11-§. METALLARDA ELEKTR TOKI
Erkin elektronlarning tartibsiz harakati
Qattiq jismlarning, jumladan, metallarning atomlari tartibli davriy
strukturali kristall panjarani tashkil etadi. Kristall panjaraning atom
(ion)lar joylashgan nuqtalari tugunlar deyiladi.
Metall atomining eng chekka orbitasidagi elektronlar o‘z yadrosi bilan
kuchsiz bog‘langan bo‘ladi. Metallarda bunday elektronlar o‘z atomini tark
etib, erkin elektronlarga aylanadi, atomlar esa musbat ionga aylanib qoladi.
Ion — elektroni ortiqcha yoki elektroni yetishmaydigan atom. Agar atomni
elektronlaridan birontasi yoki bir nechtasi tark etsa, bunday atom musbat
ionga aylanadi. Atom ortiqcha elektron olganda esa, bu atom manfiy ionga
aylanib qoladi. 1 sm
3
metallda 10
22
—10
23
ta erkin elektron mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |