91
6-MAVZU: “ZINAMA-ZINA” VA “GALEREYA” METODLARIDAN ONA TILI VA
ADABIYOT DARSLARIDA FOYDALANISH (2 SOAT AMALIY MASHG‘ULOT)
Maktab – school
Dars – lesson
Interfaol usul –interactive method
Darsning texnologik xaritasi – technologic map of the lesson
Mavzu – The theme
Uyga vazifa –Homework
O‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka, kichik jamoa bo‘lib fikrlash
hamda xotirlash va o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirish, fikrlarni yozma, chizma, rasm ko‘rinishida
ifodalashga o‘rgatish. Tinglovchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga,
fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni
ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay
olishga o‘rgatish. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: