O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi


chiqarishning salbiy ta'sir etuvchi omillari



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/184
Sana27.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#130091
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

chiqarishning salbiy ta'sir etuvchi omillari ayollarning renproduktiv faoliyatini 
buzilishiga, jismoniy rivojlanishini yomonlashishiga  va ularning bolalarida 
kasalliklarni ko'payishiga,o’lik bolalar, nuqsonli bolalar tug'ilishiga sababchi 
buladi.  Shuning  uchun  mehnat to'g'risidagi qonunlarda  ayollarni  ishlab 
chiqarishda ogir ishlarga va mehnat sharoiti yomon bo'lgan ishlarga jalb qilish 
taqiqlanishiga katta ahamiyat berilgan. 
Mehnat muhofazasining asosiy choralari - bu gigienik talablarni hisobga 
olgan holda texnologik jarayonlarni takomillashtirishdir. To'liq hal etiladigan 
masalalardan biri - bu texnikadan ayol organizmiga va uning nasliga ta'sir etadigan 
ishlab chiqarish omillarini yo'qotishdir.  


81 
 
Hozirgi kunda  laklarga, buyoqlarga,  rezinkalarga,  ko’pchilik ishlab 
chiqarishda qo’llaniladigan benzol elementi olib tashlandi - uning o’rniga boshqa 
zararsiz modda kiritildi, shuningdek, qishloq xo'jaligida. butifos, mikrantofos va 
boshqa zaharli kimyoviy moddalar olib tashlandi. 
Ayollarni xomiladorligi aniqlangandan so’ng, o’rtacha oylik maoshini 
saqlagan holda ba'zi bir ishlab chiqarish omillari ta'sir etmaydigan yengil ishga 
o’tkazish lozim.Ayol mehnatini muhofaza etishni - ayollar va ularning bolalari 
sog'lig'ini mustahkamlashtirishga yo’naltirilgan va sog'lom xayot tarzi sharoitlarini 
yaratishga qaratilgan chora tadbirlar tarmog’idagi  asosiy zveno deb qarash kerak. 
Hozirgi kunda "xalq xo'jaligi tarmoqlari bo'yicha ayollar ruxsat etilmaydigan  og’ir 
va salbiy omillar ta'siri bo'lgan kasblar ro’yxati" tuzilgan.Mamlakatda doimiy 
ravishda jismoniy kuch talab qilinadigan ishlarda ayollar sonini kamaytirish 
bo'yicha tadbirlar olib borilmoqda.Ular uchun ishlab chiqarishda, qishloq 
xo'jaligida mehnatini yengilashtiruvchi sharoitlar yaratilmoqda. 
O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqish korxonalarida o’rtacha ish vaqti 
xaftada 41 soatdan oshmasligi kerak.Hozirgi vaqtda kuniga 7-8 soat ishlay 
olmaydigan, ya'ni yosh bolasi bo'lgan ayollar, uy bekalari, nafaqaxo’rlar va 
aholining  boshqa kategoriyalarida zarur bo'lgan vaqtda  ma’muriyat bilan 
kelishilgan xolda to'liq bo'lmagan ish soati o’rnatilmoqda. Bunda maoshi asosiy 
ishlangan ish soatiga to’lanmoqda. 
Zararli mehnat sharoitlarida ishlovchi ishchi va xizmatchilarga, ayniqsa 
ayollarga o’rnatilgan me'yor asosida maxsus kiyim bosh, poyafzal va boshqa 
shaxsiy himoya vositalari berilmoqda.  
 
Zararli mehnat sharoiti bo'lgan korxonalarda ishlovchi ayollar davolovchi-
profilaktik ovqat bilan ta'minlanmoqdalar. Ishlovchi xomilador ayollarga tug’ruk 
uchun dekret ta'tiliga chiqqanda ham oziq-ovqatlar ajratilmoqda. Har bir 
korxonada, qonuniyatga asosan, ayollar shaxsiy gigiena xonalari jihozlanmoqda. 
Ommaviy ravishda ayollar mehnatidan foydalanadigan korxona va tashkilotlar 
bola emizish tartibini va kerakli sharoitlarni saqlab qolish uchun maxsus xonalar 
(bola emizish xonalari) ajratilmoqda. Bu xonalarning umumiy maydoni bir 
smenada ishlovchi ayollarning soni 100 tadan kam bo'lmagan holatda 15 m2 ni  
tashkil etishi lozim. 
Ishlovchi ayollarning salomatligini Saqlashning asosiy shartlaridan biri: 
1) ishlab chiqarishdagi kasbiy omillarni qat'iy hisobini olib borish,  
2) ayollarni salomatlik holatini kuzatib borish,  
3) o’z vaqtida profilaktik va davolash tadbirlarini o’tkazishdir.  
To'g'ri tashkil qilingan mehnat tartibi homiladorlikni yaxshi kechishiga, 
sog'lom bolani dunyoga keltirishga imkon beradi. Shifokor tavsiyasiga ko'ra 
xomilador ayollar (xomilalik davrida) yengil ishga o’tkaziladilar. Emizikli bolalari 
bo'lgan va 1 yoshga to’lmagan bolalari bor ayollar ishlarini bajara olmay 
qolganlarida o’rtacha  maoshi saqlangan holda  vaqtincha boshqa  ishga 
o’tkaziladilar.  


82 
 
Homilador,emizikli  va 1  yoshgacha  bo'lgan bolalari bor ayollarni 
ma’muriyat tomonidan biror bir sababsiz ishdan bo’shatish hollari ish joyini 3 
yilgacha saqlagan holda qonunda ko'rib chiqiladi.  
Mehnat to'g'risidagi qonun bo'yicha ayollarni salomatligiga ta'sir qiluvchi 
og’ir va zararli ishlarda mehnat qildirish, ishdan bo’shatish, homiladorlik davrida 
ayollarni oylik maoshini kamaytirish, homilalikning birinchi xaftasidan boshlab 
kechki ishlarga qoldirish, ishdan tashqari ishlatish, xizmat safariga jo’natish 
taqiqlanadi. 
Perinatal davridagi va onalar kasalliklarini  oldini olishning muhim chorasi 
xomiladorlik va tug’ruq bo'yicha  mehnat ta'tiliga yuborish hisoblanadi  Bu vaqtda 
ayol bola ko’rishga tayyorgarlik,dam olish va yangi tug'ilgan chaqaloqqa qarash  
imkoni yaratiladi, dekret ta'tili 126 kunni tashkil qiladi, bolani parvarish qilish 
uchun 3 yil ajratilib, shundan 2 yiliga pul to’lanadi. 
Barcha aytilganlardan ko’rinib turibdiki, hozirgi kunda kasallik kelib 
chiqishida xayot tarzining ekzogen ya'ni ijtimoiy omillari muhim ahamiyatga ega.  
Sog'lom turmush tarzini shakllantiruvchi barcha organ va muassasalar, 
ayniqsa birlamchi tibbiy-sanitariya yordam ko'rsatuvchi muassasalar (BTYoKM) - 
poliklinika va markazlar oldidagi asosiy vazifasi sanologiya asoslarini chuqur 
o'rganish bo'lib hisoblanadi.  
Aholi salomatligini yaxshilashga erishish uchun sog'lom xayot tarzini aholi 
ongiga singdirish darkor.Buni amalga  oshirishda sanitar targ’ibot  ishlari 
ko’maklashadi. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish