O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana27.07.2021
Hajmi0,94 Mb.
#130325
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
gazeta tilida leksik-frazeologik sinonimlarning qollanilishi zarafshon gazetasi materiallari misolida (1)

(absolyut  sinonim)  o‘tkinchi  holat...",  -  deydi.  Uningcha,  absolyut  sinonim 

tarkibidagi bir so‘z yo arxaiklashadi, yo sherigiga nisbatan semantikasini bir jihati 

bilan  farqlaydi.  Masalan,  o‘zbek  tilida  tilshunos  va  lingvist  so‘zlari  absolyut 



20 

 

sinonim deb ko‘rsatib kelinadi.  Lekin  hozir tilshunos so‘zi  umumso‘zlashuv tilida 



qo‘llansa,  lingvist  so‘zi  deyarli  kitobiy  leksikaga  xoslanib  bo‘ldi.  Absolyut 

sinonimlar deyarli tillarda sanoqli miqdorda uchraydi. Absolyut sinonimlar manbai 

asosan  o‘zbek  tilida  barcha  tillardagi  kabi  terminlarda  uchraydi.  Masalan,   

kitobatchilik  leksikasida  tipografiya  /  bosmaxona,  qoramolchilik  leksikasida 

cho‘pon / podachi, oshlovchi / tuzlovchi kabi absolyut sinonimlar juftligi  mavjud. 

Lekin  ular  har  bir  terminologik  tarmoqda  juda  kam.  Ayrim  terminologik 

tarmoqlarda  uchramasligi  ham  mumkin.  Masalan,  fizika  fani  sohasidagi 

terminologiyada absolyut sinonimlar deyarli yo‘q.  

          Absolyut sinonimlarning  tarkib  topishi ancha bo‘g‘ilganligi  uchun  ham  ular 

deyarli  ikki  so‘zdan  iborat  bo‘ladi.  Terminlarga  mansub  absolyut  sinonimlarning 

tarkib  topishida  dialektal  terminlarning  adabiy  tilga  kirib  kelishi  ahamiyat  kasb 

etadi.  Bunda  dialektal  termin,  ya’ni  professionalizm  adabiy  tildagi  termin  bilan 

ayni  bir  ma’noga  ega  holatga  keladi,  absolyut  sinonim  tarkib  topadi.  O‘zbek 

adabiy tilining uy-ro‘zg‘or leksikasida narvon termini bor edi. Uning yoniga shoti 

professionalizmi  o‘zlashtirildi.  Natijada  narvon  va  shoti  terminlari  hisobiga 

absolyut  sinonim  tarkib  topdi.  O‘giz  dialektida  ham  shu  ma’noga  ega  zangi 

professionalizmi bor. Lekin u adabiy tildagi narvon termini bilan absolyut sinonim 

bo‘la  olmaydi.  Chunki  u  adabiy  tilning  mulki  emas.  O‘zbek  tiliga  muallim 

so‘zining  o‘zlashtirilishi  uning  shu  tilda  bor  o‘qituvchi  so‘zi  bilan  absolyut 

sinonim tarkib topishi uchun sabab bo‘lgan.  

 

A.Abdusaidov  gazeta  matnlarida    uchraydigan    ruscha–baynalmilal    so‘zlar 



va  ularning  dubletlarini  to‘plab,    “Leksik  dubletlar  va  ularning  izohi(gazeta 

materiallari  asosida)”nomli  o‘quv  qo‘llanmasini  yaratgan  edi.

19

      Qo‘llanmada  



gazeta  tilida  leksik  dubletlarni  qo‘llashdagi  1989  yildan  keyingi  4-5  yil  ichidagi 

jarayon tahlil etilgan. Unda respublika – jumhuriyat, tarix – moziy, ministr – vazir,  



jurnal  –  majalla,  universitet  –  dorilfunun,  diagnoz  –  tashxis  kabilarning  ma’no 

                                                             

19

 Абдусаидов А. Лексик дублетлар ва уларнинг изоҳи (газета материаллари асосида). – Самарқанд: 1993. -  112 



бет. 

 



21 

 

xususiyatlarini    o‘rganish  maqsadida  gazetalardan  misollar  to‘plab,  ularni 



izohlaydi.  Hozirgi  davr  gazetalari  misolida    leksik  dubletlar,  ayrim  adabiyotlarda 

qayd 


etilganidek, 

absolyut 

sinonimlarni 

atroflicha 

o‘rganish  dolzarb 

muammolardan biri hisoblanadi.      

     

M.Mirtojiyevning    yozishicha,    lingvistik    adabiyotlarda  semantik 



sinonimlarni absolyut sinonimlardan farqlash uchun "aynan bir xil ma’noli" so‘zlar 

deb  emas,  "o‘zaro  yaqin  ma’noli"  so‘zlar  deb  ataydilar.  Chunki  semantik 

sinonimlarda so‘zlar ayrim leksik ma’nosi bilan to‘laligicha bir xil bo‘lmaydi. Shu 

leksik  ma’nolar  emotsional-ekspressiv,  uslubiy  semalari,  ularning  qaysi  uslubga 

xosligi  kabilar  bilan  o‘zaro,  shubhasiz,  farqlanadi.  A.Hojiev  juda  to‘g‘ri 

ta’kidlaganidek,  yaqinlik  yaqinlashtiradi,  lekin  birlashtirmaydi.  Buning  uchun  u 




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish