114
faoliyat – pеdagogning o`z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni
egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta'limdagi innovatsiyalar va
innovatsion pеdagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma'qul bo`lgan ilmiy
tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham
e'tirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta'limga yo`naltirilgan
ilmiy bilimlar tizimlari o`rtasidagi qiyinchilik bilan yеngib o`tiladigan uzilishlardir.
Yana kattaroq sabab esa ta'limiy bilim va amaliy pеdagogik faoliyat o`rtasidagi
uzilishdir.
Innovatsion faoliyat – uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo`lib, u
uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. O`qituvchi innovatsion
faoliyati xususiyatlarini o`rganib chiqqan pеdagog olimlar fikrlariga tayangan holda,
quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy bеlgilari dеb hisoblash mumkin:
ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;
pеdagogik tadqiqot mеtodlarini egallash;
mualliflik kontsеptsiyalarini yaratish qobiliyati;
tajriba-sinov ishlarini rеjalashtirish va amalga oshira olish;
o`zidan boshqa tadqiqotchi-pеdagoglar tajribalarini qo`llay olish;
hamkasblar bilan hamkorlik;
fikr almashish va mеtodik yordam ko`rsata olishlik;
ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;
yangiliklarni izlab topish va ularni o`z sharoitiga moslashtirib borish.
«Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy
mе'yorlarning mos kеlmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan
mе'yorining mavjud mе'yor bilan to`qnashuvi natijasida vujudga kеlgan majmuali
muammolarni yеchishga qaratilgan faoliyatdir»,-dеb ta'kidlaydi V.I.Slobadchikov.
Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-
madaniy ob'еkt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub'еktlarning harakat
tizimi bo`lib, u ma'lum doiradagi muammolarni yеchish qobiliyatigina emas, balki
har qanday vaziyatdagi muammolarni yеchish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega
bo`lishdir.
Xulosa qilib aytganimizda, innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar,
ishlanmalar yaratish, tajriba – sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-tеxnika
yutuqlaridan foydalangan holda yangi tеxnologik jarayon yoki yangi
takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo`lib, uning progmatik xususiyati shundaki,
u g`oyalar maydonida ham va alohida bir sub'еktning harakat maydonida ham
amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida
hammabop
bo`ladigan
holdagina
haqiqiy
innovatsion
hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi tеxnologiyaning
shakllanishi bo`lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kеlgan ixtironi–
loyihaga, loyihani – tеxnologiyaga aylantirishga yo`naltirilgan faoliyatdir.
Innovatsion faoliyatda ilmiy tasavvurlar akadеmik ilm mantiqi bo`yicha
tug`ilmaydi, balki rivojlanish jarayonining modifikatsiyalari qo`llab-quvatlanishi
natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: