129
ONA TILI VA ADABIYOT O‘QITUVHILARI MALAKASINI OSHIRISH KURSLARI
UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN TANLOV MAVZU MATERIALLARI
(jami 6 soat – 6 soat amaliy mashg‘ulot)
1-MAVZU: PEDAGOGIK DIZAYNNING AMALIY ASOSLARI
(2 SOAT AMALIY MASHG‘ULOT)
Pedagogik dizayn – pedagogical design
Zamonaviy o‘qituvchi – modern teacher
O‘qituvchi – teacher
Fazilat – quality
O‘qituvchi fazilati – the quality of teacher
Reja:
1. Zamonaviy o‘qituvchi.
2
. O‘qituvchining faoliyati.
3. Pedagogik mahorat va madaniyat.
4. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar.
O‘qituvchi- kelajak bunyodkori
O‘zini kamol toptira olmagan inson, o‘zgalar kamolotini ta’minlay olmaydi.
Konfutsiy
Hamisha yaragil xalq xizmatiga, bezak bo‘l olam-u, odam zotiga.
Nizomiy Ganjaviy
Zamonaviy o‘qituvchi – kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar,
konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisidir.
O‘qituvchi faoliyati 3 guruhga bo‘linadi: Fan, tajriba, san’at.
Ular samarali mehnat-mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish; intellekt-aql-zakovatli, madaniyatli
bo‘lish; motiv-o‘quvchilarni boshqarish va ular bilan ishlashga istak bo‘lishi kabilarni tashkil etadi.
Madaniyat – o‘qituvchining yuksak fazilatlaridan darak beradi , mahorat esa uni kasb egasi darajasiga
ko‘taradi.
O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar:
o‘quvchilar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo‘lish;
berilayotgan bilimni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirib olayotganiga alohida e’tibor berish;
ta’limda turli uslub va shakllardan foydalanish;
o‘quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;
o‘quvchilarni fanga qiziqtira olish;
o‘quvchilarga berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib berish;
bilimlarni o‘quvchilarga tushunarli hamda ularning yoshi , aqliy darajasiga mos ravishda berish;
har bir so‘zning o‘quvchilar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish.
Shaxsiy fazilatlari:
Maslahatchi, dilkash, adolatparvar, xayrixoh, talabchan, vijdonli, hazil-mutoyibali
O‘qituvchi tarbiyalashni va o‘qitishni bilishi hamda o‘quvchilarning bilimini xolisona baholashi, nazorat
qilishi zarur.
O‘qituvchi tarbiyalash jarayonida yuqori darajada madaniyatlilik va ma’naviylikka, shaxsiy namunaviy
xulqqa, vatanparvarlik va burch tuyg‘usiga, insonparvarlik va ijtimoiy tayyorgarlikka, o‘quv tarbiyaviy ishlarni
tashkil etishga ega bo‘lishi zarur.
O‘qituvchining pedagogik jarayondagi asosiy vazifasi boshqaruvchanlikdir. Boshqaruvchanlik uning shaxs
va jamoasining shakllanishi rivojlanishi, bilim olishi va rivojlanishi jarayonini boshqarishdan iborat.
Boshqarish bu – yo‘naltirish, vazifa qo‘yish, o‘rgatish, yordam berish, qo‘llab- quvvatlash, maslahat berish,
rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish va ko‘rsatma berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: