143
Masala yechish namunasi
Quvvati 9 W bo‘lgan va 9 V kuchlanishda ishlaydigan ko‘chma radio ichidagi
transformatorning birlamchi chulg‘ami 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan. Agar
transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi o‘ramlar soni 9 ta bo‘lsa, birlamchi
chulg‘amdagi o‘ramlar sonini hamda radio ishlab turgan paytdagi har bir
chulg‘amdan o‘tadigan tok kuchini aniqlang. Transformatorning foydali ish
koeffitsienti 90% ga teng.
Berilgan:
Formulasi:
Yechilishi:
U
1
= 220 V;
U
2
= 9 V;
P
2
= 9 W;
n
2
= 9 ta;
η = 90%.
Topish kerak:
n
1
− ?
I
1
− ?
I
2
− ?
Javob:
n
1
= 220 ta,
I
1
≈ 0,045 A,
I
2
= 1 A
.
1. O‘zgaruvchan induksion tokni qanday hosil qilish mumkin?
2. Eng oddiy transformatorning tuzilishi va ishlashini tushuntiring.
3. Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlaridagi o‘ramlar sonlarining
nisbati va ulardagi kuchlanishlar nisbati qanday munosabatda bo‘ladi?
4. Qanday transformator yuksaltiruvchi va qanday transformator pasaytiruvchi
transformator deb ataladi?
5. Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlaridagi tok kuchlarining nisbati
va ulardagi kuchlanishlar nisbati qanday munosabatda bo‘ladi?
6. Transformatsiya koeffitsienti deb qanday munosabatga aytiladi? Bu koeffitsientning
qanday qiymatida transformator yuksaltiruvchi, qaysi holda pasaytiruvchi bo‘ladi?
1. 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan transformatorning birlamchi chulg‘amidagi
o‘ramlar soni 100 ta bo‘lsa, o‘ramlar soni 20 ta bo‘lgan ikkilamchi chulg‘amda
qanday kuchlanishdagi tok hosil bo‘ladi? Bunday transformator yuksaltiruvchi
bo‘ladimi yoki pasaytiruvchimi?
2. 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan transformatorning birlamchi chulg‘amidagi
o‘ramlar soni 40 ta bo‘lsa, ikkilamchi chulg‘amida 660 V li kuchlanishni hosil
qilish uchun undagi o‘ramlar soni nechta bo‘lishi kerak? Bunday transformator
yuksaltiruvchi bo‘ladimi yoki pasaytiruvchimi?
3. Quvvati 18 W bo‘lgan va 12 V kuchlanishda ishlaydigan elektr ustara ichidagi
transformatorning birlamchi chulg‘ami 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan. Agar
transformatorning birlamchi chulg‘amidagi o‘ramlar soni 110 ta bo‘lsa, ikkilamchi
chulg‘amidagi o‘ramlar sonini hamda ustara ishlab turgan paytda har bir
chulg‘amdan o‘tadigan tok kuchini aniqlang. Transformatorning foydali ish
koeffitsienti 90% ga teng.
4. Pasaytiruvchi transformator birlamchi chulg‘amidagi 6 kV kuchlanishni ikkilamchi
chulg‘amida 220 V kuchlanishga o‘zgartirib bermoqda. Bu transformatorning qaysi
chulg‘amida o‘ramlar soni ko‘p va necha marta?
Do'stlaringiz bilan baham: