G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


BOB.  YEVROPA  MAMLAKATLARIDA  TA’LIM-TARBIYA



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

BOB. 
YEVROPA  MAMLAKATLARIDA  TA’LIM-TARBIYA 
MASALALARINING OLIB BORILISHI VA UNING QIYOSIY TAHLILI 
 
                      
 
 4.1. Germaniyada ta’lim-tarbiya jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari 
 
Germaniyada  mavjud  bo‘lgan  asosiy  qonun  har  bir  fuqaroga  o‘z  shaxsini 
erkin  kamol  toptirish,  qobiliyatlari  va  qiziqishiga  qarab  maktab,  o‘quv  yurti  va 
kasb  tanlash  xuquqini  beradi.  Ta‘lim  sohasidagi  siyosatning  maqsadi  shundan 
iboratki,  u  har  bir  insonni  optimal  darajada  qo‘llab-quvvatlash, uning manfaatlariga 
javob  beradigan  malakaviy  tayyorgarlikdan  o‘tish  imkoniyatini  yaratadi.  Har  bir 
fuqaro  hayoti  davomida  umumiy,  kasbiy  va  siyosiy  ta‘lim  olish  imkoniyatiga  ega 
bo‘lishi  lozim.  Ta‘lim  sohasidagi  siyosatning  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri  yosh 
avlodni  demokratik  mamlakatda  mas‘uliyat  hissiga  ega  mustaqil  fuqarolar  etib 
tarbiyalashdir.   
Germaniya  sanoatlashgan  davlat.  Xom  ashyo  jihatdan  zaif  mamlakat  sifatida 
yaxshi  tayyorlangan  mutaxassislarsiz  rivojlana  olmaydi.  Buning  uchun  Germaniya 
ta‘lim  sohasiga katta mablag‘ ajratadi.   
Huquqiy  asoslar.  Asosiy  qonunning  7-moddasiga  muvofiq  butun  maktab 
ta‘limi  tizimi  davlat nazorati  ostidadir.  
Federativ  qurilishga  muvofiq  ta‘lim  sohasidagi  vakolatlar  federatsiya  va  yerlar 
o‘rtasida  bo‘linadi.  Jumladan,  Germaniyadagi  mavjud  16  ta  yerlarning  hammasida 
ham o‘zlarining  ta‘lim  to‘g‘risidagi qonunlari  mavjud.   
Ta‘lim  sohasidagi  qonunchilik  va  boshqaruv,  asosan,  yerlarning  vakolatiga 
kiradi.  Bu,  avvalombor,  o‘rta  va  oliy  ta‘lim  tizimi,  kattalarni  o‘qitish  tizimi  va 
ta‘lim  darajasini  oshirish tizimiga  tegishlidir.   
―Maktab  ta‘limi  tizimini  muvofiqlashtirish‘  to‘g‘risidagi  yerlararo  bitim  (1971 
y.  14  sentabrda  qabul  qilingan  Gamburg  bitimi)  ushbu  tizimning  umumiy  va 
qiyosiy  tuzilmasini  belgilaydi.  Ushbu  bitimga  asosan  yerlar  qonunchilik  organlari 
tomonidan  maktabda  ta‘lim  olishning  majburiyligi,  tashkiliy  shakllar,  imtihon 
natijalarini  e‘tirof  etishga  tegishli  bo‘lgan  majburiy  qoidalar  qabul  qilindi.  Bundan 
tashqari  qo‘shimcha  qarorlar  qabul  qilinib,  yerlar  Madaniyat  va  ta‘lim  vazirligining 
Doimiy  anjumani  (KMK)  barcha  yerlarda  umumta‘lim  va  kasb-hunar  maktablarini 


 
58 
tamomlaganlik  haqidagi  guvohnomalarni  tan  olish  uchun  ham  umumiy  asoslarni 
yaratadi.  
Bular,  xususan,  gimnaziyalarning  yuqori  bosqichlarini  qaytadan  tashkil  qilish 
to‘g‘risidagi,  yetuklik  shahodatnomasi  uchun  imtihonlarga  qo‘yiladigan  yagona 
talablar  to‘g‘risidagi  va  maktab  ta‘limi  tizimida  yakdillik  va  qiyoslashning  zarur 
darajasini  ta‘minlaydigan  birlashgan  maktablarni  tamomlaganlik  to‘g‘risidagi 
guvohnomalarni  o‘zaro e‘tirof etish haqidagi  qarorlardir.   
Germaniya‘ning  birlashuvidan  so‘ng  KMK  doirasidagi  bitimlarga  asosan 
yangi  yerlarning  ta‘lim  tizimini  tuzilmaviy  qayta  qurish  markaziy  vazifaga  aylandi. 
Landtaglar  tomonidan  maktab  to‘g‘risidagi  qonunlar  qabul  qilingandan  so‘ng 
yangi  yerlarning  beshtasida  1992-1993  o‘quv  yilidan  boshlab  maktab  ta‘limining 
ko‘proq onali tizimi  joriy  etildi.    

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish