143
AQSHning o‘rta maktablarida tabiiy fanlarni o‘rganishning majburiyligi barcha
maktablarga taalluqli emas edi. Ko‘plab shtatlarning hukumat komissiyasiga
tavsiyasi bilan o‘rta maktablarning yuqori sinflarida matematika va tabiiy fanlar
uch yil mobaynida, informatika esa yarim yil mobaynida o‘qitiladigan bo‘ldi.
Buyuk Britaniyada esa ―Ta‘limni isloh qilish to‘g‘risida‖gi qonun (1988y)ga
muvofiq tabiiy fanlarni o‘qitish majburiy bo‘lmagan boshlang‘ich va to‘liqsiz o‘rta
maktablarda tabiiy fanlarni majburiy maktablarning barcha o‘quvchilari uchun
majburiy qilib belgilangan.
1
Shuningdek, 80 - yillarda GDRning ayrim yerlarida Asosiy maktabning o‘rta
sinflarida matematika fanlarini o‘rganish haftasiga 4-5 soat o‘quv soatiga
ko‘paytirilgan.
Tabiiy bilimlarni oshirishga intilish nafaqat rivojlangan mamlakatlar uchun,
balki, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham xarakterlidir. Shu o‘rinda hind
pedagogi U.S.Choudharining quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tish joiz:
- ―Dunyo tabiiy fanlar inqilobidan qayg‘uradi. Uning markazi industrlashgan
davlatlar bo‘lsa, hayotning barcha jabhalarida uning ta‘sirini sinab ko‘ruvchi
rivojlanayotgan mamlakatlardir‖.
2
Shimoliy va Markaziy Yevropa davlatlariga taalluqli ta‘lim mazmuni
egallagan tabiiy ilmlarni oshirish diqqat e‘tiborga muhtoj bo‘lgan bo‘lgan predmet,
yoki MDH davlatlarida kamaytirilgan. Afrika mintaqaviy konferensiyasida (1982
yil) shunday deyilgan: ―Qit‘adagi mamlakatlar tabiiy bilimlarni yangilash uchun
yangi dastur va darsliklar tayyorlashmoqda‖.
1
Shuningdek, asosiy e‘tibor (o‘qitishda) o‘quvchilar kundalik hayot bilan
bog‘liq bo‘lgan hayotiy bilimlarni oshirishlarida deyilgan.
Buyuk Britaniyada matematikani o‘qitish komissiyasining dokladida (1988
y) bu fan sohalari quyidagilarga ajratildi: ―Maktabda o‘rganish uchun zarur
bo‘lgan: hisob, algebra, geometriya, statistika va ehtimollar nazariyasi, algoritm,
elementar dasturlash kabilar‖.
2
Mualliflar o‘z nutqlarida matematikaning hayot-
mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lganlariga asosiy e‘tiborni qaratgan.
80-90- yillar dunyo mamlakatlari ta‘lim mazmunidagi islohotlarda tabiiy
fanlarning integratsiyalashuvi vujudga kelgan.
Integratsiyalash
modeli
o‘quv
materiallarining
yuqori
darajada
integratsiyasi, masalan, «energiya» mavzusi fizika fanida o‘tiladigan bo‘lsa,
biologiya va ximiya fanlarida boshqa mavzular orqali bir-birisi bilan bog‘langan.
Shuningdek, mazkur uchta fanlar ketma-ketlik asosida o‘rgatilgan. Ya‘ni
biologiya, fizika, kimyo alohida o‘rgatilgan, lekin bir vaqtda emas.
Tabiiy bilimlar kursidagi bu kabi yondashuvdan Yaponiyaning kichik o‘rta
maktablarida foydalanilgan.
Amerika pedagogi R.Fogarti fanlar integratsiyasining o‘nta variantini
ajratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: