G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

             
 
V BOB. OSIYO MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI 
 
5.1. Yaponiya ta’lim tizimi va unga daxldor masalalarning olib borilishi 
 
Yaponiya  –  Sharqiy  Osiyoda,  Tinch  okeandagi  orollarda  joylashgan  davlat. 
Uning  hududida  6,5  mingga  yaqin  orol bor. Eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, 
Sekoku  va  Kyusyu.  Yaponlar  o‘z  davlatlarini  ―Nixon‖,  ―Nippon‖  deb  atashadi. 
Uning  ma‘nosi ―Kunchiqar mamlakat‖  deganidir. 
Maydoni  377,8  ming  kv.km.  Aholisi  127  mln.  960  ming  kishi  (2011  y).  Aholisi 
bo‘yicha dunyoda 10 o‘rinda turadi. Poytaxti – Tokio shahri. 
1992  yilda  Yaponiyaning  Toshkentdagi  elchixonasi  o‘z  faoliyatini  boshlagan. 
Davlat 
boshqaruvi 
konstitutsion 
parlamentar 
monarxiyaga 
asoslangan. 
Konstitutsiyaga  ko‘ra,  Yaponiya  imperatori  davlatni  boshqarishda  Vazirlar 
Mahkamasining  qarorlariga  tayanadi.  Barcha  davlatlararo  rasmiy  uchrashuvlarda 
imperator davlat  boshlig‘i sifatida qatnashadi. 
Akixito  1989 yildan  beri Yaponiya imperatori  bo‘lib kelmoqda. 
Iqtisodiy  qudrati  jihatidan  Yaponiya  jahonda  Amerika  Qo‘shma  Shtatlaridan 
keyin  ikkinchi  o‘rinda  turadi.  Jahonning  ko‘zga  ko‘ringan  ruhshunoslari  va 
iqtisodchilari  Yaponiya  rivojlanishidagi  bu  ulkan  parvozni  mamlakatda  ta‘lim 
tizimlari  taraqqiyotiga  berilgan  yuqori  darajadagi  e‘tibor  samarasi,  deya  qayd 
etadilar.  Bu  bejiz  emas.  Kun  chiqish  mamlakati  deb  yuritiladigan  bu  o‘lkada ta‘lim 
tizimlarini  bosqichma-bosqich  takomillashtirib  borilishiga  hukumat,  xususiy 
kompaniyalar,  jamoat  tashkilotlari,  ota  -  onalar  qanchalik  omilkorlik  bilan 
yondashayotganligini  guvohi  bo‘lamiz.  
Tabiiyki,  Yaponiya  ta‘lim  tizimining  yuksak  parvozi  o‘z-o‘zidan  bo‘lgani 
yo‘q.  Uning  ham  o‘ziga  xos  inqirozi  va  muammolari  bo‘lgan. Buni to‘liq tasavvur 
qilish  uchun  mamlakat  pedagogik  tamoyillari  va  taraqqiyotining  tarixiy 
bosqichlariga nazar tashlash  kifoya.  
Zamonaviy  ta‘lim  tizimi  bosqichlari 
1.  ASOS  SOLISH  BOSQICHI  (1868-1885  yillar).  Zamonaviy  ta‘limning  ilk 
ustunlari  yaratildi.   
2.  BIRLASHISH  BOSQICHI  (1886-1916  yillar).  Turli  xil  maktab  qonunlari  chiqa 
boshladi, sistematik  ta‘lim  tizimi  yaratildi.   


 
93 
3.  TARQALISH  BOSQICHI  (1917-1936  yillar).  Ta‘lim  tizimi  Ta‘lim  bo‘yicha 
Favqulodda kengashning  tavsiyalariga  asosan rivojlantirildi.   
4.  HARBIY  BOSQICH  (1937-1945  yillar).  Harbiylashgan  ta‘limning  cho‘qqisi 
davri.  
5.   ZAMONAVIY   BOSQICH (1945 yildan  hozirga qadar).  
Yapon  ta‘limining  mumtoz  shakllanishi  1867  —  1868  yillardagi  mamlakat 
hukmdori  Meydzi  tomonidan  amalga  oshirilgan  islohotlarga  borib  taqaladi.  Bu 
hukmdorning  o‘z oldiga qo‘ygan ikki qat‘iy shiori bo‘lib, biri ―Fukoku- kioxsi‖ — 
boyish,  mamlakatni  mustahkamlash  va  harbiylashtirish,  ikkinchisi  esa  ―Siokusan 
kogio‖-ilg‘or  G‘arb  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  asosida  mamlakat  iqtisodiyotini 
rivojlantirish  edi.  Meydzi  bu  ikki  maqsadni  amalga  oshirishning  bosh  omili  ta‘lim 
tizimlarini  tubdan o‘zgartirish  va yangilashda  deb hisoblardi.  
Davlat  boshlig‘ining  bu  xulosalari  Yaponiyada  1872  yilda  ―Ta‘lim  haqida 
Qonun‖  qabul  qilinishiga  olib  keldi.  Qonunga  muvofiq  tez  orada  eski  uslubdagi 
ta‘lim  tizimi  o‘rnida  mamlakat  rivojlanishini  ta‘minlashga  samarali  xizmat 
qiluvchi  yangi  yo‘nalishdagi  53750  ta  boshlang‘ich  256  ta  o‘rta  maktab,  8  ta 
dorilfunun  tashkil  etildi.  Bu  o‘quv  yurtlaridagi  ta‘lim  shakllari  ma‘rifatli  G‘arb 
ta‘lim  uslublari  bilan  uyg‘unlashtirildi,  1890  yilga  kelib  ilgarigi  3-4  yillik 
boshlang‘ich  maktablar  muntazam  4  yillikka  aylantirildi  va  u  bepul  amalga  oshirila 
boshlandi.  
1908  yildan  boshlab  Yaponiyada  boshlang‘ich  ta‘lim  majburiy  6  yillikka 
aylantirildi.  O‘quv-tarbiya  ishlari  bepul  amalga  oshiriladigan  bo‘ldi.  1893  yildan 
e‘tiboran Yaponiyada kasb yo‘nalishidagi  dastlabki kollejlar  paydo bo‘la boshladi.  
Birinchi  dorilfunun  1886  yilda  Tokioda  tashkil  etildi.  Lekin  bu  dorilfununga 
oliy  tabaqali  aslzodalarning  bolalari  qabul  qilinardi.  Asr  boshida  mamlakatda 
ayollar  uchun  ham  dorilfununlar  tashkil  etildi.  Lekin  bu  bilim  maskanlarida  xotin-
kizlar  uchun faqat xo‘jalik  yuritish,  oila iqtisodiyotidangina  ta‘lim  berilardi.   
 1897  yilda  Kiatoda  ikkinchi  dorilfunun  ochildi.  Ikkinchi  jahon  urushida 
Yaponiya  mag‘lubiyatga  uchragandan  keyin  mamlakat  maorifi  tizimlariga 
Amerika  Qo‘shma Shtatlari ta‘lim  tamoyillari  kirib  kela  boshladi.  
1946  yilda  qabul  qilingan  Konstitutsiya  Yaponiya  fuqarolarining  ta‘lim 
sohasidagi  huquq  va  burchlarini  belgilab  berdi.  Unda  «Layoqatiga  ko‘ra  barcha 
fuqarolar  bilim  olish  huquqiga  ega.  Barcha  bolalar  bepul  umumiy  ta‘lim  olishlari 
shart» ekanligi  belgilab  qo‘yilgan.  
1947  yilda  qabul  qilingan  «Ta‘lim  haqida  Qonun»  Yaponiya  konstitutsiyasi 
ruhiga  uyg‘un  bo‘lib,  mamlakatda  ta‘limning  maqsad  va  vazifalarini  to‘la  ifoda 
etadi.  Unda,  jumladan,  shunday  deyiladi:  «Biz  shaxsiy  g‘ururi  bor,  o‘zining 
qobiliyati  va  imkoniyatiga  ishonuvchi,  haqiqat  va  tinchlikni  sevuvchi  odamlarni 
tarbiyalaymiz,  toki  ular  ko‘p  qirrali  madaniyat  sohibi  bo‘lsinlar».  Shunday  qilib, 
Yaponiya‘ning  Ta‘lim,  fan  va  madaniyat  vazirligi  boshqaruvi  hozirgi  kunda  qat‘iy 
markazlashdi,  ilg‘or  xalqaro  standartlar  darajasidagi  yapon  ta‘lim  tizimlari  qaror 
topdi.  
                   Majburiy ta’lim  
O‘quv  yili  aprel  oyidan  boshlanadi.  Boshlang‘ich  hamda  o‘rta  maktab  barcha 
uchun  majburiy  hamda  bepuldir.  Boshlang‘ich  maktab  o‘quvchilari  (1-6  sinflar) 


 
94 
uchun  uyga  vazifa  berilmaydi.  Biroq  o‘rta  (7-9  sinflar)  va  oliy  maktab  (10-12 
sinflar)  o‘quvchilari  uchun ko‘p uy vazifasi beriladi. 
1. Boshlang‘ich maktab 6 yil. 
2. O‘rta maktab 3 yil. 
3. Oliy  maktab 3 yil. 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish