O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/278
Sana26.07.2021
Hajmi2,75 Mb.
#128768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   278
Bog'liq
GXP asoslari majmua ФИ 3 курс1 48952

Sifat  nazorati  GMP  ning  bir  qismi  bo‘lib,  u  dori  vositasining  sifatini  kafolatlab 
beruvchi quyidagi vazifalar bilan bog‘liq: 

namunalar olish,  

spetsifikatsiyalar, 

spetsifikatsiyalar talablari asosida tajribalarni o‘tkazish, 

ishlarni tashkil etish, 

hujjatlashtirish, 

mahsulotlarni sotuvga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni tashkil etish.  
Ikkinchi bosqich sifatni ta’minlash Quality Assurance -QA XX asrning 20-yillariga 
to‘g‘ri keladi. Avvallari dori vositalari faqatgina dorixonalarda sanoqli tayyorlangan va 
bunda quyidagicha zanjirli bog‘lanish kuzatilgan: vrach (retsept yozadi) - farmatsevt(dori 
tayyorlaydi)-bemor  (qabul  qiladi),  uning  sifatini  nazorat  qilish  oson  bo‘lgan,  ya’ni 
farmatsevt o‘zi dori tayyorlagan va o‘zi tekshirgan.
2
 
Keyinchalik  ishlab  chiqarishning  yuqori  texnologiyalarning  paydo  bo‘lishi,  kimyo, 
farmakalogiya,  mikrobiologiya  soxasidagi  yutuqlar,  kimyoviy  sintezning  rivojlanishi, 
                                           
2-   Quality assurance of pharmaceuticals : a compendium of guidelines and related materials.Vol. 2, Good 
manufacturing practices and inspection. – 2nd ed. 2010 y. 
 


 
dori  turlarining  va  assortimentining  ko‘payishi  natijasida  farmatsevtik  bozorining 
murakkab  zanjiri  yuzaga  keldi:  ishlab  chiqaruvchi  vrach  taqsimlash  tarmog‘i:  ulgurji 
savdo tashkilotlari dorixona muassasalari bemorlar yoki ularning oila a’zolari. Mazkur 
holatda “sifatni taminlash” tushunchasi paydo bo‘ldi. 
Sifatli  mahsulot  yaratilishini  boshqarish  uchun  alohida  tizim  kerak  –  ushbu  tizim 
“Sifatni  ta’minlovchi  tizim”  deyiladi.  Sifatli  mahsulotni  ishlab  chiqarishni  kafolatlash 
uchun korxonada “Sifatni ta’minlovchi tizim” tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Ushbu tizim 
dori  vositalari  yoki  boshqa  mahsulotni  ishlab  chiqarish  korxonasidagi  yoki  xizmat 
ko‘rsatish muassasasida tashkil etilishidan qat’iy nazar bir xil sifatni kafolatlashi aniq. 
Faqatgina  samarador  “Sifatni  ta’minlovchi  tizim”  tashkil  etilgan  korxonada  boshqa 
standartlar talabiga javob beradigan dori vositasi yoki tibbiyot buyumlarining sifati birdek 
to‘liq kafolatli bo‘lishi ta’minlanadi. 
Farmatsevtik sifat tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi kerak:  

 
jarayonlar o‘lchamlari va mahsulot sifatining monitoringi;  

 
oldini olish va tuzatish bo‘yicha faoliyat olib borish;  

 
rahbariyat tomonidan o‘zgarishlarni boshqarish va tahlil qilish

 
farmatsevtik  sifat  tizimi  doirasida  monitoring  olib  borishda  indikatorlar 
tasdiqlangan va foydalanilayotgan bo‘lishi kerak. 
“Sifatni ta’minlovchi tizim” ning asosiy maqsadi – bu:  
1) 
ishlab  chiqariladigan  mahsulot  xususiy  talablarga  doimo  javob  berishini 
ta’minlash; 
2) 
“talabga javob bermaydigan” mahsulotni ishlab chiqarishga imkon qoldirmaslik. 
Mahsulot  sifatini  nima  kafolatlay  oladi?  Ushbu  tushuncha  ishlab  chiqarilgan 
mahsulotni faqat uni o‘ziga xos xususiyatlari talabidan kelib chiqib baholash noto‘g‘ri va 
bu tor ko‘lamda yondoshishlikni yuzaga keltiradi. 
Nafaqat tayyor  mahsulot, balki uni ishlab chiqarilishi va sotilishiga ta’luqli bo‘lgan 
barcha  jarayonlar  maxsus  talablarga  javob  berishi  kerak.  Ushbu  talablar  aniq  qilib 
korxonaning ichki hujjatlarida yozilgan bo‘lishi lozim: xom ashyo va materiallar sifatiga 
qo‘yiladigan  xususiy  talablar;  asbob-uskunalarga  qo‘yiladigan  talablar  hamda  yarim 
tayyor  va  tayyor  mahsulotga  qo‘yiladigan  talablar,  malakali  xodimlar,  har  jarayon 
rejalashtirilgan,  jarayonlarni  olib  borish  sharoitlari,  standart  ishlab  chiqarish  va 
boshqaruv  jarayoni,  shuningdek  boshqa  umumiy  faoliyatiga  qo‘yiladigan  talablar 
majmuasi. 
Korxona hujjatlarida keltirilgan talablar majmuasi butun ishlab chiqarish bosqichlari 
hamda  mahsulot  sifatiga  birdek  ta’sir  ko‘rsatadi.  Korxonadagi  mavjud  hujjatlarga 
asoslanib ishlab chiqarishning barcha jarayonlarini tashkil etilganida va ushbu hujjatlarda 
keltirilgan  maxsus  talablarga  rioya  qilinganida  tayyor  mahsulot  to‘liq  kafolatlangan, 
sifatli deb tan olinadi. 
Mahsulot  sifatini  kafolatlash  uchun  ishlab  chiqarish  korxonasida  mahsulot  sifatiga 
bevosita  va  bilvosita  ta’sir  ko‘rsatadigan  jarayonlar  va  ushbu  jarayonlarda  ishtrok 
etadigan xodimlar keltirilgan talablarga to‘liq javob berishi lozim va bunga isbot ham 
bo‘lishi, hamda barcha faoliyat hujjatlashtirilishi kerak. 
Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarmasligi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqarilgan va har 
bir  ishlab  chiqarish  jarayoni  bosqichida  paydo  bo‘lgan  muammoni  to‘liq  hal  etadigan 
mutaxassislar  belgilangan  bo‘lishi  kerak.  Ushbu  hodimlar  vaziyatni  to‘liq  tushinishi, 


 
muammoni  hal  eta  olishi  hamda  Yaroqsiz  bo‘lib  qolgan  mahsulotni  nima  qilishni  va 
qayerga joylashtirishni oldindan bilishi kerak. 
Ushbu tamoillarga amalda rioya etilishi korxonada “Sifatni ta’minlovchi tizim” ning 
mavjudligidan, samaradorligidan, hamda xodimlarning o‘z vazifasini to‘la bajarilishidan 
dalolat beradi. 
Har  bir  mavjud  tizimlar  kabi  “Sifatni  ta’minlovchi  tizim”  ham  korxonada  ishlab 
chiqarilgan  mahsulot  sifatini  ta’minlovchi  bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  va  bir-biriga 
ta’sir ko‘rsatadigan boshqa bo‘limlar bir butun tizimni tashkil etadi.  
Farmatsevtika  sohasida  sifat  tizimi  rivojlanishining  uchinchi  bosqichi  bu  sifat 
menejmenti hisoblanadi.   

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish