Ionizator ta’siri to‘xtatilganda ham davom etaveradigan razryad
mustaqil razryad deb ataladi.
Gaz razryadidagi musbat ionlar katod tomon harakat qiladi. Katta
tezlikka ega bo‘lgan musbat ionlar katodga zarb bilan urilib, katoddan
elektronlarni urib chiqaradi. Bu elektronlar ham yangi atomlarning
ionlashishida va elektr o‘tkazuvchanlikda ishtirok etadi.
1. 125-rasmda tasvirlangan tajriba tafsilotini bayon qilib bering.
2. Anod va katod orasidagi kuchlanish ma’lum qiymatga erishganda, nima sababdan
tok o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lib qoladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |