G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 


BOB. 
QIYOSIY 
PEDAGOGIKAGA 
(PEDAGOGIK 
KOMPARATIVISTIKA
1
GA) KIRISH 
 
1  Qiyosiy  pedagogika  alohida  fan  sohasi  sifatida  (Qiyosiy  pedagogika 
tushunchasi,  uning  obyekti,  predmeti,  vazifasi  va  bajaradigan  ishi;  milliy  ta‘lim 
tizimi  tushunchasi). 
 
Qiyosiy pedagogika tushunchasi. Qiyosiy pedagogika yoki komparativistika 
dastlab  falsafa  fanlari  sohasida  shakllangan  bo`lib,  turli  masalalarni,  jumladan, 
o`sib 
kelayotgan 
yosh 
avlod 
ta‘lim-tarbiyasi 
muammolarining 
jahon 
mamlakatlarda  rivojlanish  masalalarini  ham  o`rgangan.  Qadim  zamonlardayoq, 
falsafiy  ta‘limotlar  mazmunida  turli  xalqlar  va  mamlakatlarda  bolalarga  qanday 
ta‘lim-tarbiya  berganliklari  to`g‘risida  anchagina  ma‘lumotlar  mavjud  edi.  Ularda 
ta‘lim-tarbiya  metodlari  va  qadriyatlari  umumlashtirilgan  bo`lib,  katta  avloddan 
yosh  avlodga  hayotiy  tajribani  qanday  etkazilayotganligining  o`ziga  xos  jihatlari 
tahlil  qilingan  edi.  
Zamonaviy  tilda  qiyosiy  pedagogika  komparativistika  deb  ham  ataladi.   
Komparativizm  (lot.  comparativis-qiyosiy)  qiyoslash  va  taqqoslash  ma‘nosini 
anglatib,  tarixiy  taraqqiyot  tendensiyalarining  o`xshash  va  farqli  jihatlarini 
aniqlash,  o`xshash  hodisalarning  o`zaro  mos  jihatlarini  ajratishni  o`zida 
mujassamlashtiradi.  Ingliz  tilida  ―to  compare‖  ham  ―taqqoslash‖  degan  ma‘noni 
anglatadi.  Mustaqil  falsafiy  tushuncha  sifatida  komparativizm  turli  fan  sohalarida, 
shuningdek,  adabiyotshunoslikda  turli  xalqlar  badiiy  adabiyotida  obraz  va syujetlar 
rivojlanish  jarayonini  qiyosiy  tarixiy  tahlil  etishda  qo`llaniladi.  Ta‘lim  nazariyasida 
―komparativistika‖  tushunchasi  ―qiyosiy  pedagogika‖  tushunchasi  bilan  bir sinonik 
qatorda  turadi.  Shuning  uchun  pedagogikaning  bu  sohasini  ―pedagogik 
komparativistika” deb atasa ham xato bo`lmaydi.   
Tadqiqotchilarning  ta‘kidlashicha,  chet  el  manbalarida  ko`proq  ―qiyosiy 
pedagogika‖  emas,  balki  ―qiyosiy  ta‘lim‖  atamasi  ishlatiladi.  Zero,  ―ta‘lim‖  (ing. 
education‖)  so`zi  pedagogika  (―pedagogie‖)  so`ziga  nisbatan  keng  ma‘noda 
qo`llaniladi.  Chet  el  pedagogik  an‘anasiga  ko`ra  ―ta‘lim‖  so`zi  rivojlanish,  ta‘lim 
va  tarbiya  birligini  anglatadi.  Shu  bilan  bir  qatorda  pedagogika  faqat  bolalarning 
ta‘limi  va  tarbiyasiga  taalluqli  tushuncha  sifatida  qo`llaniladi.  Shuning  uchun  ham 
chet  el  ta‘rifida  ―qiyosiy  ta‘lim‖  (―education  compare‖)  iborasini  ―qiyosiy 
pedagogika‖  (―pedagogie  comparative‖)  ga  nisbatan  ko`proq  ishlatilishini 
kuzatamiz.  Biz  ―qiyosiy  pedagogika‖,  ―pedagogik  komparativistika‖,  ―qiyosiy 
ta‘lim‖  va  ―komparativistika‖  tushunchalarini  bir  ma‘nodosh  so`zlar  qatorida 
qo`llaymiz.  Chunki  bir  qancha  farqli  jihatlariga  qaramasdan,  zamonaviy  pedagogik 
nazariyasi  va  amaliyotida  bu  tushunchalar  tez-tez  aynan  bir  xil  hodisa  va 
jarayonlarni  belgilashda  ishlatiladi.  Shuni  alohida  ta‘kidlash  lozimki,  bugungi 
kunda  ―qiyosiy  pedagogika‖  tushunchasi  O`zbekistonda  kengroq  tarqalgan. 
Umuman  olganda,  qiyosiy  pedagogika  turli  mamlakatlarda  maorif,  ta‘lim  va 
tarbiyaning  o`ziga  xos  jihatlarini  o`rganuvchi    pedagogikaning  mustaqil  tarmog‘i 
                                                 
1
 
Komparativizm  lot. comparativis- qiyoslash va taqqoslash ma‘nosini anglatadi.
 


 

sanaladi.  Qiyosiy  pedagogika  keng  ma‘noda  dunyoning  turli  davlat  va 
hududlarida  ta‘limning  holati,  qonuniyatlari  va  rivojlanish  tendensiyalarini 
o`rganuvchi  fan  sohasi  bo`lib,  xorij  tajribasini  qo`llash  yo`li  orqali  milliy  ta‘lim 
tizimini  o`zaro boyitish usullarini  ishlab chiqadi. 
 Qiyosiy  pedagogikaga  yanada  aniqroq  ta‘rif  beradigan  bo`lsak,  u 
pedagogikaning  mustaqil  fan  sohasi  sifatida  dunyoning  turli  davlat  va 
mamlakatlarida  pedagogika  nazariyasi  va  amaliyotining  rivojlanish  tendensiyalari, 
qonuniyatlari  va  holatini  o`zaro  taqqoslab  o`rganadigan  fandir.  Shuningdek,  u 
umumiy  tendensiyalarning  milliy  va  regional  o`ziga  xosligining  mos  va  farqli 
jihatlarini  ajratib  ko`rsatadi  hamda  milliy  ta‘lim  tizimini  xorij  tajribasi  orqali 
o`zaro  boyitish  shakl  va  usullarini  ishlab  chiqadi.  ―Qiyosiy  pedagogika‖ni 
tushunishga  nisbatan  bu  yondashuvlarning  har  biri  uning  o`ziga  xos  mohiyatini 
ochib beradi. 
Birinchidan,  u  pedagogika  fanining  aniq  muayyan  sohasi.  Ikkinchidan, 
dunyoning  turli  davlat  va  hududlarida  maorif,  ta‘lim,  tarbiya,  pedagogika 
nazariyasi  va  amaliyotining  rivojlanish  jarayonini  o`rganishga  yo`naltirilgan. 
Uchinchidan,  qiyosiy  taqqoslash  darajasidagi  tahlil  xorij  tajribasini  ma‘lum 
darajada  qo`llash  uchun  amalga  oshiriladi.  To`rtinchidan,  milliy  ta‘lim  tizimini 
o`zaro boyitishning  o`ziga  xos shakl va usullari  ajratib  ko`rsatiladi.   

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish