yo’nalishlarida profilaktika har doim muhim ahamiyat kasb etgan va etib
kelmoqda, shuning uchun 10-15 yil mobaynida profilaktika tadbirlari keng olib
boriladigan vrach va bemorning birinchi kontakti bo’lgan birlamchi tibbiy
muassasalarni isloh qilish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini
takomillashtirishga katta e'tibor berildi.
Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri tibbiy
yordam modelining tashkiliy strukturasi bilan bog’liq bo’lgan jamiyatning
bevosita va bilvosita yo’qotishlarini kamaytirish maqsadida Sog’liqni saqlash
tizimini intensiv rivojlantirish va mavjud resurslardan samarali foydalanish
maqsadida yangi iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqishdir. Bu esa o’z navbatida
tibbiy xizmatni restrukturizatsiya qilish va tibbiy xizmat ko’rsatishning yangi
usullarini keng tadbiq etishni talab qiladi.
Shuning uchun umumamaliyot shifokori tizimiga o’tish yangi turdagi
davolash-profilaktika muassasalarini tashkil qilishni talab etmoqda - qishloq va
shahar aholisi yashash joyida malakali tibbiy xizmat olish uchun qishloq va shahar
(mahalla) vrachlik punktlari (QVP, ShVP) tashkil qilinmoqda.
Birinchi marta respublikada tibbiy xizmatni yangi turlari hamda umumiy
amaliyot shifokori tizimi ishlab chiqildi va tadbiq etildi, jumladan, qishloq vrachlik
punktlari orqali. Bu esa o’z navbatida, qishloq sharoitida tibbiy muassasalarni
integrasiya qilish va samarasiz ishlayotgan tibbiy muassasalarni tugatish imkonini
20
berdi. Mazkur muassasalar sonini qisqarishi qishloq sharoitida ko’p bosqichli
yordamdan (FAP, QVA, KUK, RK, MRK) ikki bosqichlik yordam (QVP, MRK)
tizimiga yetish imkonini yaratdi va aholini turli muassasalarga murojaatini
kamaytirdi.
Islohotlarning asosiy natijalaridan biri davlat, xususiy va boshqa sog’liqni
saqlash tizimlarini yaratilishi bo’ldi. Olib borilayotgan islohotlar va uzoq muddatli
konsepsiya Sog’liqni saqlash tizimini bosqichma- bosqich sug’urta tibbiyotida
o’tishni ta'minlab beradi.
Shunday qilib, 1998-2005 yillardagi islohotlarning asosiy vazifalari
quyidagilar hisoblandi:
- aholiga dastlabki tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishning kafolatlangan darajasi
sifatini davlat tomonidan ta'minlash;
- aholiga shoshilinch va kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam tizimini
mustahkamlash;
- davolash-profilaktika muassasalarini tashkil etish va joylashtirish tizimini
takomillashtirish, umumiy amaliyot shifokori tizimiga bosqichma-bosqich o’tish;
- tibbiy xizmatlar va sug’urta tibbiyoti bozorini vujudga keltirish;
- sog’liqni saqlashni boshqarish tizimini soddalashtirish, davolash-profilaktika
muassasalariga ko’proq mustaqillik berish hisobiga uning samaradorligini oshirish,
sog’liqni saqlash tizimida nodavlat sektori hamda xususiy vrachlik amaliyotini
rivojlantirish;
- bepul tibbiy xizmatlar ko’rsatishda byudjet harajatlari samaradorligini oshirish,
aralash va xususiy moliyalashning turli shakllarini rivojlantirish hisobiga sog’liqni
saqlashning moliyaviy negizini takomillashtirish;
- tarmoqni isloh qilishning me'yoriy-huquqiy negizini tashkil etish;
- tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning mahoratini oshirish
jarayonini takomillashtirish;
- jismoniy tarbiyani rivojlantirish va aholi salomatligini profilaktika qilishning turli
shakllarini integratsiyalash;
- xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda tarmoqqa xorijiy sarmoyalar va
texnologiyalarni jalb qilishni kengaytirish.
Sog’liqni saqlashni mablag’ bilan ta'minlashni takomillashtirish tibbiy
xizmatlarni bepul va pullik xizmatlarga ajratilishi orqali olib borilishi ko’zda
tutilgan. Bepul ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar davlat byudjeti tomonidan, pullik
xizmatlar esa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mablag’ bilan ta'minlanadi.
Tibbiy xizmat bozorini rivojlantirish o’z navbatida tibbiy muassasalarni
samarali boshqarish, davolash va profilaktika muammolarini samarali yechimini
topish maqsadida nafaqat professional bilimlarga, balki menedjment va marketing
bilimlariga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash muammosini keltirib chiqaradi.
Sog’liqni saqlash tizimi vazifalarini hal etishda aholiga ko’rsatilayotgan
tibbiy xizmatining usul va uslublari hisoblanadi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |