4-mavzu. Tabletkalar. Tabletka mashinalari, ularni ishga sozlash.
Maqsad: Tabletkalar nafaqat qattiq dori shakllari balki korxona sharoitida
ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan TDVlari orasida ishlab chiqarish ko‘lamining
kengligi bilan etakchi hisoblanadi. Bunga sabab tabletkalar tayyorlanish
texnologiyasi, qadoqlash, saqlash, qabul qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha boshqa
dori turlaridan bir qator afzalliklarga ega ekanligidir. Albatta tabletkalarni ishlab
chiqarish samaradorligi ularni tayyorlashda ishlatiladigan tabletka mashinalari va
ularning ish unumdorligiga bevosita bog‘liq bo‘lib, ularning ishchi qismlari,
ishlash mohiyati va ish unumdorligini yanada oshirish yo‘llarini topish mavzuning
asosiy maqsadi hisoblanadi