3-§. Iqtisodiy o‘sish modellari
Iqtisodiy o‘sishning barcha modellari «ishlab chiqarish funksiyasi»
kabi mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sarf qilingan iqtisodiy resurs-
lar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Shundan kelib chiqib, iqtisodiy o‘sishning ko‘pchilik modellarida
ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi ishlab chiqarish asosiy
omillari – mehnat (L) va kapital (К) miqdorining o‘zgarishi bilan
bog‘lanadi.
Iqtisodiy o‘sish modellari
Е.Domar
modeli
Bu model mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud
bo‘lishi, narx darajasining doimiy taqozo qilishini
va mahsulot chiqarish hajmi faqat yagona resurs
kapital miqdoriga bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi.
Unga ko‘ra investitsiyalarning o‘sish sur’ati
iqtisodiyotda talab va taklif ko‘payishining asosiy
omili bo‘lib xizmat qiladi.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |