Ish tuzilmasining tavsifi: mazkur dissertatsiya 3 bobdan iborat bo`lib, boblar
mavzulardan iborat. Barcha boblardagi mavzularda dissertatsiyaning mazmuni
va mohiyati yoritilgan. Bundan tashqari dissertatsiya o`z tarkibiga 18 ta formula,
10 ta rasm va 19 ta jadvallarni olgan.
Tugallangan dissertasiya ishidan kutiladigan natija: Biz tomonimizdan
yaratilgan mazkur suv ta’minoti tizimi loyihasi Samarqand viloyati, Poyariq
tumanidagi ochiq tipdagi basseyndda qo’llanildi. Barcha olingan natijalar
bo’yicha Poyariq tumanida joylashgan ochiq tipdagi suvda suzish basseynining
suv ta’minoti tizimi loyihalandi va to’liq foydalanishga topshirildi. Kelajakda
viloyatimizning boshqa tumanlarida ham shu loyiha asosida ochiq tipdagi
basseynlarning suv ta’minoti tizimlarni qurilishida foydalanish rejalashtirildi.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |