Global tarmoq (INTERNET ) – bir-biridan ancha uzoqda joylashgan kompyuterlarni o‘zaro bog‘lab,
axborot almashuvini ta’minlab beruvchi tarmoq. Bu tarmoq INTERNET (xalqaro tarmoq) tarmog‘i deb atalib, u
orqali bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlaridagi kompyuterlar o‘zaro axborot almashish
imkoniyatiga ega.
Elektron pochta – oddiy biz biladigan pochta xizmatining elektron ko‘rinishi. Ya’ni biz bu pochta orqali
dunyoning istalgan burchagiga ma’lumot (xat) uzatishimiz yoki uni qabul qilishimiz mumkin. Farqi shundaki,
bu erda vaqt tushunchasi deyarli o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
Chunki dunyoning turli chekkalarida joylashgan kompyuterlar (ularni boshqarayotgan insonlar) orasidagi
axborot almashinuvi bir-necha lahzalarda bo‘lib o‘tadi.
Sayt – Internet tarmog‘ida ma’lumotni o‘zida saqlab turuvchi sahifa yoki sahifalar. Bu sahifalardagi
ma’lumotlardan dunyo bo‘yicha istagan kishi xohlagan vaqtida foydalanishi, shuningdek, xohlagan kishi o‘z
ma’lumotlarini kiritishi, ya’ni o‘z saytini yaratishi mumkin.
Ma’lumotlarni kiritganda ba’zi cheklovlar berish imkoniyati ham mavjud. Masalan, sizning
ma’lumotingizni faqatgina ayrim kishilargina ko‘ra olishi, shu jumladan Siz ham Internetdagi hamma
axborotlardan ham foydalana olmasligingiz mumkin. Bunday ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olish uchun
ushbu ma’lumotlarning egasiga, Internet tarmog‘iga joylashtirgan kishiga murojaat qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Bunday harakatlar asosan moddiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar uchun qo‘llaniladi. SHuningdek, ba’zi
ma’naviy-siyosiy mazmundagi ma’lumotlar ham ma’lum xizmatlar tomonidan cheklab qo‘yilishi mumkin.
Lekin bunda 100 foiz cheklovga erishishning iloji yo‘q. Saytni oddiy kitob bilan solishtirsa bo‘ladi. Ba’zi
hollarda sayt juda kichik kitob, aniqrog‘i 1 sahifali «kitob» ko‘rinishida ham bo‘ladi. Sayt faqatgina bir sahifali
yoki bir necha yuzlab sahifali bo‘lishi ham mumkin.
Saytlarning bir sahifasidan ikkinchi sahifasiga o‘tish giperssыlka deb nomlanuvchi maxsus yozuvlar ustiga
sichqonchaning ko‘rsatkichini keltirish va maxsus tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Provayderlar – Internet tarmog‘iga ulanishni ta’minlab beruvchi maxsus xizmatchilar (korxonalar desa
ham bo‘ladi). CHunki u erda bir necha o‘nlab kishilar xizmat qilishadi va ATS ga o‘xshab, ko‘rsatgan
xizmatlari uchun abonentlardan olgan daromadlari hisobidan faoliyat yuritishadi. Juda ko‘p (yuzlab, minglab)
provayderlar mavjud. Internet tarmog‘iga ulanish sifati ana shu rovayderlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Qancha sifati yaxshi bo‘lsa, narxi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Bu erda asosiy sifat ko‘rsatkichi bo‘lib
Internetga ulanish va undan axborotlarni olish tezligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |