76
Elektr samovar yoki choynakni tokka
ulamasdan avval unda suv borligiga ishonch
hosil qilish kerak. Uning isitkichi suvga
botgan holda bo‘lishi zarur.
Hozirgi paytda turmushda suvni qaynatish uchun
turli markadagi elektr choynaklardan keng
foydalaniladi (95-rasm). Ularning tuzilishi murakkab
bo‘lsa-da, turli qulayliklarga ega.
Suv qaynatishda 96-rasmda tasvirlangan suv
qaynatkichning o‘zi ham ko‘p ishlatiladi. Uning
elektr choynakdan farqi shundaki, choynak isitki-
chi o‘zining ichiga mahkamlangan bo‘ladi. 96-rasm-
da ko‘rsatilgan suv qaynatkich suv solingan
choynakka yoki biror boshqa idishga solinadi va suv
qaynatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: