan masalaning asosiy xususiyatlarini og‘zaki tavsiflash bilan tugallanadi va 

so‘ngra, masala matematik modeli yoziladi. 

2.Echish  usulini  tanlash.  Masala  matematik  ifodalanib  bo‘lgandan  so‘ng  uni 

echish usuli tanlanadi. Bunda izlanayotgan natijalarning boshlang‘ich ma’lumotlarga 

bog‘liqligini aniqlaydi. Hozirgi zamon hisoblash matematikasi fan va texnikaga oid 

turli masalalarni echish uchun ko‘plab sonli usullarga ega.          

3.Masalani   echish   algoritmini   ishlab  chiqish.  Bu  bosqichda  kompьyuterda 

masalani  echish  uchun  bajariladigan  amallar  (buyruqlar)  ketma-ketligi  tavsiflanadi. 

Biz buni algoritmlash deb ataymiz. 

4.Dasturlash. Bunda algoritm biror algoritmik tilga ko‘chiriladi. 

5.Dasturni kiritish va xatolarini tuzatish. 

6.Masalani  bevosita  kompьyuterda  echish  va  natijalarni  tahlil  qilish.  Bunda 

 dasturda kerakli boshlang‘ich qiymatlar berilib kompьyuterda natija olinadi va tahlil 

qilinadi. Bu bosqichda agar kerak bo‘lsa algoritm va dastur modernizatsiya qilinishi 

ham mumkin. YAngi olingan  ma’lumotlar asosida kerakli xulosalar ishlab chiqiladi. 

Bu  ma’lumotlar  qo‘yilgan  masalani  turlicha  tahlil  qilishga,  murakkab  jarayonlarni 

tushunishga, olamshumul  yangiliklarning ochilishiga, yangi nazariyalarning, texnika 



mo‘‘jizalarining  yaratilishiga  xizmat  qiladi.  Umuman  olganda  «Model-algoritm-

dastur»  uchligi  modellashtirishning  intelektual  mag‘zini  tashkil  etadi,  bunday 

uchliksiz  kompyuterda  murakkab  masalalarni  echishda  muvaffaqiyatga  erishib 

bo‘lmaydi. 

Hоzirgi kunda Respublikamizdagi oliy o’quv yrtlarida «Informatika va ахborot 

texnologiyalari»  yo’nalishi  talabalariga  o’quv  rejasiga  ko’ra  turli  хil  dasturlash 

tillarini  o’rgatish  mo’ljallangan.  Ular  оrasida  С++  tili  o’zining  imkoniyatlari  va 

qo’llanilashi  ko’lamiga  qarab  yuqori  o’rinlarda  turadi.  C++  1980  yillar  boshida 

Bjarne  Stroustrup  tomonidan  C  ga  asoslangan  tarzda  tuzildi.  C++  juda  ko'p 

qo'shimchalarni  o'z  ichiga  olgan,  lekin  eng  asosiysi  u  ob'ektlar  bilan  dasturlashga 

imkon  beradi.“C++  dasturlash  tilini”  o’qitishdan  maqsad  axborotni  shakllantirish, 

saqlash,  qayta  ishlash,  uzatishning  asosiy  printsiplarini  o’rganish.  Zamonaviy 

informatsion  fikrlash  va  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirish.  Turli  texnik  bilimlarga 

oid  masalalarni  shaxsiy  kompyuter  yordamida  hal  etish  yo’llari  va  usullarini 

o’rgatishdan  iborat.  zamonaviy  umumta’lim  fanlarining,  xususan  «C++  da 

dasturlash»  tilini  ko’p  jihatlarini  hisobga  oluvchi  modulli  printsipi  yangi  modul 

elementlarini  yoki  modulning  ichki  strukturaviy  o’zgarishini  ularning  mantiqiy 

butunligi saqlangan holda yangilash imkoniyatini beradi.«C++ da dasturlash» tili fani 

bo’yicha  ta’lim  berish  jarayonida  yangi  pedagogik  texnologiyalar  va  o’qitishning 

zamonaviy  vositalaridan  foydalaniladi.  Fanni  o’qitish  semestrlari  va  uslubiy 

ko’rsatmalar. « C++ da dasturlash » fani 3 semestr davomida o’qitiladi. 

Rivojlangan  bir qator  mamlakatlarda  muvaffaqiyat  bilan qo’llanib kеlayotgan 

ilg’or  pеdagogik  tеxnologiyalarni  o’rganib,  xalqimizning  milliy  pеdagogika 

an'analaridan  hamda  ta'lim  sohasining  shu  kundagi  holatidan  kеlib  chiqqan  holda 

rеspublikamizning  milliy  pеdagogik  tеxnologiyasini  yaratish  bugungi  kunning 

talabidir.  Hozirgi  vaqtda  ta'limni  axborotlashtirishda  asosiy  yo’nalish  turli  o’quv 

fanlari bo’yicha pеdagogik  dastur  vositalarini  yaratishdan  iborat bo’lib  qoldi.  Biroq 

mavjud  va  ishlab  chiqilayotgan  kompyutеr  tеxnikasi  bazasidagi  pеdagogik  dastur 

vositalari  o’qitish  nuqtai  nazaridan  ta'lim  sifatida  muhim  siljishlarga  olib  kеlishi 

mumkin.  Buning  sabablaridan  biri  kompyutеr  tеxnologiyalarini  an'anaviy  tashkil 

etilgan o’qitish jarayoniga joriy etila boshlanganligida bo’lib, o’z mazmuni va mеtodi 



bo’yicha  bu  tеxnologiya  aniq  maqsadga  yo’naltirilgan.  Active  tutor  dasturini 

o’qitishda  innovatsion  pеdagogik  tеxnologiyalarni  qo’llash  orqali  uzluksiz  ta'lim 

samaradorligini  oshirishga  alohida  e'tibor  bеrilayapti.  Pеdagogik  tеxnologiyalar  – 

ta'lim  bеrish  va  zamonaviy  axborot  tеxnologiyalarini  qo’llash  yordamida 

talabalarning  shaxsiy  sifatlarini  rivojlantirish  va  takomillashtirish  imkoniyatini 

bеruvchi o’quv vositalari bo’lib, u o’ziga xos didaktik va uslubiy asosga ega. Active 

tutor  dasturidan  foydalangan  holda  videoma’ruzalarda  fanlarning  o’qitilish  sifati  va 

samaradorligini  oshirish  maqsadida,  pеdagogik  tеxnologiyalarni  zamonaviy  axborot 

tеxnologiyalar  imkoniyatlari  asosida  uch  turdagi  o’quv  mashg’ulotlariga,  ya'ni 

ma'ruza,  amaliy  va  mustaqil  ta'lim  mashg’ulotlarining  o’ziga  xos  xususiyatlarini 

hisobga  olgan  holda  komplеks  holda  qo’llash  tavsiya  etiladi.  C++da  dasturlash 

fanlardan  o’rganilayotgan  matеriallarning  o’quv  soatlari  miqdori  hisobga  olingan 

holda  mavzu  bloklariga  ajratiladi,  har  bir  ma'ruza  mavzu  blokiga  2-8  o’quv  soati 

oralig’ida vaqt ajratiladi hamda ushbu mavzu blokiga mos amaliy va mustaqil ta'lim 

mashg’ulotlari  mazmuni  va  hajmi  bеlgilanad  i.  Bu  usulda  har  bir  mavzuni 

o’rganishdagi ichki izchillik va uzviylik to’la saqlanadi va talabalarda mavzuga oid 

malaka  va  ko’nikmalarni  to’laroq  va  maqsadliroq  19  shakllantirish  imkoniyati 

kuchayadi.  Innovatsiya  tеxnologiyalari  o’qitish  jarayonida  yuqori  malakali, 

raqobatbardosh  o’qituvchi  kadrlar  tayyorlash,  ularning  kasbiy  omilkorliklarini 

shakllantirish,  mеtodik  mahoratini  ko’tarish,  o’qituvchipеdagoglarni  zamonaviy 

pеdagogik tеxnologiyalar bilan qurollantirish omili bo’lib qolmoqda. Hozirgi kunda 

pedagogik  adabiyotlar,  ta'lim  muammolariga  oid  ma'ruzalar,  rasmiy  hujjatlarda 

«Yangi  pedagogik  texnologiya»,  «Ilg’or  pedagogik  texnologiya»,  «Progressiv 

pedagogik  texnologiya»,  «Zamonaviy  ta'lim  texnologiyasi»  iboralari  keng 

qo’llanilmoqda.  Respublikamizning  pedagogik  olim  va  amaliyotchilari  ilmiy 

asoslangan,  hamda  O’zbekistonning  ijtimoiy—pedagogik  sharoitiga  moslashgan 

ta'lim  texnologiyalarini  yaratish  va  ularni  ta'lim—tarbiya  amaliyotida  qo’llashga 

intilmoqdalar.  Chunki:  birinchidan,  ma'lum  sabablarga  ko’ra  inson  hamjamiyati 

taraqqiyotidan  ortda  qolib  ketmasligi  jamiyatimiz,  taraqqiy  etgan  mamlakatlar 

qatoridan o’rin olishi uchun, aholi ta'limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish 

maqsadida eng ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanishining zarurligi; ikkinchidan, 



an'anaviy  o’qitish  tizimi,  yozma  va  og’zaki  so’zlarga  tayanib  ish  ko’rishi  tufayli 

«axborotli  o’qitish»  sifatida  tavsiflanib,  o’qituvchi  faoliyati  birgina  o’quv 

jarayonining  tashkilotchisi  safatida  emas,  balki  nufuzli  bilimlar  manbaiga  aylanib 

qolganligi;  uchinchidan,  fan—texnika  taraqqiyotiing  o'ta  rivojlanganligi  natijasida 

axborotlarning  keskin  ko'payib  borayotganligi  va  ularni  yoshlarga  bildirish  uchun 

vaqtning  chegaralanganligi  to’rtinchidan,  kishilik  jamiyati  o'z  taraqqiyotining  shu 

kundagi  bosqichida  nazariy  va  empirik  bilimlarga  asoslangan  tafakkurdan  tobora 

foydali  natijaga  ega  bo'lgan,  aniq  yakunga  asoslangan  texnik  tafakkurga  o'tib 

borayotganligi;  beshinchidan,  yoshlarni  hayotga  mukammal  tayyorlash  talabi  ularga 

eng  ilg’or  bilim  berish  usuli  hisoblangan  ob'ektiv  borliqqa  tizimli  yondoshuv 

tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir. 

Pedagogika  fani  va  amaliyotida,  «pedagogik  texnologiya»,  «ta'lim 

texnologiyasi»,  «o’qitish  texnologiyasi»  kabi  atamalardan  keng  foydalanilmoqda. 

Shu  bilan  birga,  ularni  tushunish  paytida  alohida  farqlar  mavjud.  «Texnologiya»—

yunoncha ikki so’zdan—«texnos» (techne)—mahorat, san'at va «logos» (1ogos)—fan 

ta'limot so’zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda, zamonaviy texnologiya jarayonini to’liq 

tafsiflab  berolmaydi.  Mustaqil  shaxsni  shakllantirish,  uni  jamiyat  va  davlat 

manfaatlari  yo’lida  ijtimoiy-foydali  mеhnatga  layoqatli  kadr  darajasigacha 

tarbiyalash-ko’p  qirrali  va  murakkab  jarayondir.  Bu  borada  yurtboshimiz 

I.A.Karimovning  quyidagi  iborasini  esga  olish  o’rinlidir:  “-Kadrlar  tayyorlash  uzoq 

davom  etadigan  jarayon  bo’lib,  u  har  birimizdan  astoydil,  bеtinim  va  mashaqqatli 

mеhnatni  talab  etadi.”  Darhaqiqat,  bir  tomondan,  barcha  davlat  tuzilmalari  hamda 

ijtimoiy tashkilotlar, va ayniqsa, ta'lim tizimi mutasaddilarining zimmasiga bu masala 

yuksak  mas'uliyat  yuklaydi.  Bunda  ta'lim  tizimini  takomillashtirish  va  uning 

mazmunini  chuqurlashtirish  hamda  ko’pgina  tashkiliytarbiyaviy  ishlar  nazarda 

tutiladi.  Ikkinchi  tomondan  esa,  bеvosita  ushbu  masalani  amalga  oshirishga  burchli 

bo’lgan  tеxnik  kadrlar  zaxirasini  shakllantirish  va  ularni  zamon  talablari  bilan 

hamnafas tarzda kasbiy faoliyat yuritishga tayyorlash davlat va jamiyat zimmasidagi 

ulkan  ijtimoiy  vazifadir.  Kadrlar  tayyorlash  bilan  bog’liq  joriy  va  istiqboldagi 

vazifalar  quyidagilardan  iborat:  birinchidan,  erkin  tafakkur  qila  oladigan  shaxsni, 

mustaqillik va dеmokratiya g’oyalariga sodiq bo’lgan ongli fuqaroni, o’z Vatanining 



jonkuyari  sifatida  ijtimoiysiyosiy  hayotga  ongli  ishtirok  etishga,  video  dasturlarda 

videma’ruzalar  yarata  olishi  olgan  bilimlari,  ko’nikma  va  malakalaridan  faol  ta'sir 

ko’rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas'uliyat ola bilish talabani kamol 

toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish; Ikkinchidan, mamlakatning ishlab chiqarish 

va  ijtimoiy-siyosiy  hayotiga,  tub  ma'nodagi  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlat 

qurish ishiga dеmokratiya asoslarini joriy etish jarayonlarini jadallashtirish, mantiqiy 

fikrlash, fazoviy tasavvur hamda tafakkur va bahslashish madaniyatini rivojlantirish, 

talabaning  ichki  dunyosini  boyitish,  binobarin,  yangicha  ijtimoiy  qadriyatlar  va 

munosabatlarni 21 shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodda yangicha ong 

shakllanishi  uchun  barcha  shart-sharoit  yaratilmog’i  kеrak;  Uchinchidan,  talabalar 

fanlarini  chuqur  o’zlashtirib  еtuk  mutaxassis  bo’lishlari  uchun  bu  bilimlar  ularga 

hayotiy  zarurat  ekanligiga  ishonch  hosil  qilish  uchun  aniq  maqsadga  yo’naltirilgan 

chora-tadbirlar  tizimini  ro’yobga  chiqarish  lozim.  Pedagogik  tеxnologiya  -  tayyor 

maxsulot  olish  uchun  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  qo’llanadigan  usul  va  mеtodlar 

majmui  bo’lib,  shunday  usul  va  mеtodlarni  ishlab  chiquvchi  va  takomillashtiruvchi 

fan  sifatida  ta'riflanadi.  Pedagogik  tеxnologiyaning  o’ziga  xos  xususiyati  shundan 

iboratki,  unda  o’quv  maqsadlariga  erishishni  kafolatlaydigan  o’quv  jarayoni 

loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Pedagogik tеxnologik yondashuv, eng avvalo, 

tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini bеruvchi 

amaliy ko’rsatmali tuzilmada o’z ifodasini topadi. Pedagogik tеxnologik yondashuv 

o’quv  jarayonini  o’zaro  uzviy  bog’liq  etaplar  va  amallarga  ajratishni  va  bo’lishni; 

ta'limdan  ko’zlangan  natijaga  erishish  uchun  bajariladigan  harakatlarni 

muvofiqlashtirish,  bosqichma-bosqich  amalga  oshirishni;  loyihalashtirilgan  ish  va 

amallarning  barchasini  bir  xil  tarzda  bajarishni  nazarda  tutadi.  Qayta  takrorlanish 

xususiyati  tufayli  ushbu  tizim  modul  shakliga  ega  bo’lib,  mazmunlar  bilan 

to’ldirilgan  va  umumiy  tarkibga  bog’langan  birliklar,  ya'ni  ta'limning  umumiy 

maqsadi  va  mazmuni,  o’quv  maqsadi,  o’qitish  va  baholash  jamlamalaridan  tashkil 

topadi. Amalda bu pеdagogning qayta-qayta takrorlanuvchan harakatining algoritmi 

hisoblanadi.  Ushbu  algoritmning  yangi  va  yangi  bo’limlarda  qo’llanishi  o’quv 

jarayoni ko’lamini qamrab oladi. 




C++da  dasturlash  tilini  o’qitishda  multimedia  vositalarini  o’qitish  jarayonida 

qo’llash  o’qitish  sifatini  va  samaradorligini  oshirishning  eng  qulay  usullaridan  biri 

hisoblanadi.  Multimedia vositalari  yordamida olib boriladigan  multimediali  ma’ruza 

vositalaridan  foydalanib  dars  o’qitish  talabaning  darsga  bo’lgan  qiziqishini,  bilim 

olish  saviyasini  oshiradi.  Multimedia  vositalari  o’quvchiga  individual  yondashish 

imkonini beradi. O’qituchining bevosita ishtirokisiz ham o’quvchi C++da dasturlash 

tilidan  o’tkazilgan  multimediali  ma’ruza  orqali  o’zlashtirish mumkin.  Multimedia  – 

bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalariyordamida axborotning an’anaviy 

va  original  turlari  asosida  o’quv  materiallarini  o’quvchilarga  etkazib  berishning 

mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir. Multimedia – «ko’p muhitli» degan ma’noni 

bildiradi.  U  axborotning  turli  ko’rinishlari  –  matn,  jadval,  grafik,  nutq,  animatsiya 

(multiplikatsiya), videotasvir, musiqa axborotlarini yig’ish, saqlash, qayta ishlash va 

uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia «inson–kompyuter» interfaol ma’lumotining 

yangi  takomillashgan  pog’onasi  bo’lib,  unda  foydalanuvchi  juda  keng  va  har 

tomonlama  axborot  oladi.  Ta’lim  jarayonida  C++da  dasturlash  tilida  multimedia 

vositalarini qo’llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. 

Bunda  beriladigan  materiallar  chuqurroq  o’zlashtiriladi,  vaqt  tejash  imkoniyatiga 

erishiladi,  olingan  bilimlar  kishi  xotirasida  uzoq  vaqt  saqlanadi.  C++da  dasturlash 

tilini  multimediali  ma’ruza  vositalaridan  foydalanishimizdan  oldin  quydagi  texnik 

vositalar  kerak  bo’ladi:  Active  tutor  playr,  Active  tutor  Recorder,  va  ulead  video 

studio dasturlarini o’rnatishimiz zarur bo’ladi va bunga qo’shimcha ravishda quydagi 

multimedia  vositalarni  ham  kiritishimiz  mumkin  kompyuter,  lazer  disklarini 

o’qiydigan  CDROM  qurilmasi,  SV-ovoz  xaritasi,  AS-faol  kolonka,  CD-kompakt 

disk.  24  Ta’lim  tizimida  kompyuter  texnologiyalaridan  foydalanishning  quyidagi 

usullari  mavjud  [2]:  -  Multimedia  darsligi;  -  Multimedia  dasturiy  vositalardan 

foydalanib  video  ma’ruzali  darslar  o’tkazish;  -  Bilim  va  ko’nikmalarni 

mustahkamlash  bo’yicha  topshiriqlar  to’plami  keltirilgan  metodik  tavsiyalar;  - 

multimediali videoma’ruzalarda o’rganilayotgan mavzular bo’yicha nazariy bilimlar 

talabalar tomonidan qay darajada o’zlashtirilayotganligini tekshirishga mo’ljallangan 

C++da  dasturlashda  test  dasturlari  bo’yicha  topshiriqlar;  -  Elektron  virtual 

kutubxona;  -  Multimediali  ma’ruzalarda  har  bir  talaba  uchun  amaliy  topshiriqlarni 



tayyorlash  va  talabalarni  o’zlashtirishini  nazorat  qilish  dasturi;  -  Active  tutor 

dasturidan foydalanib multimediali ma’ruzalarni masofadan o’qitish tizimi; - Internet 

tarmog’iga  ulangan  multimedia  kompyuterlari;  -  Printer;  -Kompyuterga  ulangan 

proektor.  C++da  dasturlash  tilida  multimedia  o’quv  materiallarini  ishlab  chiqishda 

Respublikamizda  ma’lum  ishlar  qilinmoqda.  Bunga  etakchi  mutaxassislar  jalb 

qilingan  va  o’quv  materiallari  ta’lim  yo’nalishlari  bo’yicha  yaratilmoqda.  Hozirgi 

kunda  Respublika  ixtisoslashgan  o’quv-ishlab  chiqarish  Markazi  «O’zbek 

o’quvavtomatika» video-kompyuterli multimedia kompleksini ishlab chiqarmoqda. 

Bu zamonaviy dastur mahsulotlarini yaratishdaki yangi texnalogiyadir. Active 

tutor  dasturi  yordamida  multimediali  videoma’ruza  yaratar  ekanmiz  bu  dasturda 

ishlash bizga va talabalarga juda katta imkoniyatlarni yaratib beradi. Biz bu dasturda 

multimedia  yaratish  texnalogiyasidan  foydalangan  xolda  “C++  dasturlash  fanidan” 

multimediali  dars  yaratish  orqali  talabalar  bilimini  yahshilanib  borishini  taminlab 

beramiz.  Ma'lumki  talabalarning  ma'ruzani  eshitish  orqali-5%,  ma’ruzani  mustaqil 

o’qish  orqali  esa-10%,  ko’rkazma  va  avdioma’ruzalardan  foydalanish-20% 

avdiovizual  malumotlardan  foydalanilsa-30-40%,  talabalar  ishini  baholash-50%, 

multimediali  texnalogiyalardan  foydalanish-80-85%,  prizintatsiya,  multimedia, 

ovozli  animatsiya  va  video  ma’ruzalardan  foydalanish-90%  ga  yaqini  talabani 

o'zlashtirishini  taminlaydi.  Shunday  ekan  biz  Active  Tutor  dasturidan  foydalangan 

holda  multimediali  videoma’ruza  yaratish  texnalogiyasidan  foydalanib  talabalarga 

multimediali  harakatlarda  darsliklar  ishlab  chiqarilsa  talabalar  ko’rish  va  eshitish 

imkiniga  ega bo’lishadi  va talabalar  ma’lumotlarni  eslab qolishadi.  Tajribalar  shuni 

ko'rsatadiki,  bir  vaqtning  o'zida  ham  ma'ruzani  eshitish,  ham  materialni  kompyuter 

ekranida  ko'rish  va  uni  ekranda  chiqarishni  aktiv  boshqarish  o'zlashtirish  sifatini 

oshiradi.  Talabalrning  multimediali  dasturda  ishlashga  ham  qiziqishi  ortib  boradi. 

Multimediaga  mansub  texnik  vositalarga  mos  ma'lumotni,  masalan,  tovush  va 

videoelementlarni,  taqlidli,  uzluksiz  shakldan  komp'yuter  tushunadigan  raqamli 

shaklda  o'tkazadi.  Shu  bilan  birga,  saqlangan  va  qayta  ishlangan  mos  ma'lumotni 

inson adekvat qabul qila olishi uchun mul'timedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur 

obrazlar,  masalan,  tovush  va  videoelementlar  yaratadi.  [1]  Mul'timedia- 

komp'yuterning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush 



platasiga tovush  chiqarish vositasi, akustik  tizimlar  yoki  yakka  tinglagichlar, hamda 

audio  ma'lumotlarni  kiritish  uchun  xizmat  qiladigan  mikrofonlar  ulanadi  va 

multimedia  texnalogiyalari  dasturi  asosida  ishlaydi.  Tovush  platasiga,  shuningdek, 

magnitofon,  elektr  musiqa  asboblari  kabi  audio  komplektlar  27  ham  ulanishi 

mumkin.  Video  bilan  to’laqonli  ishlash  uchun  multimediali  video  ma’lumotni 

komp’yuterga  mos  shaklga  va  asliga  qaytaruvchi  moslama  video  karta  zarur.  Unga 

videokamera,  videomagnitofon  va  televizor  kabi  moslamalar  ulanishi  mumkin. 

Aksariat  foydalanuvchilar  uchun  video  elementlarni  monitorda  ifodalay  olish  etarli 

bo’ladi.  Shunday  masalani  hal  etish  uchun  har  qanday  zamonaviy  komp’yuterda 

mavjud bo’lgan videoadabter va monitor etarlidir. Active Tutor dasturi imkoniyatlari 

va uning texnalogiyalari Dastur nomi ingliz tilidan tarjima qilingan bo’lib ”Active”-

faol,  serharakat,  ishchan,  ”Tutor”-shaxsiy  o’qituvchi,  o’quv  yurtining  kichik 

o’qituvchisi  “faol  o’qituvchi”  degan  ma’noni  anglatadi.  Bu  dasturiy  ta’minot  web-

sahifalarga  joylashtirish  mumkin  bo’lgan,  o’quv  auditoriyalariga  mo’ljallangan 

multimediali darsliklar,  qo’llanmalar,  multimediali darslar  yaratish  imkonini beradi. 

Active Tutor dasturidan foydalanish juda qulay va dastur imkoniyatlari ko’p. Active 

tutor  dastur  ikki  qismdan  iborat  bo’lib  bular:  -  Active  Tutor  Recorder  –  video 

ma’ruzalarni, multimediali texnalogiya darslarni yaratish imkoninin beradi. - Active 

Tutor  Player  –  Active  Tutor  Recorder  dasturida  yaratilgan  *.arf  kengaytmali 

fayllarni,  Active  Tutor  2.7  dasturida  tayyorlangan  *.atl,  *.apk,  *.apx  kengaytmali 

fayllarni,  video  ma’ruzalarni,  multimediali  darslarni  ko’rish  uchun  qo’llaniladi. 

Multimedia  texnalogiyalari  dastur  o’quv  materiallarini  maksimal  o’rgatishga, 

o’qituvchi  ishini  avtomatlashtirishga  qaratilgan  bo’lib,  o’qituvchi  va  talabaga 

quyidagi  imkoniyatlarni  beradi:  –  O’qituvhi  materiallarni  tayyorlash  vaqtini  tejaydi, 

qiziqarli dars yaratish uchun darsga tayyorgarlik ko’rib, materiallarni puxta o’rganib 

chiqadi;  –  Talabalar  virtual  darsni  diqqat  bilan  tinglaydilar,  ular  multimedia 

texnalogiyalari  elementlarini,  ko’rgazmali  misollar  orqali  mavzuni  chuqur 

o’rganadilar, agar o’quvchilarda darsni ayrim bo’limlarini tushuna olmasa qaytaqayta 

ko’rish,  tinglash  imkoniyati  mavjud  bo’ladi.  28  Active  Tutor  multimedia 

texnalogiyalari  dasturi  o'qituvchi  va  talaba  uchun  juda  qulay,  dastur  o’qituvchiga 

multimediali  dars  texnalogiyalarini  tez  yaratish  imkonini  beradi,  multimediali 



darslardan o’quv jarayonida foydalanish talabalarda fanga qiziqishni yanada orttiradi. 

Active  Tutor  dasturi  yordamida  turli  multimediali  dars  texnalogiyalari,  taqdimotlar, 

o’rgatuvchi Video ma’ruzalar, video ma’ruzalar tayyorlash va bu maxsulotlarni dars 

jarayonida  qo’llash  foydadan  holi  bo’lmaydi.  Chunki  ta’lim  jarayonida  yaratilgan 

imkoniyatlardan  o’z  o’rnida  foydalanishni  yaxshi  bilgan  o’qituvchi,  pedagog  va 

talabalarimiz  kam  vaqt  sarflab  ko’p  va  kuchli  bilim  darajaga  ega  bo’lish  sirlarini 

yaxshi  biladilar.  Talabalar  multimedia  texnalogiyalarida  dars  yaratishdan  oldin 

Active  tutor  dasturida  dasturini  ifodalavchi  tugmalarni  har  biri  qanday  ishni 

bajarishini  o’rganib  olishimiz  zarur:  Menyu  qatorida.  File  (Файл-Fayl)  menyusi 

bo’limi: New (Yangi) -bu faylda Ctrl+N yoki menyu qatoridagi buyruq orqali yangi 

fayl yaratish imkoniyatini beradi. Open (Ochish)  -ochish faylida oldindan yaratilgan 

*.arf, *.atp, *.atk, *.ppt, *.gdb. – kengaytmali fayllarni ochish imkonini beradi. Yaniy 

klaviatura  orqali  Ctrl+O  kiritiladi.  Save  As…  .  Fayllarni  saqlash  Ctrl+S.  Open  a 

Media  file.-  Media  fayllarni  loyihada  ochish  *.wma  yoki  video  format  *.wmv  ni 

qo’yish  uchun  qo’llaniladi.  Lecture  Settings.-  Virtual  ma’ruza  parametrlarini 

o’rnatish  uchun  foydalaniladi.  Create  SCORM  file  (Yangi  fayl  yaratish  SCORM).– 

Masofaviy ta’lim uchun Internetga publikatsiyalarni joylashtirish. Print (chop qilish)- 

Loyiha  sahifalarini  printer  orqali  chop  qilish  Ctrl+P.  Exit  (chiqish)-  Dasturdan 

chiqish  Alt+X.  Edit(Tuzatish-Tahrirlash)  menyusi  punktlari:  Undo  (Ctrl+Z)-  Oxirgi 

harakatlarni  inkor  qilish.  29  Redo  (Ctr+Y)-  Oxirgi  harakatlarnini  inkor  qilish.  Cut 

(Ctrl+X)  -  Kesib  olish.  Copy  (Ctrl+C)  -  Nusxa  ko’cchirib  olmoq.  Paste  (Ctrl+V)  - 

Qo’yish.  Clear  (Del)  -  O’chirish.  Duplicate  properties-  (parametrlarning  nusxasini 

olish). Bitta ob’ektni rangi, chiziq qalinligining parametrlarini boshqasiga nusxasini 

olish. Select  All-  (barchasini  belgilab  olish). Bitta  sahifadagi hamma  ob’ektlarni tez 

belgilab olish Ctrl+A. Deselect All- (belgilashni inkor qilish). Ctrl+Shift+I. Select a 

Next Event- (keyingi elementni ajratib olish). Tab klavishasidan foydalangan holda. 

Alignment  -Tekislash.  Set  Mode  -tahrirlash  holati.  Insert  (Qo’yish  )  menyusi 

bo’limlari:  Basic  Event  –  oddiy  voqealar.  Asboblar  panelida  joylashgan  asboblarni 

o’z  ichiga  oladi.  Media  Event  (media  voqealari)  -  Windows Media va  Macromedia 

Flash  media  fayllarini  sahifaga  qo’yish  uchun  foydalaniladi.  Page  (Sahifa)-bu 

menyuda  bo’sh  sahifani  loyihaga  qo’yish  uchun  ishlatiladi.  Lecture  -Ma’ruza 



menyusi bo’limlari: Record -yozuv. O’zi ikkita bo’limdan iborat. Bular quyidagilar: -

audioni yozish va tahrirlash,  -mediani yozish va tahrirlash. Play- (ishlatish), Pause  -

(Pauza),  Stop-  (to’xtatish).  Page  (sahifa)  menyusi  quyidagi  bo’limlardan  iborat 

bo’ladi:  Add  -yangi  sahifa  qo’shish.  Move  -joylashtirish.  30  Delete  -joriy  sahifani 

o’chirib  tashlash.  Rename  -qayta  nomlash.  Size  -sahifa  o’lchamlari.  Background  - 

sahifa  foni  *.jpg  va  *.bmp.  -  formatlari  qo’llaniladi.  View  (ko’rinish)  menyusi 

bo’limlari:  Full  Screen  -to’liq  ekran  holati  Ctrl+F.  Toolbar  -asboblar  paneli.  Time 

Line–vaqt shkalasi Ctrl+T tugmachasini bosish orqali ishga tushiriladi. Bunda Ctri+T 

ma’ruzani tahrirlash mumkin. Event List-hodisalar ro’yhxatini kiritish Ctrl+E. Video- 

(Video).Ctrl+W, bu menyuda video faylni ko’rish uchun ishga tushiradi.  

Ruler -chizg’ich. Ctrl+R foydalaniladi. Status Bar– bunda holatlar qatori. Event 

Number  -hodisalar  raqami.  Tool  (Asboblar)  menyusi  buyruqlarida  ishlash:  Capture-

videoga  olish.  Bunda  ekrandagi  tasvirlar  videoga  olinadi,  shuningdek  mikrofondan 

audio faylga ham olish imkonini berishi mumkin. Convert Audio-audio faylni boshqa 

kengaytmaga o'tkazish. Mikrofondan yozib olingan *.wav kengaytmali faylni Active 

tutor Recorder dasturini *.adt kengaytmali faylga o’tkazilishi.  



Download 272,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish