Boshqaruv psixologiyasi (menejment) fanining maksadi, vazifalari
va mazmuni, uziga xosligi.
Reja:
1. Menejment fanining shakllanishi va rivojlanishi.
2. Menejment so’zining ma’nosi va bu fanni predmeti.
3. Ma’muriy menejmentning asosiy maqsadi.
4. Ta’lim menejmentning vazifalari
Foydalanilgan adabiyotlar
1 Bazarov T.Yu. Upravlenie personalom. M., 2002
.2 Vakolatli ta’lim. Trenerlar uchun kullanma. Toshkent, 2003.
3 Viv SHeklton. Psixologiya liderstva v biznese. Spb. 2003.
4 M. Vudkoq D. Frensis. Raskrepoщennыy menedjer. M., 1992
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy isloxotlar
jarayonida ishlab chiqarishni rivojlantirish, tashkilot va korxonalarning
iqtisodiy barqarorligini ta’minlash ko’p jixatdan zamon talablariga
javob beradigan rahbar va mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog’liq.
Bugungi kunda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish
sharoitida
rahbarlarni
(boshqaruvchilarni)
tayyorlash,
ularning
malakasini oshirish va qayta tayyorlashda menejment (boshqarish) fani
aloxida o’rin tutadi. Menejment fanining shakllanishi va rivojlanish
bosqichlari uzoq vaqt davom etib kelayotgan tarixiy davrlar bilan
izoxlanadi, menejment aloxida, mustaqil fan sifatida XIX asrning oxiri
va XX asrning boshlarida shakllandi.
Menejment – inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida boshqaruvni tashkil
etish (boshqarish, boshqaruv xokimiyati, tashkil etish), rahbarlik qilish
(rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish)
ma’nolarini anglatadi. Menejment – bu maqsadga erishish uchun
insonlar yoki ularning guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish xamda
boshqarish usullari, shakllari va vositalari yig’indisi.
Oddiy qilib aytganda menejment umumiy xolda u yoki faoliyat
turini tashkil etishni va unga rahbarlik qilishni, turli soxalarda faoliyat
ko’rsatayotgan insonlarning xatti – harakatlarini, munosabatlarini
muvoffiqlashtirish, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlaridan to’g’ri
foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni bildiradi.
Menejment eng avvalo insonlarni boshqaradi, ularni o’z faoliyatiga
qiziqtirish, tadbirkorlikka, mehnatga ijobiy yondashish, o’ziga ishonch
tuyg’ularini shakllantirish, soxalar bo’yicha bilim, ko’nikma va
malakalarni egallashga ko’maklashish, yangilikka va ijodkorlikka
chorlash, insonlar faoliyatini boshqarish demakdir.
Boshqa fanlar qatori menejment fani xam o’z predmeti, nazariyasi
va uslublariga ega bo’lib, uning predmeti xujalik yuritishning barcha
yo’nalishlarida boshqarishni tashkil etish mantiqi, shakllari, uslublarini
ifodalovchi nazariy va amaliy tamoyillar majmuidan iborat. Insonlar
extiyoji va ularning xayotdagi faolligi ortib borganligi tufayli
sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, statistika, buxgalteriya hisobi,
moliya va kredit, menejment iqtisodiyoti, makro va mikro iqtisodiyoti
fanlari bilan uzviy bog’liq. Menejment fani ijtimoiy va tabiiy fanlar
bilan bog’liq xolda rivojlanib borib, maqsad va vazifalarga, xizmat
qilish soxalariga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi:
- amaliy menejment;
- inovatsion menejment;
- strategik menejment;
- marketing menejmenti;
- moliya menejmenti;
- texnologik menejmenti;
- ma’muriy menejment;
- ta’lim menejmentiga bo’linadi.
Bularni menejment fanining shoxobchalari deb ataladi. Olimlarning
fikricha umumiy menejment barcha xo’jalik yuritish tizimi uchun
ta’luqli bo’lib, amaliy, innovatsion menejment – yangilik yaratishning
boshqarish, strategik menejment – rejalashtirishni, amaliy menejmentni
takomillashtirishga yo’naltirilgan boshqaruv faoliyatidan iborat.
Menejment fani – bu rahbarlarga boshqaruv faoliyatini to’g’ri
amalga oshirish, hodimlar faoliyatini samarali boshqarish va
muvofiqlashtirish, shuningdek, korxona va ta’lim muassasa oldiga
qo’ygan maqsadlarga, ko’zlangan natijalarga erishishda zarur qarorlarni
qabul qilish, ularni bajarilishini nazorat qilish va tahlil qilishni
o’rgatuvchi fan bo’lib, uning asosiy maqsadi zamonaviy har qanday
sharoitlarda boshqaruvning barcha yo’nalishlarida samarali ishlay
oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Menejment fani quyidagilarni o’rganadi:
- boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
- boshqarish ob’ekti va sub’ekti;
- boshqarish tamoyillari va usullari;
- rahbar madaniyati;
- rahbar va lider, va ularni fazilatlari;
- rahbar reytingi;
- boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
- boshqarish funktsiyalari;
- boshqarish metodlari;
- hodimlarni boshqarish;
- ishlab chiqarishni boshqarish;
- samaradorlikni boshqarish;
- o’zini – o’zi boshqarish;
- xududiy boshqarishlar kiradi.
Ma’muriy menejment boshqarishning maxsus qismi bo’lib,
boshqaruvchi
tizim
ichidagi
munosabatlarni,
uni
rivojlangan
qonuniyatlari, tamoyillari, usul va uslublarini o’rganadi. Ma’muriy
menejmentning asosiy maqsadi – tashkilot ma’muriyati rivojlanishida
uyg’unlikni ta’minlashdan, ya’ni tashkilotning barcha ichki va tashqi
elementlari faoliyatining samaradorligini va maqsadga muvofiqligini
ta’minlashdan iborat.
Ma’muriy menejmentning asosiy sub’ektlari – ma’muriy boshqarish
apparatlari, ularning bo’g’inlari va turli lavozimdagi rahbarlar va
hodimlar bo’lib, ularning har biri tegishli vazifalarga, vakolatlarga va
mas’uliyatlarga ega bo’ladi.
Ta’lim menejmenti bu – ilmiy asosda tashkil etilgan, o’ziga xos
pog’onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogik jamoa, ta’lim
oluvchilar jamoasi. SHunga ko’ra boshqaruvni turli xil modellar asosida
amalga oshirish mumkin: Integral model, birinchi pog’ona – pedagogik
jamoa faoliyatini boshqarish, ikkinchi pog’ona – o’quvchilar faoliyatini
boshqarish.
Ta’lim menejmentining asosiy maqsadi – ta’lim muassasalarida
tashkil etiladigan ta’lim – tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil
etishda, oldiga quygan maqsadlarga erishish va raqobatbardosh
bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim – tarbiya jarayoni ishtirokchilari
bo’lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlari va
faoliyatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish xamda samarali
boshqarishni ta’minlashdan iborat. Insoniyat paydo bo’lgandan so’ng
insonlar u yoki bu shakl va mazmunda faoliyat ko’rsatganlar. Ammo
unda menejment fani shakllanmagan edi. Ular xayotiy extiyojlarini
qondirish maqsadida mehnat qilishgan va bola tarbiyasi bilan
shug’ullanishgan, shunda boshqarishga muxtojlik sezilgan. Mehnat
davomidagi o’zaro munosabatlar boshqarish usullarini shakllanishiga
olib kelgan. O’rta asrlarda shakllangan davlatlar, imperiyalar faoliyati
murakkab tashkilotlarni boshqarish amaliyotidan darak beradi.
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga
borib taqalib, Yu. TSezarь, A.Makedonskiy, Amir Temur xukmronligi
vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy
bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. XVIII asrning oxirlarida Angliya
sanoat inqilobi boshqaruviga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi.
Boshqaruv hodimlarini tayyorlashga aloxida e’tibor berila boshlandi.
Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm va fan vujudga keldi.
Boshqarish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishini bir necha tarixiy
davrlarga bo’lish mumkin.
1 – davr Qadimiy davr. Insonlar birgalikda mehnat qilishning oddiy
boshlang’ich shakli ibtidoiy jamoa tuzumi davrida vujudga kelgan. Bu
davrda boshqarish urug’, jamoa, qabila a’zolari maslaxatlashib amalga
oshirilgan.
Boshqaruv
faoliyati
turli
shakllarini
tahlil
qilib,
boshqarishning universallik tamoyilini tavsiya qilgan shaxs bu – Suqrot
dir.
Davlat boshqarish shakli klassifikatsiyasini yaratgan alloma bu –
Do'stlaringiz bilan baham: |