Maktabgacha tarbiya
Amerika boy mamlakat. Lekin bu mamlakatda bolalar uch yoshga to‘lgunga
qadar onalarga turli moddiy imtiyozlar berish ko‘zda tutilmagan.
Farzandlarga qarab uyda o‘tiradimi yoki enaga yollab ishga tushadimi, bu
onalarning ishi. O‘zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o‘ynaydigan,
uxlaydigan, ovqatlanadigan alohida xonalari bo‘lgan bog‘cha va yaslilar
Amerikada odat tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila uchun haftasiga 200
dollardan kamga tushmaydi. Bu mamlakatda 30 - 40 bolaga mo‘ljallangan xususiy
va davlat tasarrufidagi bog‘chalar mavjud. Ular enaga yollashdan bir oz
115
arzonroqqa tushadi. Lekin har ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatni
eedirishadi, krovatchalar, ko‘rpa-to‘shak, yostiqchalarni ota - onalarning o‘zlari
olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar, o‘quv dasturlari yo‘q. Bolalar
yozda atrofdagi ko‘kalamzorlarda o‘ynab dam olaishdi.
Makatabgacha ta‘lim muassasasida bolalar yoshlariga qarab turli guruhlarda
tarbiyalanadi, ularga tarbiyachi - mutaxassis qaraydi, ular ovqatni tayyorlab beradi,
turli qo‘shiqlar, she‘rlar o‘rgatadi, quvnoq o‘yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o‘z
uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy qoidalar, o‘quv dasturlari joriy qilinmagan.
Lekin bolalar uchun haqiqiy ta‘lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga
to‘lganlaridan keyin boshlanadi. Ana shu yoshda ular ‖Kinder garden‖ deb
ataluvchi tayyorlov bog‘chalariga jalb etiladi. Ular hukumat tasarrufida bo‘lib,
bog‘chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus ‖maktab
avtobusida‖ uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar
yo‘l-transport hodisalaridan to‘la muhofaza etilgan: sariq rangga bo‘yalgan, uning
signallariga barcha transport vositalari itoat etishga majbur. Maktab avtobuslarini
boshqa transport vositalari quvib o‘tishi mumkin emas, tartibni buzganlar qattiq
jazolanadi.
Ko‘chalarda, maktabga ketayotganda yoki qaytayotganda alanglab yurgan,
o‘ynab, futbol tepib yurgan bekorchi bolani uchratish amrimahol. Bolalarni
maktabda ham, uyda ham shaxsiga tegilmaydi, do‘pposlashmaydi, u erkin
o‘smog‘i kerak. Agar biror bola ‖meni urdi‖ deb ota - onasidan shikoyat qilsa,
ma‘lum muddatga ana shu ota - onalar ayrim hollarda ota - onalik huquqidan
mahrum qilinadilar. Maktabga bolalar o‘zlari xohlagan kiyimda boradilar. 5 yoshli
bolalarni maktabga tayyorlash ota - onalarning, bog‘cha va maktabning, ommaviy
axborot vositalarining ishi.
AQSH
televideniyasining
alohida
kanalida
―Sezam ko‘chasi‖ deb
nomlanuvchi ko‘rsatuvlar dasturi mavjud, u o‘quvchilarga ingliz tili, alifbo,
arifmetik amallarni bajarish, sanash, o‘qish, koinot, tabiat, geografiya, tarix
bo‘yicha bilimlarni o‘ta qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi.
Amerika ko‘p millatli mamlakat. Lekin har bir millat o‘z farzandiga milliy
urf-odatlarini, tilini o‘rgatishga jiddiy ahamiyat beradi. Ko‘pincha bu vazifani katta
avlod amalga oshiradi.
O‘zbeklar ham o‘z ona tilini, urf - odatlarini, dinini o‘z farzandlariga
singdirishga astoydil intilishadi. O‘zbek bolalari ham Markaziy Osiyoda o‘z
mamlakatlari borligini biladilar, g‘oyibona intiladilar, u haqda ko‘p narsalarni
ko‘rish, eshitish, o‘qishni istaydilar. O‘zbekistonga kelish har bir amerikalik
o‘zbeklarning muqaddas orzusidir.
Besh yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning asosini ularni
maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshlilar bog‘cha guruhlarida bo‘lsalarda,
lekin bu guruhlardagi ta‘lim boshlang‘ich sinfdagi ta‘limga yaqin turib, amalda
uning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining ta‘lim
dasturi ko‘p jihatdan ota - onalar bilan hamkorlikda ish olib borishga
mo‘ljallangan, u pirovard natijada bolalarni boshlang‘ich maktablarga puxta
tayyorlab berishga xizmat qilishi kerak. Shuningdek, maktabgacha tarbiya
muassasalari bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi, umuminsoniy fazilatlarni
116
o‘zlashtirishi, bolalar jamoasi ichida o‘zini tutish, samimiylik, mehnatsevarlik,
foydali xatti-harakatlarning ilk shakllanishiga erishmoqlarini, tozalik, ozodalik va
pokizalikka o‘rganishlarini ta‘minlab berishi lozim. Yuqorida aytganimizdek,
maktabgacha
tarbiya
muassasalarining
xususiylari
ham
bor.
Lekin
u
Yaponiyadagidek rivojlangan emas. Amerikada xususiy bog‘chalar davlat
dasturiga kiritilgan.
Amerikada o‘quvchilarning o‘z fikrini so‘zda mukammal, aniq ifodalab bera
olishiga, o‘zligini anglash, o‘zining qadr-qimmatini e‘zozlash, shaxsiy qobiliyatini
ro‘yobga chiqarish tuyg‘ularini tarbiyalashga katta e‘tibor beriladi. Bolalarda ana
shu his - tuyg‘ularini shakllantira borish ilk yoshdanoq boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |