Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Bugun novvoyxonaga kechroq borishga ahd qildim. Mardbi
ergashtirgancha sohilga bordim. Sukunat, kimsasizlik, birorta baliqchilar
qayigʻi koʻrinmaydi, gʻalati....
Osmon - buyuk muvozanatlar sohibi. Yerdagi tartibsizliklar
orasida osmonga qarashning oʻzi hayot hech kimga hech qanday kafolat
bermasligi, u hech kimdan qarzdormasligi, ammo doimo yoʻlida davom
etajak karvonga ekanligini esga soladi. Boshingdagi yugur-yugurlar
shovqinni bir yoqli qilganingda bu haqiqat ravshanlashadi.
Men osmonning oppoq kezuvchilari boʼlmish bulutlarga oshiq
boʻlib qolganimda olti yoshlarda edim: maktabga qaytayotib, quyosh
nuri bir uyum bulut xirmoni orasidan yorib oʻtayotganini koʻrib qoldim.
Bulut xirmoni menga gʻoz pati toʻldirilgab momiq yostiqni eslatadi.
"Bulutlarning ustida yotsa ham boʻlarkan..."
Keyin bulutlar qoraya-qoraya xoʻmraygancha sur bulutlarga
aylandi. Xuddi ularga kimdir siyoh quyib yuborgandek. Men sur
bulutlarga achindim ---- odamlar ularni yoqtirishmaydi. Men quyosh
tezda uygʻonib, sur bulurlarni haydab soladi, degan sinfdoshim bilan
yoqalashib ketdim hatto.
Bulatlar odamlarga doimo rivojlanib borish kerakligini eslatgancha
harakatda boʻladilar.Ular hayotga yumor bilan munosabatda boʻlish
kerakligini tavsiya qilgancha turli shakllarga kiradi. Tabiat tabassum
qilish salohiyatini faqat odamgagina tuhfa qilgan. Nimaga shunday?
Balki haroratga eng koʻp muhtoj boʻlganligimiz uchundir?
Bulutlar ayni damdan lazzat olishni oʻrgatadi. "Alisa Moʻjizalar
mamlakatida"gi mashhur jumla esingdami: "Agar siz doim shoshilib
yursangiz, moʻjizalarni oʻtkazib yuborishingiz mumkin".
Qizim, doim yugurib-yelib yuradiganlar koʻpligiga qaraganda
yashay biladiganlar juda ozchilikni tashkil qiladi. Biz toʻxtashdan, oʻz-
oʻzimizdan: "Qayoqqa ketyapman? Kerakli ish bilan bandmanmi?" deya
soʻrashdan qoʻrqamiz. Bizga podaga hos harakat hadisini singdirishgan -
--- qanchalar koʻp va band boʻlsak, shunchalar oshigʻimiz olchi boʻladi.
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Biroq istagimiz ortida. Noaniq manzilga yoʻl olgan poda kabi poyga
bilan ovoramiz. Bu poyga bizni baxtli qilmaydi, aksincha
toqatsizlantiradi va xoritib-charchatib ezib tashlaydi.
Bizga hamisha nimadir kam. Ko’p narsani, hatto orzumiz ushalgan
lahzani ham sezmay qolamiz. Bulutlar esa bizni zimdan kuzatib turadi.
Ohista suzishni o’rganinglar, deya o’zini shamol izmiga tashlagan kuyi
biz shoshqaloqlarni kuzatib boradi.
Bulutlar orasida aksingni ko’ruvchi....
Dadang
Do'stlaringiz bilan baham: