5. O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi:
Metod: “Zinama-zina” texnologiyasi.
Shakl: Kichik guruhlarda ishlash.
Jihoz: Dars ishlanmasi namunalari, flipchart, marker, kley, skotch, qaychi, rangli qalamlar.
Usul: Og‘zaki, yozma, taqdimot.
Baholash: Reyting tizimida.
Uyga vazifa: Keyingi o‘tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish. Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish.
Dars jarayoni:
I. Tashkiliy qism –5daqiqa.
1. Salomlashish.
2. Davomatni tekshirish.
3. Darsni belgilangan talablar asosida tashkil etish.
4. Mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash va o‘tiladigan mashg‘ulot mavzusi va
maqsadi bilan tinglovchilarni tanishtirish.
II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 20 daqiqa.
Ta’lim jarayoninng maqsadi DTS, o‘quv rejasi dasturi, shuningdek, darslik, qo‘llanmalarda belgilab
berilgan muayyan mavzu hamda fanning o‘ziga xos jihatlari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar,
o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ularning hayotiy ehtiyoji va qiziqishlari, ta’lim beruvchi bilim
va malaka darajasi, dunyoqarashi, ijodkorligi, vaziyatni baholay hamda unga muvofiq tezkor harakat qila olish
layoqati va hokazo omillarni inobatga olish asosida belgilanadi. Maqsad o‘qitish va o‘qish jarayonlarining eng
muhim omili. Ta’lim jarayoni aynan shundan boshlanadi. U ma’lum predmetni o‘rganish maqsadi va
mazmunidan yoki tarbiyaviy ta’sir mazmunidan kelib chiqqan holda shakllanadi va ushbu ta’lim shaklini asosiy
maqsadiga mos keladi. Maqsad ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchini ularning umumiy natijalariga qarab
harakatlanishini belgilaydi. Shunga ko‘ra, biz uni tashxisli ifodalashimiz kerak.
Ta’lim maqsadining bunday belgilanishi ma’lum va amal qilingan vaqtda didaktik jarayonni tashkil qilish
va amalga oshirilgan darajasi yuzasidan xulosa chiqarish imkoniyatini yaratadi. Shunday didaktik yoki
tarbiyaviy jarayonni qurish kerakki, u ushbu maqsadni ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida erishini
ta’minlashni kafotlashi kerak.
Maqsadning tashxisli belgilanishi quyidagi holatlar bilan tavsiflanadi:
1.
Shaxsda shakllantirilgan ma’naviy-axloqiy sifatlar hamda aqliy salohiyat shu darajada aniq va
ravshan tavsiflanadiki, natijada ularni shaxsning istalgan, mazkur vaziyatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida
shakllantirilgan sifatlaridan osonlik bilan farqlash mumkin bo‘ladi.
2.
Shaxsning tashxislangan ma’naviy-axloqiy hamda aqliy sifatlarining shakllanganlik darajasini
haqqoniy nazorat qilishga yo‘naltirilgan aniq usul mavjud bo‘ladi.
3.
Shaxsning tashxislangan sifatlarini aniqlash yuzasidan olib borilgan nazorat natijalari asosida uning
samaradorligini aniqlash mumkin bo‘ladi.
4.
O‘lchov mezonlari asosida muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarning sifatini baholash
ko‘rsatkichlari mavjud bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida shaxsning yosh ko‘rsatkichlari tabiiy uning shakllanish bosqichlariga mos ravishda asosiy
maqsaddan kelib chiqib darajalanadi.
Pedagogik tizimning keyingi eng muhim komponenti darsdan kutiladigan natijadir. U, o‘qitish jarayonini
o‘tishini samaradorligini aks etadi, maqsadga erishish darajasini tavsiflaydi: o‘qitish va o‘qish jarayoni, natija
qo‘yilgan maqsadga mos kelganda yakunlanadi.
III. Ona tili va adabiyot fanidan “Xalq og‘zaki ijodi” mavzusidagi umumlashtiruvchi dars ishlanmasini
o‘rganish va tahlil qilish – 50 daqiqa.
Dars jarayonida “Darsning maqsadi va kutiladigan natijalar” to‘g‘risidagi bilimlarni rivojlantirgan holda
tinglovchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar va quyidagi topshiriqlarni qadamba-qadam bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |