1-мавзу: туризм сохасидаги фаолият ва унинг ҳУҚУҚий асослари маъруза режа



Download 347,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.07.2021
Hajmi347,82 Kb.
#128958
  1   2   3   4
Bog'liq
маъруза матни



1-МАВЗУ: ТУРИЗМ СОХАСИДАГИ ФАОЛИЯТ ВА УНИНГ ҲУҚУҚИЙ 

АСОСЛАРИ 

МАЪРУЗА  РЕЖА: 

 

1. Туризм сохасини ҳуқуқий тартибга солиш тушунчаси. 



2. Халкаро туризм ва ички туризм. 

3. Туризм ташкил этилаётган турнинг ўзига хослиги.  



 

                                         ТЕХНОЛОГИК ХАРИТАСИ 



Иш 

босқичлари 

ва вақти 

Фаолият мазмуни 

Ўқитувчи 

Тингловчи 

 

Ўқув 

машғулоти

га кириш 

(3 дақиқа) 

1.1.Талабаларга 

мавзунинг  номланиши 

эълон қилади. 

Тинглашади, 

ёзиб  оладилар. 

1.2.Талабаларни,  мавзуга    оид  режадаги 

ўқув саволлари билан таништиради.   

Дафтарларига 

ёзиб оладилар. 

1.3.Талабаларни,  мавзуга    оид  мустақил 

ўқиш учун адабиётлар билан таништиради. 

Мавзуга 

оид 


тарқатма 

материаллар 

берилади. 

Тинглашади, 

дафтарларига  

ёзиб оладилар 



 

 

 

 

Асосий 

босқичи 

(35 дақиқа) 

 

 

 

2.1. Халкаро туризм ва ички туризм. 

 

(“Блиц-сўров”  метод  орқали  дастлабки 

билимлар даражаси аниқланади); 

Саволларга 

жавоб бериб 

муҳокама 

қилишади 

2.2.  (“Ақлий  ҳужум”  интерфаол  методи 



қўлланилади). 

Саволларга 

жавоб бериб 

муҳокама 

қилишади 

2.3.  Туризм  ташкил  этилаётган  турнинг 

ўзига хослиги.  

 -  (“Блиц-сўров”  метод  орқали  дастлабки 



билимлар даражаси аниқланади); 

Саволларга 

жавоб бериб 

муҳокама 

қилишади 

Якуний 

босқич 

(2 дақиқа) 

3.1. Мустақил  таълим  учун  топшириқ 

беради. 

Тинглашади, 

ёзиб  оладилар. 

3.2. Мавзу  бўйича  саволларга  жавоблар 

беради ва хулоса қилади. 

Саволларга 

жавоб олишади. 

 



КИРИШ 

 

Машғулотнинг  мақсади:  Талабаларда,  Ўзбекистон  Республикасининг 

Туризм  сохасидаги  янгиликлар  ва  туризмнинг  ташкил  этишнинг  ҳуқуқий 

асослари ҳамда назарий билимларини шакллантиришдан иборат.  

Turizm  XXI  asrda  jahon  iqtisodiyotiga  juda  katta  ijobiy  ta‟sir  qiluvchi 

ijtimoiy-iqtisodiy  soha  sifatida  kirib  keldi.  Butunjahon  turizm  tashkilotining 

ma‟lumotlari bo„yicha, dunyoda ishlab chiqarish va servis aylanmasining 10 foizi 

turizmga  to„g„ri  kelmoqda.  Keyingi  20  yil  ichida  xalqaro  turizmning  rivojlanishi 

dunyo  bozorida  tovar  va  xizmatlarning  kuchli  eksport  qilinayotganligi  bilan  e‟ti-

borlidir.  Ya‟ni  turistik  xizmatlarning  eksporti  8  foiziga  o„sib,  jahon  bo„yicha 

umumiy xizmatlar savdosining 30-35 foizini tashkil qilmoqda. 

Butunjahon  turizm  tashkilotining  statistik  ma‟lumotiga  ko„ra,  2020-yilga 

borib  xalqaro  turistlarning  soni  1,6  mlrd.  kishini  tashkil  qilishi,  turizmdan 

olinadigan  daromad  2  trln.  AQSH  dollari  bo„lishi  kutilmoqda.  Turistik  oqimning 

barqaror ravishda o„sishi har yili       3-5 foizgacha ko„payadi, 

1

 deb ta‟kidlanadi. 



O„zbekistonda ham bu borada  mustaqillik yillarida soha rivoji uchun zaruriy 

tashkiliy-huquqiy  mexanizmlar  vujudga  keltirilgan  bo„lib,  hukumat  tomonidan 

tegishli  me‟yoriy  hujjatlar  qabul  qilingan.  Bu  yo„nalishdagi  ishlar  bugun  ham 

davom etmoqda. Shu tufayli Jahon sayohat va turizm Kengashi (World Travel and 

Tourism  Council-WTTC)ning  ma‟lumotlari  bo„yicha,  O„zbekiston  Respublikasi 

turizm  sohasi  tezkorlik  bilan  rivojlanayotgan  davlatlar  10  taligi  ro„yxatiga

2

 

kiritilgan.  Istiqbolni  belgilash  davrida  O„zbekiston  Respublikasida  xorijiy 



fuqarolarga  turistik  xizmat  ko„rsatishning  o„sish  tendensiyasi  kuzatilmoqda.  Bu 

holat  kelajakda  O„zbekistonda  kiruvchi  va  chiquvchi  turizm  bozorida  turistik 

biznes  nafaqat  turizm  industriyasi,  balki  milliy  iqtisodiyotning  turizmga  turdosh 

bo„lgan bir qator boshqa sohalarning rivojlanishini ta‟minlaydi.  

Shu tufayli, yurtimizga sayohat qiladigan mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli 

xizmat  ko„rsatish  uchun  turizmni  nazariy  hamda  amaliy  jihatdan  o„rganish  va 

bilish talab etilmoqda. Turizm nafaqat o„tmishni o„rganish, o„zga xalqlar va elatlar, 

ularning urf-odatlari, an‟analari, milliy meroslari bilan tanishish, ularning madaniy 

yodgorliklaridan  bahramand  bo„lish,  shu  bilan  birgalikda,  katta  biznes  manbasi 

bo„lib  hisoblanadi.  Mazkur  faoliyatni  yo„lga  qo„yish  esa  mutaxassislarga  bog„liq 

bo„lganligi  tufayli,  yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlash  hozirgi  kunning  muhim 

vazifalaridan biriga aylanmoqda. Ushbu  vazifani amalga oshirishda  mavjud o„quv 

maskanlarida  qator  mutaxassislik  fanlari  o„qitilib,  ularda  kasb  ilmiga  taalluqli 

muammolar  o„z  yechimini  topmoqda.  Shunday  fanlar  qatorida  «Turizm:  nazariya 

                                                             

1

Manba internet materiali.http://www.wto-marketing.ru 



2

http://www.anons.uz/article/economics/8932/ 




va  amaliyot»  fani  ham  o„z  o„rniga  ega  bo„lib,  u  qayta  ishlangan  va  ilg„or  xorijiy 

tajribalar  o„rganilgan  holda  tayyorlangan,  asosiy  mutaxassislik  fanlaridan  biri 

hisoblanadi.  

Tajribalar shuni ko„rsatadiki, turizm tarixi, uning asosiy yo„nalishlari, turlari, 

turistik  xizmatlar,  umuman,  turizm  ilmi  bilan  bog„liq  barcha  masalalar  haqida 

bilim  berish,  turizmga  oid  tushuncha  va  atamalarning  har  birini  tasniflash  muhim 

ahamiyatga ega bo„lib, bu alohida predmet darajasidagi masala bo„lib hisoblanadi. 

Shularni  e‟tiborga  olgan  holda,  turizmga  oid  barcha  mutaxassislik  fanlarining 

alifbosi  sifatidagi  «Turizm:  nazariya  va  amaliyot»  fani  aynan  shunday  vazifani 

bajaradi,  shuning  uchun  uni  mukammal  o„rganmasdan  turib  mutaxassislikka  oid 

boshqa fanlarni o„zlashtirib olish qiyin kechadi. 

O„zbekiston  va  jahon  turizm  biznesining  nazariy  va  amaliy  yondoshuvlar 

genezisini  hamda  bugungi  kundagi  rivojlanish  tendensiyalarini,  turizm  sohasining 

mohiyatini  ochib  berish,  turizmning  taraqqiyot  yo„li,  tajribasi,  hozirgi  kundagi 

muammolarini  aniqlab  olish,  turizm  sohasining  iqtisodiy  va  ijtimoiy  ahamiyatini 

yoritib  berish,  O„zbekiston  va  jahon  turizm  biznesining  taraqqiyotini  xorijiy 

tajribalar asosida o„rgatishdan iborat. 

«Turizm:  nazariya  va  amaliyot»  fanining  vazifalari  sifatida  quyidagilar 

belgilab olingan: 

-  xorijiy turizm bozorini rivojlantirish tendensiyalarini o„rganish; 

-  turizm  sohasining  tasniflanishi  va  turlari  haqida  ma‟lumotlarni  yoritib 

berish; 


-  turizm sohasining resurslari haqida tushuncha berish; 

turizm sohasini rivojlantirishda O„zbekistondagi tarixiy shaharlarning o„rni 



va  ulardagi  turistik  salohiyatdan  foydalanish  imkoniyatlari  haqida  ma‟lumotlar 

berish; 


-  turizm  sohasidagi  xizmatlar  va  mahsulotlarning  farqini  aniqlash  hamda 

ularni tayyorlash texnologiyasini o„rgatish; 

-  turizm 

sohasida 

joylashtirish, 

ovqatlantirish 

hamda 

transport 



xizmatlarining o„rni va rolini tushuntirib berish; 

-  turizmda gid-ekskursiya xizmatlarining mohiyati, ahamiyati va ekskursiya 

xizmatlarini amalga oshirish jarayonlari haqida ma‟lumotlar berish; 

-  turizm  industriyasi  va  infratuzilmasining  ahamiyatini  hamda  ulardagi 

muammolarni yoritish; 

-  ekologik,  gastronomiya  va  qishloq  turizmlarini  rivojlantirishning 

zamonaviy tendensiyalarini o„rganish; 

turizm  sohasini  davlat  tomonidan  boshqarishning  yo„nalishlari  va 



mexanizmini yoritib berish; 

-  turizmni  rivojlantirishda  xalqaro  va  mintaqaviy  tashkilotlarning  o„rnini 

aniqlash; 



-  turizm 

xizmatlarini 

litsenziyalashtirish, 

sertifikatlashtirish 

va 

standartlashtirish tartibini tushuntirish; 



turizm  sohasida  xalqaro  huquqiy  va  me‟yoriy  hujjatlar  haqida  ma‟lumot 

berish va b. 

Mazkur  fanni  o„rganish  «Ekskursiya  xizmatlarini  tashkil  qilish»,  «Xalqaro 

turizm:  tajriba  va  amaliyot»,  «Mintaqaviy  turistik  resurslar»,  «Restoran  servisini 

tashkil  qilish»,  «Ekoturizm»,  «Turizmda  transport  xizmatlari»,  «Turizmda 

mehmonxona  xizmatlari»,  «Iqtisodiy  va  turizm  geografiyasi»  kabi  fanlar  bilan 

uzviy aloqada olib boriladi.  

Fanni o„zlashtirish jarayonida Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlariga turistik 

ekskursiya,  ekspeditsiya  va  maxsus  turlar  tashkil  etish,  har  yili  Toshkentda 

o„tkaziladigan  an‟anaviy  “Buyuk  Ipak  yo„lida  turizm”  Xalqaro  turizm 

yarmarkasida  ishtirok  etish,  mehmonxonalar  va  turistik  firmalar  faoliyati  bilan 

yaqindan  tanishish,  ekologik,  tarixiy-madaniy  yodgorliklarni  namoyish  etuvchi 

multimediya  slaydlaridan  foydalanish,  turistik  marshrutlar  xaritalarini  ishlab 

chiqish lozim bo„ladi. 

O„zbekistonda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida turizm sohasining 

markazlashgan ma‟muriy boshqaruv tizimi 1971–1991-yillar davriga to„g„ri keldi. 

Bu davrda salbiy oqibatlar ham ko„zga tashlana boshladi. Qurilmay qolgan turistik-

rekreatsion  maqsadidagi  obyektlar  sonining  ko„payishi,  mavjudlarida  esa 

mijozlarga ko„rsatilgan xizmatlarning sifati bo„yicha ko„plab e‟tirozlar paydo bo„la 

boshladi.  Ijtimoiy  tadqiqotlarga  ko„ra,  mehmonxonalar,  turbazalar,  dam  olish 

uylari  hamda  pansionatlar  tomonidan  taklif  qilinadigan  50  foizgacha  bo„lgan 

barcha  xizmatlar  fuqarolarning  noroziligini  keltirib  chiqargan.  Joylashtirish  va 

ovqatlanish  xizmatlari  bilan  birga,  hordiq  chiqarish  va  tibbiy  xizmat  ko„rsatish 

talab  darajasida  bo„lmagan.  Turistik  xizmat  turlari  va  hajmi  sezilarsiz  va  sifatsiz 

bo„lgan.  Bugungi  kunda  O„zbekistonning  turizm  sohasidagi  rivojlanishini  shartli 

ravishda beshta bosqichga ajratish mumkin. 


Download 347,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish