O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi


AYOLLAR VA BOLALARGA TIBBIY YORDAM



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/184
Sana27.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#130091
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

AYOLLAR VA BOLALARGA TIBBIY YORDAM 
KO'RSATISHNI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
 
 
Maqsad:   
- talabalarni onalik va bolalikni muhofaza qilish asosiy masalalari bilan 
tanishtirish; 
-  onalikni  muhofaza  qilish  muassasalari  (tug’ruqxona,  ayollar 
maslaxatxonasi va boshqalar) tarkibi, masalalari, nizomi, ko'rsatkichlari 
bilan tanishtirish; 
- bolalikni muhofaza qilish muassasalari tarkibi, masalalari, nizomi, 
ko'rsatkichlari bilan tanishtirish. 
 
Mazmuni 
 
Ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish - butun mamlakat aholisi 
Salomatligini saqlash va mustahkamlashning garovidir. Salomatlik bolalikdan 
qo’yib boriladi, bolalar salomatligi holati qanday ko'rsatkichlardan aniqlanishi, 
kattalar va butun aholining salomatligi undan ko’p miqdorda   bog’liq. Bolalar 
salomatligiga, ayniqsa xayotining birinchi yillarida ayol-onalar salomatligi sezilarli 
ta'sir qilishini yoddan chiqarmaslik lozim. Ijtimoiy-gigiena tanlov tadqiqotlar 
natijalari ko'rsatishicha,  bolalar  salomatligining  taxminan  25-30%  onalar 
salomatligi bilan, uning intizomlilik harakteri na faqat xomiladorlik va tug'ish 
davrida, balki xomiladorlikgacha bo'lgan davr bilan belgilanadi. Antiqa faylasuf 
Likrug "xalk boyligi sog'lom ayol tanasida yashiringanligiga" tasodifan iqror 
bo'lmagan.  
Ayollar va bolalar Salomatligini saqlash va ko'paytirishda Sog'liqni saqlash 
tizimi tarkibida maxsus tuzilgan - onalik va bolalikni muhofaza qilish (OBMK) 
tizimiga alohida e'tibor qaratiladi.   
Regionda bolalar tug'ilishini ortib borishi yoki kamayishi, aholining yosh 
tarkibi o’zgarib borishi, to'liq bo'lmagan oiladagi bolalar sonining ortib borishi, 
nikoxsiz tug’ilayotgan bolalar sonining ko'payishi bilan kechadigan demografik 
holatlarda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimining o’rni  yanada ortib 
boradi. 
OBMK faoliyatining masalalaridan biri ayollarning kasbiy faoliyati va uning 
ijtimoiy roli ona va turmush o’rtoq  o'rtasidagi salbiy ta'sir qarshilikni cheklash va 
tugatishdan iborat. Hozirgi vaqta O'zbekistonning turli soxalarida taxminan 40-
50% atrofida ayollar mehnat qilishmoqda.  
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko'rsatkich (Siriya, Yegipet)-3-17%, 
(Tunis, Kosta-Rika, Venesuela) -23-26% va  (Fillipin, Janubiy Koreya, Tayland) -
36-44% ko’rsatmoqda.  


126 
 
Ayollarning jamoat ishlab chiqarishdagi bandlik darajasi tabiiyki oliy o’quv 
yurtlarida ta'lim olayotgan talabalar tarkibida o’z aksini topadi. Quyidagiga ko'ra, 
mehnat jarayonida   bandlik darajasi yuqori mamlakatlarda o’quv yurtlarida ta'lim 
oluvchi  ayollar nisbatan yuqoriligi kuzatilmoqda. 
Ayollarning ishlab chiqarishda jamoat ishlari bilan bandligi juda baland va 
pasayish tendensiyasi ega emas. Bundan tashqari tan olish kerakki, ayollarning 
katta qismi psixologiyasi o’zgargan, shu sababli ular o’zlarini ishdan tashqarida 
tasavvur qila olmaydilar. Ko’pchilik ishlaydigan ayollar oiladagi mavqelarini 
oshirish, erkak bilan mustaqil va teng sharoitda bo'lish uchun  o’z ishlarini asosiy 
deb xisoblaydilar. 
Shu bilan  bir qatorda unutmaslik kerakki, ayollar kasbiy faoliyatda 
ishtirokidan tashqari, erkaklardan farqli ravishda vaqtlarining ancha qismini uy 
ishlariga sarflaydilar. Kuzatuv natijalari ko'rsatishicha, ayollar bir xaftada o’rtacha 
30 soat uy mehnatiga sarflaydilar, bu  esa erkaklarga nisbatan  2-2,5 barobar ko’p. 
Chunonchi, bola qancha kichik va ko’p  bo’lsa ayollarning bola tarbiyasiga 
shuncha ko’p  vaqt  talab  qilinadi, shu sababli uning uy xo'jaligini yuritishga ko’p 
vaqti sarflanadi, bo’sh vaqti esa kam bo’ladi. Shuning uchun, jamoat ishlab 
chiqarishida band  bo'lmagan  ayollarning 30%, ishlaydigan ayollarning 20% to'liq 
ish kuni bo'lmagan yoki alohida jadval bo'yicha ishlashni xoxlaydilar. Tabiiyki, 
imkon qadar qisqartirilgan ish kunini alohida va maktab yoshdagi bolali ayollar 
istaydilar. 
Ayol va onalarning o’ta qiyin sharoitlarini xisobga olgan xolda, ishlab 
chikarish  jarayonidagi ishtiroklarini onalik vazifalari bilan qo’shib olib borishlari, 
o’sib kelayotgan  avlodni Saqlash va mustahkamlash maqsadida onalik va 
bolalikni muhofaza qilish davlat  tizimi tuzilgan. Bunday tizim mavjudligi, nafaqat 
ayol-onalar va ular farzandlarining salomatligini ta'minlaydi, balki butun mamlakat 
aholisi salomatligini shakllanishida asos bo'lib hisoblanadi.  
Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimi o’z ichiga ayol-onalar va 
bolalarni ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini kafolatli ta'minlash, ayollar va bolalarga 
tibbiy yordam ko'rsatish uchun Sog'liqni Saqlash moddiy-texnika bazasini yaratish 
va bu tizim uchun xodimlar tayyorlashni qamrab oladi. Ayol-onalar va bolalarga 
kafolatli huquqlarni mavjudligi ayollarga qulayliklar yaratadi va davlat tomonidan 
bolalar  tarbiyasiga  g’amxo’rligini  ta'minlaydi.   Ayollarga  yaratilayotgan 
qulayliklarning muhim asosi bo'lib, ularni jamoat ishlab chiqarish sohasiga  jalb 
etishdir, bu esa ularga iqtisodiy mustaqillik yaratadi, madaniy darajasini 
yuksalishiga yordam beradi.        
Ishlab chikarish munosabatlari qiziqishlarini ayollar salomatligi va ular 
farzandlari xotirjamligi bilan bog'liqlikda bezarar tashkil qilish  uchun bir qator 
xukumat qarorlari ishlab chiqildi va chop etildi.   
Bundan tashkari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining bir qator 
qarorlari asosida tibbiyot muassasalari ishini yaxshilash: tug’uruqxonalar, ayollar 
maslaxatxonalari hamda ayollar va bolalarga xizmat ko'rsatuvchi boshqa 
ixtisoslashgan muassasalar ishini yaxshilash borasidagi  masalalarni xal qiluvchi 
maxsus ishlab chiqilgan dasturlar tasdiqlandi. 


127 
 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish