BMTning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
—
butun dunyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash;
—
do‘stona munosabatlarni rivojlantirish;
—
kambag‘allik, qashshoqlik, kasallik, savodsizlikni tugatish;
—
atrof muhitga yetkazilayotgan zararning oldini olish;
—
inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash.
O‘z maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun BMT oltita bosh
organdan iborat o‘z tuzilmasiga ega.
Bosh Assambleya
BMTning eng vakolatli organi hisoblanadi. Uning
ishida 193 mamlakat qatnashadi, ular har yili global
tusdagi 150 dan ortiq masalani muhokama etishadi.
Xavfsizlik Kengashi
5 ta davlatdan (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Bri-
taniya, Fransiya) va 2 yil muddatga saylanadigan 10
ta doimiy bo‘lmagan qatnashchilardan tarkib topgan.
Xavfsizlik Kengashi tinchlik va xavfsizlikni saqlash
masalalarini ko‘rib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |